KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINIŞ HOLATI NAZORAT QILINMOQDA
Bugungi kunda butun dunyo aholisi koronavirus pandemiyasi bilan kuraşmoqda. Hammaning eʼtibori kasallikdan saqlaniş va uyda qolib, uni jilovlaşga hissa qöşişga qaratilgan. Xöş, şu maqsadda joriy etilgan karantin qoidalariga yurtdoşlarimiz qay tarzda amal qilmoqda?
Afsuski dunyo mamlakatlari qatori Özbekistonda ham keyingi kunlarda koronavirus infektsiyasiga çalinganlar tobora köpayib bormoqda va qurbonlar soni ham oşmoqda. Mavjud holatni eʼtiborga olib, Respublika maxsus komissiyasi 13-iyuldan 1-avgustgaça butun malakatimizda karantin çoralarini kuçaytirdi, köpgina faoliyat turlari, umumiy ovqatlaniş şohobçalari, xizmat körsatuvçi taşkilotlar, buyum bozorlari, jamoat transporti faoliyati töxtatildi. Şuningdek, fuqarolarning şaxsiy transport vositalaridan foydalanişlariga ham çeklov örnatildi yaʼni ertalab 7 dan 10 gaça, keçqurun 17 dan 20 gaça işga boriş-keliş zarurati hisobga olingan holda ruxsat etildi.
Fuqarolarga esa jamoat joylariga iloji boriça bormaslik, zaruriyat yuzasidan köçaga çiqqanda tibbiy niqob taqib, qölqop kiyiş, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qiliş tavsiya etilib, bu tartibga böysunmaganlar örnatilgan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilişi belgilandi.
Afsuski, tumanimiz hududini kezsangiz – bu qoidalarga baʼzi yurtdoşlarimiz töla amal qilmayotganligiga guvoh bölasiz. Şuni unutmaslik kerakki, koronavirus infektsiyasidan heç kim butunlay himoyalangan emas, heç kim bu kasallik menga daxl qilmaydi, undan saqlaniş borasidagi talablarning menga aloqasi yöq, deya olmaydi. Közga körinmas duşman tobora köproq hududlarni qamrab olayotgani hammamizga ayon.
Bu borada tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari tinimsiz tarğibot olib borişayapti, Milliy gvardiya, Içki işlar bölimi xodimlari nazorat tadbirlarini ötkazişayapti. Biroq karantin talablarini mensimayotganlar hamon uçrab turibdi.
Şu yilning 14-iyul kuni kunduzi va keçki vaqtlarda tuman Içki işlar bölimi Yöl patrul xizmati va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda tumanimiz hududidagi markaziy köçalarda karantin çeklovlariga amal qilinişi yuzasidan nazorat reydini olib bordilar.
Maʼlumki, 2020-yildan 1-avgustgaça örnatilgan karantin çeklovlariga köra, maxsus ruxsatnomalar yaʼni stikerlar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalari hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Avtotrasnsport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlardan taşqari, barça avtotransportlar sutkaning maʼlum vaqtidagina harakatlanişi lozim. Biroq nazorat tadbiri davomida barça ham bu talabga böysunmayotgani ayon böldi.
Xususan, reyd davomida yöllarda harakatlanayotgan avtotransport vositalari töxtatilib, hujjatlari tekşirilganida avtomaşinani hujjatsiz boşqariş, karantin qoidalari buzib, ruxsat etilmagan vaqtda avtotransport vositalarini boşqariş holatlari köplab qayd etildi.
Mazkur fuqarolarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirildi va profilaktik tuşuntiriş işlari olib borildi. Şuningdek, sutkaning belgilanmagan vaqtida şaxsiy avtomobilini boşqarib borayotgan bir neça şaxslar ogohlantirildi va bu boradagi qoidalar tuşuntirildi. Şuni esdan çiqarmaslik lozimki, har qanday nazorat tadbiri barça yöllarni qamrab ololmaydi. Biroq fuqarolarimiz bir narsani esdan tutişi lozimki, karantin qoidalariga amal qiliş – har kimning özi uçun, öz oila aʼzolari, yaqinlari koronavirusga çalinişining oldini olişi uçun zarur.
Şuning uçun barçamiz bu qoidalarga birdek böysunib, ayovsiz duşman – koronavirusni birgalikda yengişga intilmoğimiz lozim.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶