MAMLAKATIMIZDA KEKSA AVLOD VAKILLARI DOIMO EʼZOZDA
Inson yoşi ulğaygan sari hayotga muhabbati ortarkan. Hayotni seviş, har kuni qandaydir ezgu işni amalga oşirişga intiliş tuyğusi, nazarimda har bir keksa insonga xos xislat bölsa kerak. Ayniqsa, bugungiday dorulomon kunlar şukuhi insonning qalbida jöşqinlik uyğotadi. Köngil nimalarni istamaydi, deysiz? Köngil heç qaçon qarimaydi, deganlari ham şu-da! Doim mehnat, yaratiş quçoğida yaşagan inson nafaqaga çiqib, uy odami bölib qolişi ançayin zerikarli. Xudoga şukur, men nafaqada bölsam-da, özim uçun qiziqarli, gaştli maşğulotlar bilan bandman. Baʼzilarga öxşab televizor qarşisiga mixlanib qolganim yöq. Televizor tomoşa qilişning ham mavridi bor. Nevaralarim bilan tomorqada, boğ-roğda mehnat qiliş juda yoqimli. Ayniqsa, mamlakatimizda biz keksa avlod vakillariga körsatilayotgan hurmat va eʼtiborning çeki-çegarasi yöq. Pensiyamizni vaqtida yetkazib berişayapti. Sal xastalansak, patronaj şifokor va hamşiralar parvona. Sihatgohlarda davolanib, salomatligimizni mustahkamlaşimiz uçun şaroitlar yetarli. Özbekistondagi bir neça soğlomlaştiriş maskanlari keksalar uçun doimo oçiq.
Mana yaqinda, 2020-yilning 20-may sanasida biz keksalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida yana bir muhim hukumat qarori qabul qilindi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori va uşbu Qarorga muvofiq işlab çiqilib, amaliyotga tatbiq etilayotgan çora-tadbirlar Dasturi biz keksa avlod vakillarini yanada ruhlantirdi. Unga köra, keksalarni qöllab-quvvatlaş va soğlomlaştiriş, keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan tadbirlarni amalga oşiriş közda tutilgan. Ayniqsa, fuqarolar yiğinlarida keksa avlod vakillariga kömak beruvçi “Nuroniylar eʼzozimizda” köngilli patronaj yoşlar guruhi taşkil etilişi, har bir keksa va faxriy holidan xabar olinişi, yoşlar bilan nuroniylarning suhbatlarini ötkaziş, ular uçun “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” kontsert dasturlarini taşkil qilib, har yili noyabr oyida “Keksalar haftaligini ötkaziş” böyiça çora-tadbirlar işlab çiqilişi mamlakatimizda keksa avlod vakillariga körsatilayotgan beqiyos ğamxörlikning ifodasidir.
Şuni mamnuniyat bilan qayd etişni istardimki, biz keksa avlod vakillariga nisbatan bu kabi mehr va ğamxörlik avvallari, töğrisi, bunçalik bölgan emas. Pensiyalarimizni vaqtida ololmasdan, qançalar sargardon bölardik. Ijtimoiy faolligimiz borasida umuman heç qanday amaliy tadbir bölmasdi. Sönggi yillarda keksalarning ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan köplab çora-tadbirlar amalga oşirildi. Yuqoridagi Qaror bilan esa bu kabi çora-tadbirlar miqyosi yanada kengaytirilişi belgilab qöyildi. Har bir mahalla guzarida keksalarning dam olişi, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişlari, mumtoz musiqa asarlarini tinglab, orom olişlari uçun şaroitlar yaratiş, ularning qiziqişlari böyiça muloqot klublari taşkil etiş, “Har kuni 5 ming qadam” şiori ostida piyoda yuriş maşğulotlarini ötkaziş biz keksalar soğligi, jöşqin hayot tarzi uçun öta muhim ahamiyat kasb etadi. Qaror bilan endilikda keksalar uçun mamlakat böylab imtiyozli va maroqli sayohatlar taşkil etiş közda tutilgani qalbimizga quvonç bağişladi.
Dunyoning qaysidir puçmoqlarida uysiz, vatansiz, mehrga zor yaşayotgan keksalar borligini televizor orqali deyarli har kuni körib, bilib turibmiz. Qaydadir notinç, uruşlar girdobida azob çekayotgan keksalar bor. Nonga, hatto bir qultum suvga zor, yelkasini yopmoq uçun kiyimga zor keksalar.., birgina tunni tinç ötkazişni Allohdan iltijo qilib sörayotgan keksalar... juda köp dunyoda. Lekin bizning oromga çulğangan diyorimizda biz keksalar uçun körsatilayotgan eʼzoz, eʼtibor, rağbat va ğamxörlikning çeki-çegarasi yöq. “Keksalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat Qarori ana şu eʼtibor va ğamxörlikni yana bir poğonaga kötardi. Albatta, biz buning qadriga yetişimiz, ösib kelayotgan yoş avlod oldidagi burç va masʼuliyatimizni teran his qilgan holda yaşaşimiz, öz hayot tajribalarimiz, maslahatlarimiz bilan yoş avlod qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlarimizga muhabbat tuyğularini yanada mustahkamlaşga hissa qöşişimiz zarur. Çunki ötayotgan har bir kunimizda ezgu işlarimiz aks etib tursa, bu biz keksalarning ona Vatan ravnaqiga maʼnaviy hissamiz böladi.
Gulbahor ÖROZOQOVA,
Çordara mahallasi mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶