Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştirişdagi yangi tizimning huquqiy asoslari
Maʼlumki, mamlakatimizda 2020-yil 1-martdan boşlab qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş bilan boğliq yangi tartib örnatiladi. Tabiiyki, har bir fuqaroda avval kundalik hayotimizda uçramagan bu yangi tizim afzalliklari va qulayliklari nimadan iborat, degan savol tuğilişi mumkin. Bu savolga javobni biz “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonunidan bilib olişimiz mumkin.
Uşbu Qonun 2019-yil 13-avgustda qabul qilingan bölib, u 44 ta moddadan iborat. Unda Qonunning maqsadi, printsiplari, xususiylaştirilgan yer uçastkalari mulkdorlarining huquqlari va majburiyatlari, xususiylaştirilgan yer uçastkasini mulkdordan olib qöyiş asoslari va tartibi hamda şu kabi boşqa masalalar sodda, xalqçil tilda yoritib berilgan.
Mazkur Qonunga köra endilikda yer uçastkalari doimiy foydalaniş (egalik qiliş), yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqlari asosida tegişli bölgan yer uçastkalarini yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan sotib oliş hamda yer uçastkalarini elektron onlayn-auktsion (“ye-auksion.uz” sayti) orqali sotib oliş orqali xususiylaştiriladi.
Şu örinda taʼkidlaş kerakki, asosiy boş qomusimiz- Konstitutsiyamizning 55-moddasida ham yer, yer osti boyliklari, suv, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda boşqa tabiiy zaxiralar umummilliy boyliklar hisoblanib, ulardan oqilona foydalaniş zarurligi va ular davlat muhofazasida ekanligi belgilab qöyilgan.
“Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi Qonunga köra yuridik şaxslarga mulk huquqi asosida tegişli bölgan yoki ular tomonidan xususiylaştirilayotgan binolar va inşootlar, işlab çiqariş infratuzilmasi obʼektlari joylaşgan yer uçastkalari, şuningdek, ularga tutaş bölgan, işlab çiqariş faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur ölçamlardagi yer uçastkalari, Özbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy quriş va uy-joyni obodonlaştiriş uçun berilgan yer uçastkalari, böş turgan yer uçastkalari hamda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantiriş jamğarmasiga berilgan yer uçastkalarigina xususiylaştiriş obʼekti bölişi mumkinligi körsatib ötilgan.
Şuningdek, mazkur Qonun xususiylaştiriş subʼektlari röyxatini ham aniq belgilab bergan. Xususan, xususiylaştiriş subʼektlari sifatida Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölgan jismoniy şaxslar va Özbekiston Respublikasi rezidentlari bölgan yuridik şaxslar eʼtirof etilgan.
Obʼektlar va subʼektlar masalasida Qonun qator çeklovlarni qatʼiy belgilab ötgan, yaʼni quyidagi yer uçastkalari xususiylaştirilmaydi:
- tasdiqlangan va eʼlon qilingan rejalaştiriş sxemalari bölmagan hududlarda joylaşgan yer uçastkalari;
- röyxati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan, xususiylaştirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obʼektlar joylaşgan yer uçastkalari;
- tabiatni muhofaza qiliş, soğlomlaştiriş, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uçun möljallangan yerlar tarkibiga kiruvçi yer uçastkalari, şuningdek örmon va suv fondlarining, şaharlar va şaharçalarning umumiy foydalanişdagi yerlari (maydonlar, köçalar, tor köçalar, yöllar, sohil böylari, skverlar, xiyobonlar);
- xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanişga duçor bölgan yer uçastkalari;
- erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari iştirokçilariga berilgan yer uçastkalari.
Şuningdek, çet ellik fuqarolar va Özbekiston Respublikasining norezidentlari bölgan yuridik şaxslar, şuningdek, fuqaroligi bölmagan şaxslar yer uçastkalarini xususiylaştiriş subʼektlari bölmaydi.
Xulosa qilib aytganda, bir neça yillar davomida fuqarolik muomalasi obʼekti sifatida qonunçilikda örin egallay olmagan qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari endilikda qonunda belgilangan tartibda sotilişi, ijaraga berilişi, garovga qöyilişi yoki mulk huquqining boşqaça körinişida ifodalanişi mumkin. Asosiysi bu mulk huquqimizdan foydalanişimizda majburiyatlarimizni ham unutib qöymasligimiz zarur.
Tuman Adliya bölimi boşliği M.Matyusupov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶