Taniqli xonandalar iştirokida kontsert dasturi namoyiş etildi
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltiriş, madaniyat va sanʼatga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş hamda soha vakillarini qöllab-quvvatlaş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Aholi, xususan, yoşlarning madaniy saviyasini yuksaltiriş, ularni milliy va umumbaşariy madaniyatning eng yaxşi namunalaridan bahramand etiş, şu asosda maʼnaviy yetuk, barkamol şaxslarni tarbiyalaş, yoş isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini röyobga çiqariş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yoşlarga eʼtiborni yanada kuçaytiriş, yoş avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş, ularda axborot texnologiyalaridan töğri foydalaniş könikmasini şakllantiriş, yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş, xotin-qizlar bandligini taʼminlaş maqsadida ilgari surgan 5 taşabbus ğoyasi fikrimizning isbotidir. Mamlakatimiz böylab mazkur 5 taşabbusni keng tarğib qiliş yuzasidan samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizda ham bu borada tegişli çoralar belgilanib, turli tadbirlar ötkazilib borilmoqda.
Yaqinda beş taşabbusning birinçisi yoşlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boşqa turlariga qiziqişlarini oşiriş, isteʼdodini yuzaga çiqariş maqsadida 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida maşhur sanʼatkorlar iştirokidagi kontsert dasturi namoyiş etildi.

Yoşlar uçun taşkil etilgan uşbu tadbirda Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan artistlar Muhabbat Nurjanova, Radjiv Otajonov hamda estrada yulduzlari Ruhiya Allaniyozova, Quvvat Ametov va Arslonbek Asqarovlar özlarining ajoyib kuy-qöşiqlari bilan iştirok qildilar. Dastlab xonandalar yiğilganlar bilan samimiy suhbat ötkazib, musiqa sanʼati haqida qiziqarli maʼlumotlar berdilar.
Taʼkidlanganidek, musiqa inson maʼnaviy dunyosiga, badiiy-estetik didi va ehtiyojlari ösişiga bir xil bölmasa-da, kötarinki taʼsir etadi. Musiqa sanʼati boşqa sanʼat turlariga qaraganda yoşlar tarbiyasiga köproq va kuçliroq taʼsir körsatadi. Yaxşi kuy-qöşiq inson qalbining nozik torlarini çertib, unga maʼnaviy quvvat bağişlaydi. Agar u Vatan madhiga, yurt şaʼniga bağişlangan bölsa, ahamiyati yanada yuksaladi.
Öquvçilar özlarining musiqa sanʼatiga oid bölgan hamda sanʼat sohasini egallaş uçun nimalar qiliş lozimligi yuzasidan bergan savollariga töliq javoblar oldilar.
Şundan söng, xonandalar özlarining ijodidagi eng sara kuy-qöşiqlarni ijro qildilar. Yangragan diltortar ohanglar barçaga kötarinki kayfiyat bağişladi. Mazkur tadbir öquvçi yoşlarning musiqa sanʼatiga qiziqişlarini yanada oşirdi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶