25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 20:33
Jamiyat 👁 676

EL DAPDI BILAN YaShASh BAXTI

EL DAPDI BILAN YaShASh BAXTI

Tiriklik insonga xayrli ishlar qilish uchun berilgan imkon, deyishgan mashoyixlar. Chindan ham, hayotda shunday insonlar borki, ularning yashash tarzi, faoliyati, amalga oshirayotgan ezgu amallaridan koʻpchilik ibrat olsa arzigulik. Toʻlqin ovulida oʻqituvchilar oilasida kamolga yetgan Shuhrat Matkarimov ana shundaylarning biri. U 2009-yilda “Toʻlqinli Ismoil chorvador” fermer xoʻjaligini tashkil etdi. Bu tumanimizdagi naslli qoramollar parvarishlanadigan, jarayonlar yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ilk chorvachilik kompleksi edi.

Yosh tadbirkor barcha ishni oqilona hisob-kitob asosida olib borib, chorvadan moʻl daromad olishga intildi, yil sayin faoliyatini kengaytirdi. Bugungi kunda mazkur xoʻjalikda 41 gektar paxta, 60 gektar bugʻdoy va chorva uchun ozuqabop ekinlar ekiladigan maydonlar bor. Chorvasi esa 78 bosh, barchasi nasldor. Yana 360 bosh naslli qoramol Chexiyadan keltirilmoqda.

Oʻtgan yilning oʻzida xoʻjalikdagi barcha sohalar boʻyicha 600 milliondan ziyod sof foyda olindi, xoʻjalikda ishlovchilarning ham moddiy manfaatdorligi ortdi. Olingan daromadlar hisobidan ovul hayotini yaxshilash, aholi turmushi sifatini oshirish maqsadida ham foydalanilayotganligi tufayli Shuhrat Matkarimovga elning ixlosi ortdi.

 

 

Ovul hududini kesib oʻtgan ulkan aylanma yoʻldan 32-maktabga  boriladigan yoʻldan aholi, ayniqsa, oʻquvchilar qishda loydan, yozda chang-tuproqdan yurishga majbur boʻlishar edi. Ahvolni yaxshilashga harakat qilgan fermer yigit ushbu yoʻlni maktab hududidan ham oʻtib, Qipchoq arna koʻprigiga yetguncha boʻlgan yarim kilometrcha qismini asfalt qildi va el olqishini  oldi. Oʻtgan yili ovul hududidan oqib oʻtuvchi Qipchoq  kanali koʻprigini ham taʼmirlab, aholi uchun kanaldan oʻtishda qulaylik yaratdi.

Toʻlqinliklar oʻtgan yilning 22-dekabrida boʻlib oʻtgan saylovlarda Shuhrat Matkarimovni Toʻlqin saylov okrugidan uni Xalq deputatlari tuman Kengashiga deputat qilib sayladilar.

Deputatlik odamdan katta intellektual salohiyat, tinimsiz mehnat, izlanish va masʼuliyat talab qildi. U avvalo xalq dardi bilan yashashi, odamlarni qiynayotgan muammolarini hal qilish uchun intilishi, oʻzining yurish-turishi madaniyati, yashash tarzi bilan boshqalarga ibrat boʻlmogʻi lozim.

Endi Shuhrat Matkarimovning faoliyat koʻlami kengaydi. U Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini raisi Pashid Abdugʻaliyev bilan hududni aylanib, aholi turmush tarzi bilan tanishadi, muammolarini tinglaydi, hal qilishga intiladi. Deputat aholi murojaatlariga koʻra, ovul hududidagi 3 ta maktabga optik tolali aloqa tarmogʻi tortilishiga bosh-qosh boʻlayotir. Xoʻjalik texnikalari yordamida bu ish poyoniga yetay deb turibdi. Natijada uchta maktabda va aholi xonadonlarida internet tezligi oshadi, oʻquvchilarning, talabalarning masofadan turib oʻqishlariga qulay sharoit yaratiladi.

Bugungi kunda pandemiya sharoitida aholining kam taʼminlangan, ehtiyojmand qismini qoʻllab-quvvatlash, ularning munosib sharoitlarda yashashiga koʻmaklashish ham Shuhrat Matkarimovning faoliyatida muhim oʻrin tutadi. Yaqinda u hamqishlogʻi, ayoli betob boʻlib, iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan Muhiddin Xudoyberganov oilasiga 11 bosh echkilarni hadya etdi, uyini taʼmirlab berdi. U bunday savobli ishlarni birovlarga koʻz-koʻz qilish  uchun emas, balki Alloh rizoligiga erishish yoʻlida qiladi, ovuldoshlariga suyanchiq boʻlishni oʻzining burchi, deb hisoblaydi.

Mana bu 35 gektarlik bugʻdoyzor oʻrni avvallari bir nechta kartaga boʻlingan edi. Tajribali fermer ularni tekislab yaxlit bir dala holiga keltirdi. Hozir ushbu daladan kamida 80 tsentnerdan hosil olish rejalashtirilmoqda.

Darvoqe, Shuhrat Matkarimov shu yil boshida “Toʻlqinli Ismoil chorvador” fermer xoʻjaligi taʼsischiligida tumanimizda gʻallachilik klasteri tashkil etdi va unga tumanimizdagi gʻallachilik tarmogʻi mavjud fermer xoʻjaliklarining yarmi qamrab olindi.

Shuningdek, Turkiya davlatidan zamonaviy un tegirmoni xarid qilinib, ular topshirgan gʻallani un holida aholiga sotishni rejalashtirgan edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli bu reja ham orqaga surildi va tumanimizda yetishtirilgan gʻalla bu yil ham “Taxiatoshdon” aktsiyadorlik jamiyatiga topshiriladigan boʻldi. Biroq fermer, deputat Shuhrat Matkarimov tumanimizda un kombinati qurilishi, texnologiyalar keltirish va ishga tushirish tashvishidan bir zum ham chalgʻigani yoʻq. Bu ish amalga oshsa, gʻallachilik yana ham daromadli soha boʻladi, deydi u.

El dardi bilan yashayotgan intiluvchan va salohiyatli Shuhrat Matkarimovning ishlariga biz ham omadlar tilab qolamiz.

Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026