25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 17:55
Jamiyat 👁 579

Muhokamadagi qonun loyihasi: tarafdorlar va qarshilar...

Muhokamadagi qonun loyihasi: tarafdorlar va qarshilar...

Ijtimoiy tarmoqlarda “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Pespublikasining qonuni qonun tarafdorlari hamda  loyihaga qarshi munosabatda boʻlgan aholi qatlami oʻrtasidagi qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Sababi mazkur qonun kelajakda aholining asosiy qatlami boʻlgan Davlat xizmatchilarining maqomini, fuqaro davlat lavozimiga tayinlangan paytdan boshlab vujudga keladigan huquq, majburiyat va javobgarliklarni, shuningdek ularning davlat fuqarolik xizmatini oʻtashi bilan bogʻliq cheklovlar tizimini belgilab beradi.

Xoʻsh, mazkur qonun maqsadi nima?

Mazkur loyiha davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi va davlat fuqarolik xizmatini tashkiliy-huquqiy mexanizmini yagonaligini taʼminlashga qaratilgan munosabatlarni tartibga solish orqali huquqiy asoslarini yaratish, ularning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini obʼektiv hamda adolatli tanlov asosida xizmat pogʻonalari boʻyicha oʻsish kafolatlarini oʻrnatish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, oʻtash va tugatish jarayonlarini tartibga solish, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbga layoqatliligini va professionalligining oʻsishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Bir qarashdan hamma uchun teng imkoniyatlar yaratayotgan va barchamizning huquq va manfaatlarimizni himoya qilishga qaratilgan ushbu qonun loyihasi qaysi jihatlari bilan koʻpchilikning muhokamasiga sabab boʻlib qolmoqda?

Bunga bir necha sabab va qarashlar mavjud.

Masalan, koʻpchilikka qonun loyihasining 18-moddasi (Davlat fuqarolik xizmatchilari va ular oila aʼzolarining daromadlari, mol-mulki va koʻp miqdordagi xarajatlarini deklaratsiya qilish) amalda qanday ishlashi qiziq tuyulmoqda. Oldinlari faqat rivojlangan davlatlar qonunchiligida koʻp uchraydigan mazkur amaliyotning kundalik hayotimizga kirib kelishi ham qishloq xoʻjaligidan, ham davlat xizmatidan foyda topayotgan aholi qatlami bunday yangilikni qandaydir xadik bilan qabul qilmoqda. Shu oʻrinda xizmat faoliyati korruptsion omillar bilan bogʻliq xizmat turi namoyondalari ham bu yangilikni qabul qilishga tayyor emas.

Qonun loyihasining ikkinchi jihati agar u qabul qilinadigan boʻlsa, ishchi xodimlarning oylik ish haqida ham keskin oʻzgarishlar boʻladi. Sir emas, bugungi kunda aksariyat idora va tashkilotlarda yaxshi oylik maoshga loyiq boʻlgan xodim ham, bunga loyiq boʻlmagan xodim ham deyarli bir xil maosh olib kelmoqda. Qonun qabul qilinsa, bu adolatsizlikka chek qoʻyiladi.

Masalan, qonun loyihasining 50–moddasiga koʻra,Davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash quyidagi toʻlovlarni nazarda tutadigan davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashning unifikatsiya qilingan tizimi asosida amalga oshiriladi:

 - bazaviy lavozim maoshi;

- malaka darajasi uchun toʻlovlar;

- davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati samaradorligi asosiy koʻrsatkichlariga erishilishi va ish beruvchi tomonidan belgilanadigan ularning faoliyatini baholashning boshqa mezonlaridan kelib chiqib hisoblanadigan shaxsiy ustama haqlari.
Bunda shuni ham aytib oʻtish kerakki, qonun loyihasi yangi tartibdagi davlat lavozimlarning guruh va kategoriyalarini hamda davlat fuqarolik xizmatchilarining malaka va martaba darajalarini nazarda tutgan.
Qonun loyihasining yana bir eʼtiborga molik jihati shundaki endilikda Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat ularning qadr-qimmati va xizmati asosida koʻrsatgan xizmatlari asosida xizmat pogʻonasi boʻyicha oʻsishni kafolatlaydi va Davlat lavozomini egallash faqat tanlov asosida amalga oshiriladi.

Fikrim oxirida qonun loyihasi 11-bob, 75-moddadan iboratligini taʼkidlagan holda, uning qanchalik koʻp qirrali va hajm jihatdan kengligini, koʻp munosabatlarni tartibga solganligini va bularning har biriga bitta maqolada toʻxtalib oʻtish imkoni yoʻqligini aytmoqchiman. Biroq, xulosa oʻrnida mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi quyidagi afzalliklarni berishi mumkinligini sanab oʻtish oʻrinli:

davlat fuqarolik xizmatida malakali kadrlarni shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va ularning mansab pogʻonalarida barqaror koʻtarilishi;

davlat organi va tashkilotlarini sifatli hamda samarali ishlashini taʼminlash hamda tashkil etish;

davlat fuqarolik xizmatini huquqiy tartib solish sohasini huquqiy bazasini tartibga solish;

davlat fuqarolik xizmatida korruptsiyani va boshqa suiisteʼmollik larnioldini olish;

samarali tanlov tizimini joriy etish va davlat fuqarolik xizmatchilarini kasbga oid sifatlari hamda alohida xizmatlari asosida koʻtarish, shuningdek ularni malakasini muntazam ravishda oshirish va qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;

barcha darajadagi davlat fuqarolik xizmatchilarini faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan huquq, majburiyat va cheklovlarning yagona tizimini  ishlab chiqish;

davlat fuqarolik xizmatchilariga mehnatga haq toʻlash va ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga oid yagona tizimini yaratishga olib kelishi.

M.MATYuSUPOV, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026