OTAM HAQIDAGI SÖZLAPIM
Oilada otadek aziz nom har bir inson uçun qadrli. Men har gal otam haqida öylaganimda yuragimda çuqur iz qoldirgan mehr çaşmasining taftini his etaman...
Otam, Şerimbetov Yerimbet, 1928-yilda Xorazm viloyatining Manğit tumanidagi Kalinin qişloq sovetida (hozirgi Qoraqalpoğiston Pespublikasining Amudaryo tumani Kuyuk köpir OFY) dehqon oilasida tuğilgan. 1943-yilda yetti yillik maktabni tugatib, kolxozda işlagan. 1946-yildan esa öşa davrdagi Özbekiston nomli örta maktabida boşlanğiç sinf öqituvçiligidan pedagogik faoliyatini boşlaganlar. Öşa davrlarda öqituvçi yetişmasligi sababli aʼloçi öquvçilarni maktabda öqituvçi qilib işga olib qolişgan. 1947-yil yozida Xiva şahridagi Pedagogika bilim yurtining sirtqi bölimiga öqişga kiradi. 1950-1953-yillarda sobiq Sovet Armiyasi safida xizmat qiladi. Xizmatdan söng, pedagogika bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlaydi. Pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda, 1957-yil yozida Nizomiy nomidagi Toşkent Davlat Pedagogika Institutining özbek tili va adabiyoti fakultetining sirtqi bölimiga öqişga kirib, 1962-yilda uni muvaffaqiyatli tugatadi. Nafaqaga çiqqunga qadar u şu maktabda özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi bölib işladi. Pedagogik faoliyati davomida qançadan-qança şogirdlar yetiştirdi. Ularning sanoğiga yetiş qiyin. Şogirdlarining köpçiligi ayni paytda nafaqada va nafaqa yoşida.
U menga ham mehribon ota, ham jonkuyar va talabçan ustozdir. Har bir işda, uyda öz ögitlari va maslahatlarini berib borar edilar. Işga halol yondaşişni, bolalarga öz mehrimni, bilimimni berişim zarurligini uqtirardilar. Otam şogirdlari davrasida özini juda baxtiyor his etardilar. El içida ustoz deya eʼzozlanib, katta obrö-eʼtibor qozondilar.
Men doim otamga öxşaşga harakat qilardim. Uning har bir harakati, özini tutişlari, kiyinişlari, odamlar bilan muomalasi ibratli edi.
Oilamizda töqqiz nafar farzand edik. Hammamizni mehr bilan voyaga yetkazib, taʼlim-tarbiya olişimizga şaroit yaratib berdilar. Hammamizning öqimişli, ilmli insonlar bölişimizda, hayotda öz örnimizni topişimizda ularning roli katta. Farzandlarining biri şifokor, biri gidrotexnik, yana biri elektrik, kutubxona xodimi, tarbiyaçi va öqituvçi bölib yetişişdi.
Otam yoşiga nisbatan yoş körinardi, çaqqon edilar. Uning kasal bölib yotganlarini heç eslayolmayman. Afsuski, farzandlarining bevaqt ölimi, onamning ham qazo qilişlari otamning qaddini bukib qöydi. 2006-yilda bizni taşlab, boqiy dunyoga ketdilar…
Otam hamişa qalbimda, eslasam köz oldimda samimiy çehrasi namoyon böladi, uning sözlari, maslahatlari quloğim ostida jaranglab turganday bölaveradi.
Gulnora ŞEPIMBETOVA,
44-sonli örta maktabning rus tili fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶