BOLAJONLAR YuRTIMIZNING ULUĞ SIYMOLARIGA EHTIROM KÖRSATIŞDI
Mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantiriş eng muhim vazifalardan sanaladi. Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida şu boisdan bolalarning ona Vatan va atrof-olam, buyuk siymolar, bayramlar, maşhur sarkardalar haqidagi bilimlarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Manğit şahrida joylaşgan 7-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida bolajonlarning yayrab-quvnab, ösib-ulğayişlari uçun barça şaroitlar yaratilmoqda. Ovqatlaniş, dam oliş, taʼlim oliş uçun alohida xonalar mavjud bölib, ularning taşkilotdagi vaqtlari mazmunli va maqsadli ötişi uçun eʼtibor qaratilmoqda.
Hozirgi zamonaviy ilm-fan bolalarga boğça yoşidan ilm-maʼrifat örgatiş, ilm olişga rağbatlantiriş, buning uçun taʼsirçan vositalardan foydalaniş lozimligini uqtirmoqda.
Mazkur maktabgaça taʼlim taşkilotida ham bu borada talay işlar olib borilayapti.
Şu yilning 24-fevralida taşkilot qisqa guruhi tarbiyaçisi Gözal Yöldoşevaning “Özbekistonning buyuk siymolari” mavzusidagi namunali oçiq darsi ötkazildi. Tadbirda tuman Maktabgaça taʼlim bölimi masʼullari, tumanimizdagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari qisqa guruhlari tarbiyaçilari ham iştirok etdilar.
Taşkilot tarbiyaçisi Gözal Yöldoşeva namunali oçiq darsida avvalo mazkur darsni taşkil etişdan közlangan maqsadlar haqida batafsil tuşunça berdi va tarbiyalanuvçilarni 5 ta guruhga ajratdi.

Dars maqsadiga muvofiq bolajonlarga diyorimizdan yetişib çiqqan uluğ alloma bobolarimiz Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ilmiy, adabiy merosi haqida bolalarga tuşunarli tilda bayon qilib berdi. Bolajonlarni ularga munosib vorislar bölib yetişişga, buning uçun kelgusida maktabda ilm asoslarini puxta egallamoği lozimligini aytdi va odobli, oilasiga, yurtiga mehrli bölib voyaga yetişga çaqirdi.
Dars mavzusiga mos bezatilgan ulkan xonada milliy kiyimlar kiyib, peşonasiga durraçalar boğlab olgan jajji öğil-qizlar beşta guruhga bölinib, har bir guruh aʼzolari öz iqtidorlarini namoyiş etdilar.
Bolajonlarning öziga xos şirin tilda Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan tarbiyaçi kömagida yod olgan ğazallar, ruboiylarni ijro etişi barçaga zavq bağişladi. Şuningdek, bu ikki uluğ şoir hayotiga oid, asarlariga oid sahna körinişlarini mahorat bilan ijro etişlari çindan-da olqişlarga sazovor böldi.
Ruhşunoslar taʼkidlaşiça, aslida qobiliyatsiz bolaning özi bölmas, faqat uşbu yaşirin qobiliyatni anglab, bolaning namoyon etişiga şaroit yaratiş zarur ekan. Uşbu namunaviy oçiq darsni körgan kişi bunga qayta-qayta iqror bölişi tayin.
Tumanimizdagi maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab olinmagan, kelgusi öqiş yilida maktablarning 1-sinflariga qadam qöyadigan öğil-qizlar uçun maktabgaça taʼlim taşkilotlarida taşkil etilgan qisqa guruhlar ularni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlayotgani quvonarli holdir.
Ilk boşlanğiç taʼlim olib, harflarni, sonlarni öqiş-yozişni örganayotgan bolalar maktab taʼlimini heç qiynalmay özlaştirib keta oladilar. Yuqoridagidek tadbirlar esa ularning tafakkuri yana ham kengayişiga xizmat qiladi. Şuningdek, tarbiyaçilarning ham şaxsiy tajribasini rivojlantiriş va hamkasblari bilan özaro birdamlikni yulga qöyişda muhim ahamiyat kasb etadi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶