EKOLOGIK PAPTIYa DEPUTATLAPI XAYPIYa TADBIPLAPINI ÖTKAZIŞDI
Jamiyat hayotida röy berayotgan voqea-hodisalarga befarqlik – nafaqat öşa jamiyat uçun, balki ziyolilar uçun ham maʼnaviy halokatdir. Allohga beadad şukurlar bölsinki, bizning jamiyatimizda bunday illatga moyillik barmoq bilan sanarli. Buni ayni paytdagi koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraş jarayonidan ham yaqqol anglaş mumkin. Kimdir özi va oila aʼzolari, qolaversa, mahalladoşlari soğligiga befarqlik qilib, kasallik xavfini oşiruvçi holatlarga yöl qöyib, karantin qoidalariga rioya qilmayotgan bölsa, kimdir elim, yurtim, deb özini ayamay fidoyilik qilmoqda. Yuzlab, minglab saxovatpeşa insonlar, tadbirkorlar, ziyolilar va deputatlar xalqning oğirini yengil, muşkulini oson qiliş uçun masʼullik tuyğusi bilan beorom yaşamoqdalar.
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham koronavirus pandemiyasi kirib kelişi va tarqalaşining oldini olişga qarşi kuraş şaroitida xalqimizni qöllab-quvvatlaş, ularning muşkullarini oson qiliş maqsadida olib borilayotgan xayriya tadbirlari kun sayin oşib borayotganidan dalolatki, har qanday vaziyatda hamişa birdam va ahil xalqimiz bu sinovni öz sobit harakatlari, mehr-u oqibati bilan yengib ötadilar.
Xayriya tadbirlarida siyosiy partiyalar vakillari ham faol iştirok etişmoqda. Ayniqsa, ekologiya partiyasidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari bu borada faollik körsatişmoqda. Ekologiya partiyasi tuman Kengaşi raisi Saʼdulla Sodiqov rahbarligida tuzilgan tarğibot guruhi aʼzolari deyarli har kuni xalq orasiga kirib borib, olis ovul va mahallalarda istiqomat qiluvçi aholiga koronavirus pandemiyasidan saqlaniş, virus yuqtirib olmaslik uçun şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiliş, bunda uyda qolib, oila aʼzolari davrasida böliş öta muhim ahamiyat kasb etişi xususida tuşunçalar berişmoqda. Bu borada 29-Qangli saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Qangli qişloq vraçlik punkti mudirasi Zamira Saparova tomonidan olib borilayotgan taşviqot tadbirlari eʼtiborga munosib. Z.Saparova har bir fuqaroning tibbiy niqoblardan foydalaniş madaniyati, tibbiy madaniyati yuzasidan zarur tuşunça va tavsiyalar berib bormoqda.

Ekologiya partiyasi aʼzosi, 11-Örta qalʼa saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Hamro Xöjayev esa Örta qalʼa ovulidagi 20 ta kam taʼminlangan oilalarning har biriga 193000 sömlik oziq-ovqat mahsulotlarini xayr-ehson sifatida öz hisobidan yetkazib berdi.
Ekologiya partiyasi tuman Kengaşi raisi 7-Oybek saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Saʼdulla Sodiqov Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi qömitasi raisi Mahmud Norboyev bilan birgalikda Manğit şahrining Navoiy nomli mahallasidan 5 ta, Oybek nomli mahallasidan 5 ta oilaga 1 mln. 446 ming sömlik kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdilar.

Albatta, bugungiday murakkab vaziyatda uylarida qolib, sinovli damlarni boşidan keçirayotgan yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlaş, kamxarj oilalarga yordam körsatiş, ularning köngillarini kötariş, xayr-u ehsonlar qiliş ham yuksak insoniylik sifatlaridandir. Sinovli kunlarda birdam böliş, qalban hamjihatlikda yaşaş, uyda qolib, koronavirusdek ofatga qarşi qalqon bölayotgan fidoyi insonlarni qöllab-quvvatlaş har birimizning burçimizdir. Ana şu burçga sodiq bölsak, albatta, biz barça sinovlarni dadil yengib ötamiz.
Aziz yurtdoşlar, Siz uyda qoling, oila davrasida xotirjam böling. Siz-u biz uçun işda bölgan har bir fidoyiga madadkor böling!
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶