25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 21:54
Jamiyat 👁 408

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish mumkinmi?

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish mumkinmi?

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-avgustdan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq yer uchastkalari xususiylashtirilishi mumkin.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish obʼektlari yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obʼektlari joylashgan yer uchastkalari, shuningdek, ularga tutash boʻlgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur oʻlchamlardagi yer uchastkalarida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari, boʻsh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat etiladi.

Kimlar yer uchastkasini xususiylashtirishi mumkin? Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish subʼektlaridir. Chet ellik fuqarolar va Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish subʼektlari boʻlmaydi.

Xususiylashtirish koʻchmas mulk obʼektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza berish orqali amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk obʼektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizalar Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki ushbu shaxs tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obʼektlari joylashgan yer uchastkalariga, shuningdek, ularga tutash boʻlgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur oʻlchamlardagi yer uchastkalariga nisbatan beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan esa oʻziga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalariga nisbatan beriladi.

Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi jismoniy shaxsga oʻtganda mazkur yer uchastkasini xususiylashtirishga boʻlgan huquq ham oʻtadi.

Agar xususiylashtiriladigan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obʼekti ulushli yoki birgalikdagi mulk boʻlsa yoxud koʻp kvartirali turar joy boʻlsa, ariza barcha ishtirokchilarning, yaʼni mulkdorlarning fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan tartibda beriladi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza berish va koʻrib chiqish tartibiga koʻra ariza yer uchastkasi joylashgan yerdagi tuman hokimining nomiga davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.

Ariza yer uchastkalarini xususiylashtirish masalasini Yer uchastkalarini berish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqish uchun asos boʻladi. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi uchun toʻlov Yer uchastkalarini berish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning ijobiy xulosasi toʻgʻrisida yozma yoki elektron bildirishnoma olinganidan keyin oʻn ish kuni ichida jismoniy va yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

Boʻsh turgan yer uchastkalari aholi punktlarining va hududlarning bosh rejalariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aniqlanadi. Bunday yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi bilan kelishilgan holda elektron onlayn-auktsion orqali yuridik va jismoniy shaxslarga mulk qilib sotiladi. Boʻsh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auktsion orqali investitsiya majburiyatlari bilan sotilishi mumkin.

Boʻsh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha elektron onlayn-auktsionda ishtirok etish uchun buyurtma tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan hamda yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan beriladi. Xususiylashtiriladigan boʻsh turgan yer uchastkasining qiymati oʻtkazilgan elektron onlayn-auktsion natijalariga koʻra belgilanadi.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, oʻz xohishiga koʻra va oʻz manfaatlari yoʻlida erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga hissa sifatida kiritish, ijaraga berish kabi huquqlarga ega boʻladi.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqining har qanday buzilishi bartaraf etilishini talab qilish, xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish, uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy va boshqa imoratlar hamda inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzish ham ularning huquqi hisoblanadi.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasini mulkdordan olib qoʻyish faqat mulkdorning roziligi bilan amalga oshiriladi. Undan tashqari, rekvizitsiya, yaʼni falokatlar, epidemiyalar va hokazolar paytida ham yer uchastkasi mulkdordan olib qoʻyilishi mumkin. Belgilangan tartibga koʻra jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda sud qarori bilan ham xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdordan musodara qilinadi.

J.Bekimbetov, Amudaryo tumani adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026