25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 19:18
Jamiyat 👁 419

KASABA UYuShMASIDA HISOBOT-SAYLOV KONFERENTsIYaSI BOʻLIB OʻTDI

KASABA UYuShMASIDA HISOBOT-SAYLOV KONFERENTsIYaSI BOʻLIB OʻTDI

3-iyul kuni tuman hokimligining majlislar zalida Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman Kengashining hisobot - saylov konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.

Konferentsiyada Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha masʼul tashkilotchisi Raxmon Madreimov, kasaba uyushmasining Nukus shahar Kengashi raisi Muslima Atamuratova hamda tumandagi boshlangʻich tashkilotlardan saylangan delegatlar, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Konferentsiya ishini tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Gʻulomjon Duysenboyev ochdi hamda olib bordi.

Konferentsiya kun tartibida qator masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, muhokama qilindi. Xususan, kun tartibidagi Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman Kengashining 2015-yil maydan 2020-yil iyulgacha boʻlgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tashkilotning tuman Kengashi raisi Azat Almuratovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, shu davr oraligʻida tumanda bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatga haq toʻlash, adolatli mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy kafolatlarga rioya qilish masalalarida xodimlarning yakka va jamoaviy ijtimoiy-mehnat huquqlarini ifoda etish va himoya qilish borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Kasaba uyushmasi tumanda aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotni yanada yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida amalga oshirilgan keng koʻlamli oʻzgarishlarning amalga oshishiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Maʼlumki, joriy yilning mart oyidan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi qonun bilan kasaba uyushmalariga xodimlarning mehnat huquqini himoya qilish va ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan mehnat inspektsiyalarini tuzish huquqi berildi. Shu bilan birga kasaba uyushmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqilligi, ular oldida hisobdor emasligi mustahkamlab qoʻyildi.

Konferentsiya kun tartibidagi Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman Kengashi tarkibini hamda Kengash raisini saylash toʻgʻrisidagi, taftish komissiyasi tarkibini hamda komissiya raisini saylash toʻgʻrisidagi, qolaversa, Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi raislar Kengashi konferentsiyasiga delegat saylash toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Konferentsiya qaroriga muvofiq Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman Kengashi raisi lavozimiga mazkur lavozimda shu paytgacha ishlab kelayotgan Almuratov Azat Nazarimbetovich saylandi.

Chindan ham, bugungi kunda mamlakatimizda kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tizimda imtiyozli yoʻllanmalar olish davriyligi 5-yilda bir martadan 2-yilda bir martaga qisqartirilganligi, xodimlar tomonidan yoʻllanma uchun toʻlanadigan qisman qiymat miqdori 50 foizdan 45 foizga tushirilganligi, sanatoriylarga yaqin qarindoshlari uchun ham yoʻllanmalar olish kabi imtiyoz joriy etilganligi ham fikrimizning dalilidir.

Kun tartibida muhokama etilgan masalalar xususida konferentsiya ishtirokchilari oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda mutasaddilarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026