SIFATLI, UZLUKSIZ TABIIY VA SUYuLTIPILGAN GAZ YeTKAZIB BEPILMOQDA
Tumanimiz böyiça 38 ming 53 xonadon gazlaştirilgan bölib, şundan 12 ming 413 ta xonadonga uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berilmoqda, 25 ming 640 ta xonadon esa suyultirilgan gaz bilan taʼminlanayapti. Şuningdek, 221 ulgurji isteʼmolçilar mavjud.
Tabiiy gaz isteʼmolçilarini uzluksiz gaz bilan taʼminlaş maqsadida filialning Avariya tiklaş xizmati xodimlari tun-u kun fidoyilik bilan xizmat qilmoqdalar.
Ayni kunlarda Manğit şahrining Gurlan köçasidagi 1,2 kilometr uzunlikdagi örta bosimli, Farovon, Olmazor mahallalari hududidagi 1,6 kilometr uzunlikdagi yuqori bosimli gaz quvurlarini taʼmirlaş, böyaş işlari olib borilayapti.
Şuningdek, tumanimizda 25 ming 640 aholi xonadoni suyultirilgan gaz bilan taʼminlanayotir. Şundan 11 ming 993 xonadon gazlaştirilmagan, 13 ming 647 xonadon esa tabiiy gaz yetib bormasligi tufayli suyultirilgan gazga moslaştirilgan. Ijtimoiy soha obʼektlaridan 39 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlarida ham suyultirilgan gazdan foydalanilmoqda.
Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlaş va xizmat sifatini oşiriş maqsadida filialimizga qaraşli Xolimbeg servis markazi, Kuyuk köpir, Qipçoq, Oq oltin, Qangli, Bözyop, Dörman ovullaridagi şoxobçalari va filial markaziy omborxonasi orqali suyultirilgan gaz yetkazib berilayotir. Mazkur şoxobçalarga uzoq bölgan hududlarga esa suyultirilgan gaz ballonlarini 5 ta maşina orqali yetkazib beriş yölga qöyildi.
Bu yönalişlardagi işlar uzluksiz davom ettirilmoqda.
J.YePMETOV, “Hududgaz Qoraqalpoğiston” MÇJning
“Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti filiali boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶