Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati tumanimiz aholisi bilan uçraşdi
Mamlakatimizda xalq vakillari bölgan deputatlar hududlardagi aholining muammolarini örganib, hal qilişga astoydil bel boğlaşgan. Şu maqsadda ular aholi bilan uçraşuvlar taşkil qilişib, insonlarni qiynayotgan muammo hamda masalalarni örganişmoqda.
Tumandagi 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida 1-Nukus saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga saylangan Ruslan Djumamurodov hududdagi aholi bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Ruslan Djumamurodov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Yangibay Yeşmurodov, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Adilboy Yusupov, ÖzMTDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi yetakçi mutaxassisi Majit Murzambetov, ÖzMTDP tuman Kengaşi yetakçi mutaxassisi Yulduz Örinboyeva, hududdagi Daryo böyi, Beş tom mahallalari, Qipçoq ovuli hamda Qipçoq şaharça fuqarolar yiğini xodimlari, mahalla aholisi iştirok etdilar.
Uçraşuv davomida yiğilganlarga Prezidentimizning 2020-yil 24-yanvar kungi Oliy Majlisga murojaatnomasining, Qonunçilik palatasida oxirgi ikki oyda qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati xususida söz yuritildi. Xususan, töy-haşamlarni ixçamlaştiriş böyiça nizomni buzganlik uçun javobgarlik belgilanayotgani, Özbekiston Respublikasi fuqaroligi töğrisidagi qonunçilikka hamda dori vositalarining noqonuniy aylanişining oldini oliş borasida qonunçilikka kiritilayotgan özgarişlar, geodeziya töğrisidagi qonunlar töğrisida söz yuritildi. Bundan taşqari, mahalla tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlanganidek, demokratik jamiyat quriş jarayonida qonun ustuvorligi, qonunga itoatkorlik masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Qayerda qonunlar ustuvor ahamiyat kasb etsa, fuqarolar qonunga itoatkor munosabatda bölişsa, öşa yerda şaxs huquq va erkinliklari taʼminlanadi, jamiyat taraqqiyotga yuz tutadi.
Qonunlar ustuvorligini taʼminlaş, fuqarolarning huquqiy bilimini oşiriş maqsadida taşkil qilingan mazkur uçraşuv mobaynida mahalla aholisini qiynab kelayotgan masalalar hamda muammolar ham tinglandi. Jumladan, mahalla hududidagi aholining toza içimlik suviga ehtiyoji borligi, mahallada çiqindi taşlaş joyi yöqligi, içki yöllarni taʼmirlaş hamda hududga maktabgaça taʼlim taşkiloti zarurligi, mini futbol maydonçasi quriş, tadbirkorlikni yölga qöyiş uçun kredit oliş masalalari yuzasidan murojaatlar qilindi.
Qolaversa, Beş tom mahallasida yaşovçi fuqarolar Qipçoq ovulida joylaşgan 1-sonli QOPga yöl uzoqligi sababli hududda tibbiyot maskani taşkil qiliş masalasida, 11-, 66-, 65-sonli maktablarda sport zal yöqligi sababli yangi sport zali quriş hamda kerakli inventarlar bilan taʼminlaş masalasida xonadonlarga yangi transformator kerakligi xususida ham murojaat qildilar. Mazkur muammolarning baʼzilari şu yerning özida hal qilindi, qolgan masalalarni esa aholi foydasiga ijobiy hal qiliş uçun tegişli mutasaddilar bilan kelişildi.
Deputatlar bilan ötkazilgan uçraşuv aholiga juda manzur böldi.
Çaros Arslonova,
tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶