25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:34
Jamiyat 👁 279

Xoʻjayli tumanidagi 10-sonli maktabda “Assalom, matematika!” tadbiri oʻtkazildi

Xoʻjayli tumanidagi 10-sonli maktabda “Assalom, matematika!” tadbiri oʻtkazildi

Mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida  oʻqituvchilarning yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq eta olish koʻnikmasini oshirish, darslarda interfaol, noanʼanaviy uslublarni qoʻllash orqali oʻquvchilarning  mashgʻulotlarga qiziqishlarini oshirishiga erishish maqsadida  oʻquv yilining har bir oyi maʼlum fan oyliklari sifatida belgilangan.

Fevral – matematika va informatika fanlari oyligi boʻlganligi munosabati bilan barcha maktablarda mazkur fanlarni  chuqur oʻrgatishga, oʻquvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlashga oid  koʻpgina tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.  Oylik doirasida   Xoʻjayli tumanidagi Jangaboy Jiyanboyev rahbarlik qilayotgan 10-sonli maktabda ham mazkur fanlar yuzasidan ochiq darslar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Avvalo oylikni oʻtkazish yuzasidan maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Abubakir Abdisalomov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Oʻmirboy  Bavatdinov, metod birlashma raisi Muyassar Saparova va fan oʻqituvchilari ishtirokida oylik doirasida qilinishi lozim  boʻlgan  ishlar belgilanib, vazifalar oʻzaro taqsimlandi. Shunga muvofiq matematika fani oʻqituvchisi Muyassar Saparova 8-sinfda “Viyet teoremasi” , Sarvinoz Xoʻjaberganova 6-sinfda “Sonlarni ayirish”, Tilovbergan Jumamurodov  10-sinfda “Eng oddiy trigonometrik tenglamalar” mavzularida, informatika fanidan Elmurod Tajimurodov 10-sinfda , Quvondiq Tleubergenov 9-sinfda ochiq darslarni interfaol usullardan foydalangan holda qiziqarli qilib oʻtdilar.

Oylik doirasidagi amalga oshirilgan ishlarning yakuniy hisoboti tariqasida  22-fevral kuni oʻtkazilgan “Assalom matematika” deb nomlangan  kechaga  maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilaridan tashqari, ularning ota-onalari ham tashrif buyurdilar.  Kechani maktab direktori Jangaboy Jiyanboyev ochib,  matematika fanini  oʻrganishning ahamiyati haqida maʼruza qildi va bu borada maktabda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida toʻxtaldi.

Kechani olib borgan boshlovchi qizlar matematika faniga oid  sheʼrlar, ulugʻ allomalarning purmaʼno soʻzlaridan iqtiboslar keltirib, ana shunday  ahamiyatli fanlarni oʻquvchilarga hormay-tolmay oʻrgatib kelayotgan, oʻquvchilarning fan asoslarini puxta egallashlarida  fidoyilik qilayotgan fan oʻqituvchilariga  soʻz berdilar. Maʼruzalardan soʻng,  raqamlar haqida 5-sinf oʻquvchilari ishtirokida  sheʼrlar ijro qilindi.  6-sinf oʻquvchilarining raqslari barchaga birday zavq bagʻishladi.

       Qunt bilan oʻrganing , bu buyuk fanni
       Shon-shuhratga oʻrang, ona Vatanni.
       Donolar donosi boʻlsa, gar kim –
       Fanga bagʻishlasin, jon birla tanni.

Ushbu chorlovdan soʻng,  mazkur fan ahamiyati aks ettirilgan sahna koʻrinishi namoyish etildi. 2-sinf oʻquvchilari ijrosidagi raqs barchaga ulkan taassurotlar baxsh etdi.  8-sinf oʻquvchisi Sarvinoz Shariboyeva ijro etgan  raqs  ham juda jozibali chiqdi.

Tadbir maktab oʻquvchilarining nafaqat fan asoslarini puxta oʻzlashtirayotganini, balki, ularning iqtidorlarini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilayotganini yaqqol koʻrsatdi.

Matematika barcha fanlar kaliti ekanligi barchaga birday ayon. Hayotimizning biron sohasini hisob-kitobsiz  rivojlantirishni tasavvur eta olmaymiz. Bugungi tezkor va axborot kommunikatsiya texnologiyalari  davrida mazkur fan ahamiyati yana ham yuqori bosqichga koʻtarilmoqda. Hayotimizdagi oʻzgarishlar  hammamizdan har bir ishimizning  hisob-kitobini yurita olish imkoniyatiga ega boʻlishni taqozo etmoqda.  Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, Xoʻjayli tumanidagi 10-sonli maktabda bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlar eʼtiborga loyiqdir. Ularning kelgusi faoliyatlariga ham muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilab qolamiz.

Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026