QINĞIR IŞNING QIYIĞI ÇIQDI, 40 KUNGA HAM YeTMADI
Xalqimizda asrlar sinovidan ötgan bir ibora bor: “qinğir işning qiyiği qirq yildan söng ham çiqadi”, - deydilar. Lekin Alpomişday kuç-quvvatga tölgan Hayitboy (ism-şarifi özgartirildi) Madraimovning qilgan öğirlik jinoyati qirq yil emas, qirq kunga ham yetmay foş bölganini hisobga olsak, har qanday qinğir iş jazosiz ham qolmaydi.
Barçasi Çimboy tumanida yaşovçi tadbirkor S.Tning omborxonasida sodir etilgan öğirlik yuzasidan Çimboy tuman IIBga kelib tuşgan arizasi böyiça tergov-suriştiruv işlaridan boşlandi. S.Tga tegişli bölgan 1 dona 11 KVT quvvatga ega va 7 dona 1,5 KVT quvvatga ega elektrodvigatellar, 1 dona bolgarka uskunasi hamda xöjalik buyumlari bir keçada öğirlab ketildi. Tezkor suriştiruv işlari olib borilişiga qaramay, jinoyat işi oçilmagaç, uşbu jinoyat işi ÖzJPKning tegişli moddalariga köra, harakatdan töxtatildi. Ammo...
Xalqimizda yana bir ibratli maqol bor: “Kör körni qoronğida topadi” – deydilar. haqiqatan şunday böldi. Avvalgi qinğir işi oşkor bölmaganidan “ruhlangan” Hayitboy Madraimov belini oğritmay, jonini qiynamay yaşaşning hadisini olganidan yana bir qinğir qadam qöydi. Bu gal unga Nukus şahrida istiqomat qiluvçi özi bilan tengdoş Jölliboy Pirimmatov (ism-şarifi özgartirildi) ismli şaxs hamroh böldi. Ikkovlon birgalaşib Qoraözak tumanida yaşovçi tadbirkor K.A.ning temirçilik ustaxonasidan bir dona elektrodvigatel va bir dona bolgarka uskunasini öğirlaşdi. Olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida öğrilar uzoqqa borişmadi. Öğirlik aşyoviy dalillar bilan qölga tuşgan şeriklar Özbekiston Respublikasi JPKning tegişli moddalari tartibida uşlanib, jinoiy javobgarlikka tortildilar.
Biri Amudaryo tumanining ovullaridan birida, biri esa Nukus şahri mahallalaridan birida hisobda turuvçi bu şaxslarni birlaştirgan “qinğir işning qiyiği çiqdi”gina emas, ular öz qilgan jinoyatlari böyiça ayblanuvçi sifatida işga jalb etilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.
Ayni paytda mazkur jinoyat işi böyiça tegişli tezkor tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Şuni aytadilar-da, “buzoqning yugurgani somonxonagaça”, - deb.
Orifjon Qosimov, IIB XPB katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶