AMUDARYoLIK ŞIJOATLI YoŞLAR
Mamlakatimizda yoşlarga körsatilayotgan eʼtibor va rağbat ularni yangi-yangi ğoyalar bilan yaşaşga ruhlantirmoqda. Ayni paytda davlat va jamiyat boşqaruvida, şuningdek, biznesni taraqqiy ettirişda, umuman olganda, barça soha rivojida salohiyatli yoşlar muhim örin tutadi. Yangidan-yangi taşabbus va ğoyalarni hayotga tatbiq etişda, zamonaviy iş uslublarini joriy qilişda jamiyat uçun “yangi qon” vazifasini ötovçi ana şu qatlamning nuqtai nazari va olib borayotgan saʼy-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Şu bois, mamlakatimizda zamonaviy bilim va könikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uçun javobgarlikni öz zimmasiga ola biladigan, intiluvçan yoşlarni tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2018-yil 27-iyun sanasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining tasdiqlanişi yurtimiz yoşlari hayotida yangi sahifa oçdi. Uşbu hujjat bilan yoşlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qiliş, ularning istiqbolli ğoyalari va loyihalarini röyobga çiqarişlarida kömaklaşiş, şu asosda yoşlar tadbirkorligini rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etiş, pirovardida yoşlar bandligini taʼminlaş ustuvor vazifa qilib belgilandi. Albatta, Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlaş borasidagi amaliy işlarning katta-katta maqsadi bor, lekin ularni amalga oşirişda ikkilanib, qiyinçiliklarga duç kelayotgan minglab, millionlab yoşlarni ruhlantirdi, taşabbuskor yoşlar dadillik bilan maydonga çiqdilar.
Amudaryolik yoşlar ham ötgan qisqa vaqt içida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oşirilayotgan işlarning ham taşabbuskorlari, ham faol iştirokçilariga aylanişdi. Xususan, dastur ijrosini taʼminlaş böyiça tumanda 2018-yil uçun 12 ta loyihaga 2 mlrd. 555 mln. söm kredit mablağlari ajratilib, 65 ta yangi iş örinlari yaratildi, yaʼni işlab çiqariş sohasida 5 ta, maişiy xizmat körsatiş sohasida 7 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Natijada har ikki soha böyiça 65 nafar uyuşmagan yoşlar doimiy iş bilan taʼminlandilar. Şuningdek, “bir fermerga bitta yoş” loyihasi doirasida 62 nafar uyuşmagan yoşlarning mavsumiy bandligi taʼminlandi. Ularga buğdoy hosilidan böşagan yerlar hisobidan takroriy ekin ekiş uçun 1 gektardan yer maydoni ajratib berildi.
Bu kabi işlar 2019-yil izçil davom ettirildi. 2019-yil davomida “Yoshlar –kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida manzilli reja asosida yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş komissiyasi tomonidan qiymati 19 mlrd. 383 mln. sömlik 85 ta loyiha maʼqullanib, 505 ta yangi iş örinlari yaratilişi rejalaştirildi va 25 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilib, 165 ta yangi iş örinlari yaratildi.
Dastur doirasida amalga oşirilgan loyihalar tufayli yuzlab amudaryolik yoşlarning bandligi taʼminlandi, tadbirkor, intiluvçan yoşlar qöllab-quvvatlanib, öz bizneslarini muvaffaqiyatli yuritişlari uçun imkoniyatlar yaratib berildi. 2020-yilda esa Davlat dasturi doirasida 15 ta loyihaga 3 mlrd. 800 mln. söm kredit mablağlari ajratilişi evaziga 57 ta yangi iş örinlari yaratiş rejalaştirilgan.
Tumanda tadbirkorlik sohasida yuqori natijalarga erişayotgan yoşlar köp. “Produktion material” MÇJ korxonasi rahbari va taʼsisçisi Javlonbek Yöldoşev ana şunday yoşlardan biri. Öz bilim va iqtidorini tadbirkorlik sohasida sinab körişga qaror qilganida oliy taʼlim dargohi talabasi edi. Javlonbek Yöldoşev öz tadbirkorligini quriliş materiallari işlab çiqariş yönalişini taşkil etişdan boşladi. Mamlakatimizda yoşlarga körsatilayotgan eʼtibor va keng imkoniyatlardan foydalaniş maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 2019-yilning dekabr oyida ğişt, temir-beton va beton mahsulotlari işlab çiqariş uçun 1 mlrd. 500 mln. söm imtiyozli bank krediti olib, öz faoliyatini kengaytirişga qaror qildi. Olingan mablağ hisobiga temir-beton va beton mahsulotlarini işlab çiqariş uskunalarini sotib oldi. Ayni paytda korxona tsexlariga keltirilgan yangi texnologiya va uskunalarni örnatiş işlari olib borilmoqda. Ğişt işlab çiqariş zavodi esa töla quvvat bilan işlab, mazkur zavodda 49 nafar qiliçboylik yoşlar faoliyat yuritişmoqda. Ğişt zavodida kuniga 18-20 ming dona pişiq ğişt işlab çiqarilib, tumandagi quriliş taşkilotlariga va yakka tartibda imorat qurayotgan aholiga yetkazib berilmoqda.
Korxonaning yangi tsexi – temir beton va beton mahsulotlari işlab çiqariş yönalişidagi loyihani amalga oşiriş jarayonida yana qöşimça önlab qiliçboylik yoşlarning doimiy iş bilan taʼminlanişi közda tutilgan.
Javlonbek Yöldoşev öz taşabbusi va ğoyalarini amalga oşiriş jarayonida nafaqat iqtidorli tadbirkor ekanligini, balki yuksak insoniy fazilatlarini ham namoyon etmoqda. U butun dunyoda global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida 20 ta kam taʼminlangan oilani öz otaliğiga olgan. Mazkur oilalarda tez-tez bölib, muammolarini örganiş va hal etişga kömaklaşiş bilan birga, ularni kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab kelmoqda.
Prezidentimiz tadbirkor, intiluvçan yoşlarni bekorga Özbekistonning taraqqiyoti, kelajagi yölidagi işlarni amalga oşirişda jamiyat uçun “toza qon” deb atamagan. Çunki soğlom fikrli, yuksak xalqparvar ğoyalari va taşabbuslari bilan mamlakat kelajagini yaratiş yölida dadil oldinga intilayotgan Javlonbek Yöldoşev singari yoşlar haqiqatdan ham yangi Özbekistonning teran tomiriga aylanişiga şak-şubha yöq.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶