26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 00:52
Jamiyat 👁 287

HAM RAHBAR, HAM TADBIRKOR

HAM RAHBAR, HAM TADBIRKOR

Nilufar ziyoli oilada tugʻilib, voyaga yetdi. Alloh rahmat qilsin, otasi Ilhom Davletov hayotligida davlat va jamoat ishlarida koʻzga koʻringan obroʻli insonlardan edi.
Ana shunday obroʻli xonadonda voyaga yetgan Nilufarxon Davletova umumtaʼlim maktabida faqat aʼlo baholarga oʻqidi. Maktabni tugatgach, 1987-1992-yillarda Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oldi. U oʻzining ilk pedagogik faoliyatini 1992-2005-yillarda 31-sonli maktabda rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi vazifasida ishlashdan boshladi. Keyinchalik 64-sonli umumtaʼlim maktabida va yana 31-sonli maktabda oʻquvchilarga rus tili va adabiyoti fanidan saboq berdi. Nilufarning dars oʻtish uslubidagi oʻziga xoslik, feʼlidagi intiluvchanlik va qatʼiyat, innovatsion gʻoyalarni  oʻz fanida qoʻllash iqtidori tufayli uni oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimiga tayinlashdi. Uning tirishqoqlik va qatʼiyat bilan ish yuritishiga alohida eʼtibor qaratgan tuman xalq taʼlimi boʻlimi rahbariyati uni 2010-yilda oʻzi mehnat qilayotgan 31-sonli maktab direktori lavozimiga tayinlashdi.
Tuman Kengashi deputati sifatida taʼlim tizimiga joriy etilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisidan bu islohotlarning ijrochisiga aylangan N.Davletova mana 10-yildirki, maktab direktori vazifasini mahorat bilan ado etmoqda. U rahbar boʻlgan pedagogik jamoada hamisha oʻziga xos intizomga asoslangan mehnat jarayoni hokim. Bilimlar bellashuvi, fanlar olimpiadalarida va boshqa koʻrik-tanlovlarda maktab oʻquvchilari doimo yuqori oʻrinlarni zabt etishadi.
2015-yilda N.Davletova umr yoʻldoshi, tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori Ozod Matqurbonov bilan bamaslahat tadbirkorlik sohasiga qoʻl urdi. Qandolat va sut mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Jayxun lazzati” oilaviy korxonasini tashkil etish boʻyicha oʻz biznes-loyihasini tayyorladi va shu yili “Tadbirkor ayolning eng yaxshi loyihasi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida “Qishloq joylarining eng yaxshi loyihasi” yoʻnalishi boʻyicha gʻolib boʻldi.
Korxona 2016-yilda konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshladi. 2017-yilga kelib korxona oʻz qaddini ancha tiklab oldi va sut mahsulotlarini qayta ishlash tsexi ishga tushirilib, 10 nafar kishi doimiy ish bilan taʼminlandi.
–  Kuniga 1 tonna sutni qayta ishlab, ekologik toza va sifatli mahsulotlar tayyorlab, ichki bozorga sotuvga chiqarmoqdamiz, – deydi Nilufar.
Korxona mahsulotlari xaridorgir. Ayni kunda 10 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlariga smetana, tvorog va boshqa sut mahsulotlari yetkazib berayotgan “Jayxun lazzati” oilaviy korxonasi bir maromda faoliyat yuritishi uchun Nilufarga farzandlari eng yaqin koʻmakdosh. Katta oʻgʻli Temur Allamberganov korxonaning ijrochi direktori. Boburjon esa malakali texnolog sifatida barcha ishga bosh-qosh. Katta qizi Nazokatxon 55-sonli maktabda oʻqituvchi, Malohatxon esa Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti talabasi.
– Farzandlarimdan koʻnglim toʻq, – deydi Nilufar mehr bilan. – Barchasi oʻqimishli, hunarli. Umr yoʻldoshim esa hamisha bizga yaqin maslakdosh. Shuning uchun ishlarimga bemalol ulgurayapman.
Ham maktab rahbari, ham tadbirkor, N.Davletovaning faoliyat koʻlami ancha keng. U xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida saylovchilari bilan uchrashishga, ularning hayotiga doir muammolarini oʻrganib, deputatlik soʻrovi bilan tuman Kengashiga murojaat etishga, taʼlim tizimiga innovatsion loyihalarni joriy etishga, tadbirkorlik faoliyatini zamon talablari darajasiga koʻtarishga vaqt topadi. Izlanishdan, intilishdan aslo charchamaydi. Zotan, oldinga intilib yashash Nilufar uchun hayotdagi oltin qoidadir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026