AYoL-QIZLAPGA YuKSAK EHTIPOM KÖPSATILDI
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularning turli soha va tarmoqlarda öz qobiliyatlarini röyobga çiqarişi uçun keng imkoniyat hamda şart-şaroitlar yara-tilgan. Şuningdek, barça jabhalarda jamiyat manfaatiga öz hissasini qöşayotgan ayollar ham alohida eʼtirof etilib, munosib rağbatlantirilib kelinmoqda.

Xususan, Prezident Farmoniga muvofiq jamiyat va davlat hayotida faollik va taşabbuskorlik körsatgan xotin-qizlar uçun “Möʼtabar ayol” kökrak nişoni taʼsis etilişi ham fikrimizning dalilidir.
Qolaversa, har yili 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami sanasining mamlakat böylab çinakam tantana qilinişi jamiyatimizda ayollarga bölgan eʼtiborning neçoğlik yuksak ekanligini ifodalaydi.
Butun mamlakatimizda bölgani kabi 6-mart kuni tumanimizda ham uşbu ayyom yuksak darajada nişonlandi. Bayram tadbirida tumanimizdagi barça sohalarda faoliyat yuritayotgan faol ayollar iştirok qildilar. Tantanali marosimda tuman hokimi S.Yöldaşev nutq sözlab, ayol-qizlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Şundan söng tuman mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova, 36-sonli maktab öqituvçisi Payhon Qalandarovalar ayollarni bayram bilan tabrikladilar.
Tadbir tumanimiz sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturiga ulanib ketdi. Ajoyib kontsert dasturi barçaga kötarinki, bayramona kayfiyat ulaşdi.



Çaros Arslonova,
tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶