ÖZIGA IŞONGAN AYoL
Oila qörğonining mustahkam bölişi köp jihatdan ayolga boğliq. Pavşanoy öz oilasi iqtisodini kötariş uçun tinmay izlandi. Oiladagi doimiy yetar-yetmaslik, kun sayin ulğayib, taşviş-u quvonçlari ham ortib borayotgan farzandlarining taʼmnoti uçun talab qilinadigan mablağ ham oz emasdi. Nima qilsa, heç narsaga zoriqmay yaşaydi?
U bir qarorga keldi: tadbirkorlik bilan şuğullanadi, vassalom!
Pavşanoyni oilasidagilar ham qöllab-quvvatlaşdi. U dastlab turli xil şirin peçenelar, yumşoqqina pirojniylar pişira boşladi. Qölida bir-ikki söm mablağ yiğiladigan böldi. 2011-yilda yakka tadbirkor sifatida röyxatdan ötib, patent oldi va qandolatçilik mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöydi. Natija kutilganidan ziyoda böldi, özi va oila aʼzolari iş bilan taʼminlanişdi. Yangidan 3 ta iş örni yaratildi.
– Bayramlar boşlanayotir, elimizda töy-maʼrakalar köp, – deydi P.Otajonova. – Buyurtma asosida tortlar, rang-barang bezakli pirojniylar, peçenelar tayyorlayapmiz. Tortlar uçun buyurtmalar juda köp, hammasiga ulgurayapmiz.
P.Otajonovaning qandolatçilik tsexi Manğit şahrining Çordara mahallasi hududida joylaşgan. Bu yerdan mijozlar qadami aslo uzilmaydi. Öz mahsulotlariga talabgorlar kun sayin ortib borayotganidan xursand bölgan Pavşanoy bank krediti asosida qandolatçilik tsexini kengaytiriş va yangi iş örinlarini yaratiş niyatida.
– “Ortiqça mablağim yöq, nima qilsam ekan?” – deb tört tomoniga qarab, mahalla idorasiga moddiy yordam sörab borayotgan ayol-qizlarga aytar gapim bor, – deydi Pavşanoy. – Dadil böling, özingizga işoning va qörqmasdan öz tadbirkorligingizni boşlang, heç qaçon yutqazmaymiz. Çunki ortingizda sizni qöllab-quvvatlovçi davlatimiz, Prezidentimiz turibdi. Qonunlarimiz esa eng yaqin himoyaçingizdir! Bugunoq işga kirişing!
Ha, azizlar, P.Otajonova erişayotgan yutuqlarning barçasi uning dadilligi, öziga işonçi va davlatimiz ğamxörligining yaqqol ifodasidir.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶