PROBATsIYa HISOBIDAGI MAHKUMNING JAZOSI SUD HUKMIGA KÖRA YaNADA OĞIRLAŞTIRILDI
Sayyor sudlarda Probatsiya nazorati ostida turgan mahkumlarga doir işlar körilib, munosib deb topilganlari şartli ravişda ozod etilmoqda. Sud-huquq tizimidagi islohotlarning samarasi bölgan uşbu şartli ozodlik tufayli bugun köplab mahkumlar keçirilmoqda.
16-iyun kuni Jinoyat işlari böyiça tuman sudida oçiq sayyor sud majlisi ötkazildi. Unda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi S.Davletmurodov, tuman prokurori yordamçisi S.Yormuhammedov hamda tuman içki işlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori mayor I.Jabbarberganovlar qatnaşişdi.
Sud majlisida tumani içki işlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan taqdimnomalar asosida 3 nafar mahkumga doir iş körib çiqildi. Ulardan biri Özbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan 3-yil muddatga ozodlikni çeklaş, ikkinçisi Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b”, “g” bandlari bilan 2-yil muddatga 10 foiz axloq tuzatiş işlari jazosiga sudlangan bölib, öz jazo muddatini ötaş davrida örnatilgan tartib-qoidalarga amal qilib kelişdi. Şu sababli Probatsiya guruhi tomonidan munosib xulq-atvorda va mehnatga halol munosabatda bölgan uşbu mahkumlar işi böyiça sudga taqdimnomalar berildi. Sud majlisida taqdimnomaga asosan 2 nafar mahkum ötalmagan jazo muddatidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi.

Ammo ular orasida jazo ötaşdan böyin tovlaydiganlar ham uçraydi. ÖzR JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 74-moddasiga asosan 2-yil 2 oy muddatga 20 foiz axloq tuzatiş işlari jazosiga hukm qilingan probatsiya nazoratida turgan yana bir fuqaro axloq tuzatiş işlari jazosini ötaşdan böyin tovlab keldi. Şu sababli sud majlisida uşbu fuqaroning ötalmagan 1-yil 9 oy 22 kun jazo muddati JKning 46-moddasi 4-qismiga asosan ozodlikni çeklaş jazosiga almaştirildi.
I.Jabborberganov,
tuman IIO Probatsiya guruhi
katta inspektori, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶