XONADONINI ELEKTR TAʼMINOTIGA NOQONUNIY ULAB, DAVLATGA ZARAR YeTKAZGAN FUQARO JAZOLANDI
Energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalaniş kerakligini har bir isteʼmolçi juda yaxşi biladi. Çunki bu resurslardan unumli foydalanmaslik va uni iqtisod qilmaslik, ularni işlab çiqariş uçun sarf bölayotgan yoqilği energetika resurslarning ortiqça sarf bölişiga olib keladi. Biroq ayrim kimsalarning undan noqonuniy foydalanişni odat qilgani açinarlidir.
12-fevral kuni “Olmazor” mahallasi fuqarolar yiğini binosida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan sayyor sud ötkazildi. Sayyor sudda Jinoiy işlar böyiça tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, sudya yordamçisi Elyor Jumaniyozov, tuman prokuraturasi tergovçisi Bahrom Xöşanov, tuman Kengaşi deputati Gulzoda Eşimbetova, özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi raisi örinbosari Otabek Ibragimov, “Olmazor” mahalla fuqarolar yiğini raisi Baxtiyor Jumatov hamda mahalla faollari qatnaşişdi.
Sud majlisida şu mahalla fuqarosining öz xonadonida elektr taʼminotiga noqonuniy ulanib olganlik holatiga doir jinoyat işi körib çiqildi.
Mahallada aholining elektr energiyasidan foydalaniş holati örganilganda uşbu fuqaroning öz xonadonida elektr tarmoğiga noqonuniy, yaʼni ruxsatsiz ulanib olganligi aniqlandi. Tekşiruv paytida xonadon egasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yildagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari”ning 120-bandida körsatilgan talablarga zid ravişda elektr hisoblaş uskunasidan taşqari, töğridan-töğri devor içidan, yaşirin ravişda elektr energiyasi tarmoqlariga özboşimçalik bilan noqonuniy ulanib, foydalanib kelganligi natijasida tuman elektr tarmoqlari korxonasiga 49 mln. sömdan ziyod miqdorda zarar yetkazilgani maʼlum böldi.
Şu sababli bu şaxs özining harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi 1852-moddasining 2-qismida körsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblandi.
Sud majlisi davomida sudlanuvçi, fuqaroviy daʼvogar va guvohlar körsatuvlarini, himoya va oxirgi sözlarini, davlat ayblovçi va himoyaçining nutqlarini tinglandi. Şundan söng, jinoyat işi böyiça töplangan barça dalillar tekşirilib, huquqiy baho berildi.
Oliy Sud Plenumining 2006-yilgi «Sudlar tomonidan jinoyat uçun jazo tayinlaş amaliyoti xaqida»gi 10-sonli Qarorining 5-bandida «Sudlar ijtimoiy xavfi katta bölmagan, şuningdek, unça oğir bölmagan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan va jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatilişi mumkin bölgan şaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlaş uçun qonunda mavjud barça imkoniyatlardan töliq foydalanişlari kerak», - degan talablaridan kelib çiqib, sudlanuvçining aybini yengillaştiruvçi va oğirlaştiruvçi holatlar eʼtiborga olindi. Sudda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlar turkumiga kirişligi inobatga olinib, sudlanuvçiga uşbu modda sanktsiyasida körsatilgan axloq tuzatiş işlari jazosini tayinlaş lozim deb topildi.
Jazo tayinlaş masalasi muhokama qilinganda uning aybiga töliq iqrorligi va qilmişidan çin köngildan puşaymonligi, oilaviy va moddiy ahvoli, özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi raisining birinçi örinbosari B.Boltaboyev tomonidan berilgan kafolat xati inobatga olindi. Şuningdek, uşbu şaxsning muqaddam sudlanmaganligi yengillaştiruvçi holat sifatida baholandi. Ammo jinoyatni ğarazli niyatlarda sodir qilganligi oğirlaştiruvçi holat deb topildi va unga ÖzR JKning tegişli moddasida nazarda tutilgan axloq tuzatiş işlariga doir jazo tayinladi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶