25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 21:56
Jamiyat 👁 818

Tumanda karantin qoidalariga amal qilinishi boʻyicha nazorat oʻtkazilmoqda

Tumanda karantin qoidalariga amal qilinishi boʻyicha nazorat oʻtkazilmoqda

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin davrida qatʼiy cheklovlar, chora-tadbirlar oʻrnatildi. Qatʼiy karantin oʻrnatilgan dastlabki kunlarda ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari orqali aholiga batafsil tushunchalar berildi. Shu barobarida bunday sharoitda karantinga olingan, ogʻir ahvolga tushib qolgan va ehtiyojmand oilalarning ogʻirini yengil qilishga koʻplab saxovatpesha tadbirkorlar, masʼul mutasaddilar jiddiy eʼtibor qaratishdi.
Hozirgi sinovli kunlarda savob amallar qilinishi qatorida, afsuski, yurtimizda joriy qilingan karantin qoidalarini buzayotganlar, karantin tartibiga amal qilmayotganlar ham uchrab turibdi. Albatta, bunday holatlar uchun qatʼiy javobgarlik belgilangan boʻlib, shunga muvofiq tartibni buzgan fuqarolarga nisbatan jazo choralari qoʻllanila boshladi.

Koronavirus panemiyasiga qarshi kurashish ketayotgan ayni davrda belgilangan karantin qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida tuman Ichki ishlar boʻlimi, yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, tuman Davlat soliq idorasi hamda Oʻzbekiston Pespublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Qoʻriqlash boshqarmasiga qarashli 1-Alohida otryadi  muntazam ravishda aholi oʻrtasida karantin qoidalariga amal qilinishiga doir targʻibot ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar. Targʻibot tadbirlarida fuqarolarga karantin tartiblariga amal qilish zarurligi, karantin qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik tartibi tushuntirilib, bu kabi holatlarni yuzaga keltirayotgan fuqarolarga ogohlantirishlar berilmoqda.
Shu oʻrinda aytish joizki, Oʻzbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan karantin qoidalarini mensimaslik yoki uni buzganlik uchun koʻriladigan choralar qatʼiylashtirildi. Davlatimizda “Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi toʻgʻrisida” qonun joriy etildi. Qonunga koʻra karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi va jarimalar miqdori bir necha barobarga oshirildi.

Shuningdek, fuqarolarning sodir etgan xatti-harakati natijasida kelib chiqqan va kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlarning ogʻirligiga qarab, qonunchilikda bunday qilmishlar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilandi.

Xususan, agar shaxsning karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz yurganligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima (1 mln. 115 ming soʻm) solishga sabab boʻladi. Inobatga olish kerakki, fuqarolarning tibbiyot niqoblaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmasligi ham mazkur normaga asosan javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Tumanimizda olib borilayotgan targʻibot tadbirlarida insonlar jamoat joylarida niqobsiz yurmaslikka, yosh bolalarni koʻchaga olib chiqmaslikka, zarurat boʻlmaganda koʻchaga chiqmaslikka, gavjumlashmaslikka chaqirilmoqda.

Achinarlisi shuki, tumanimizda karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Bunday holatlarni bartaraf qilish va oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan targʻibot tadbirlari davomida koʻchada, bozor hududida niqobsiz yurgan, avtoulovlarda odamlar tashiyotgan, karantin qoidalarini buzib, oʻzboshimchalik bilan doʻkonlarini ochib, savdo qilayotgan fuqarolarga ogohlantirishlar berildi. Tadbirkorlar tomonidan ishlatilayotgan obektlar vaqtinchalik yopib qoʻyildi.

Shu oʻrinda maʼlumot tariqasida aytish joizki, karantin tadbirlari eʼlon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz boʻyicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq jami – 22 286 ta holat aniqlangan. Shundan viloyatlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tegishli qoidabuzarliklar 784 ta holatni tashkil qiladi.

Koronavirus tarqalishining oldini olishning eng muhim sharti karantin qoidalariga qatʼiy va istisnolarsiz rioya etishdir. Aziz yurtdoshlar, barcha belgilangan qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilinib, tegishli tashkilotlar talablari qatʼiy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan ushbu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashimiz samara beradi. Barchangizni shunga chaqiramiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026