Amudaryo tuman adliya bölimining 2020-yil olti oylik iş faoliyati yuzasidan AXBOROTI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5415-sonli Farmoni bilan Respublikamizning har bir tumanida adliya bölimlari taşkil qilingan bölib, tuman (şahar) adliya bölimlarining asosiy vazifalari etib:
- hokimlarga hamda davlat organlari va taşkilotlarining tumanlar (şaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarni qöllaş masalalari böyiça maslahatlar beriş;
- davlat organlari va taşkilotlari tuman (şahar) tuzilmalarining qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taşkil etiş böyiça faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiliş va muvofiqlaştiriş;
- qabul qilinayotgan qonunlar va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijroçilarga yetkaziş, «respublika — viloyat — tuman — mahalla» printsipi böyiça huquqiy tarğibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham beriş borasida, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi va sud organlari bilan birgalikda çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
- tumanlar (şaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengaşlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan ötkaziş;
- huquqni qöllaş amaliyotini örganiş va tahlil qiliş, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlaş böyiça takliflarni işlab çiqiş;
- inson huquqlarini himoya qiliş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş, öz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş;
- davlat organlari va taşkilotlarining tuman (şahar) tuzilmalarida huquqiy işlarning holatini monitoring qiliş, şuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, nazorat qiliş va metodik taʼminlaş belgilangan.
Amudaryo tumani adliya bölimiga 2020-yil 2-çoragi davomida jami 119 ta ariza va şikoyat kelib tuşgan. Uşbu murojaatlarning 99 tasini ariza, 20 tasi şikoyat taşkil qildi. Kelib tuşgan murojaatlarning 103 tasi hal qilindi. Şundan qanoatlantirilgan ariza va şikoyatlar 62 tani, huquqiy tuşuntiriş berilgan 41 tani taşkil qildi. 2020-yil 2-çoragida bevosita şaxsiy qabulga jami 102 nafar, sayyor qabullarda 17 nafar fuqaro qabul qilingan.
Bölim tomonidan 2020-yil 2-çorak davomida sudlarga 20 nafar fuqaroning manfaatida arizalar kiritilib, şundan 18 tasi qanoatlantirildi, 2 ta fuqarolik işi körib çiqiliş jarayonida.
Kiritilgan daʼvo arizalarning 17 tasi fuqarolik sudlarga, 3 tasi maʼmuriy sudlarga kiritilgan. Kiritilgan daʼvo arizalari natijasida fuqarolarga jami 54.104.287 söm iş haqlari undirib berildi. Maʼmuriy sudlar tomonidan 3 ta mansabdor şaxslarning qarorlari va xatti-harakatlari ğayriqonuniy deb topildi.
Bölim tomonidan qonun ijodkorligi sohasida 2020-yil 6 oyi davomida qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan 18 ta taklif berildi, 1 ta Xalq deputatlari tuman Kengaşi va 2 ta tuman hokimi qarori huquqiy ekspertizadan ötkazildi.
Bölim tomonidan 2-çorak davomida jami 56 ta idora va taşkilotlarda monitoring va örganişlar ötkazildi. Şundan 1 ta örganiş ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qöllaş amaliyoti sohasida bölsa, inson huquqlarini himoya qiliş sohasida 51 ta monitoring va yuridik xizmat faoliyatini taşkil etiş sohasida 2 ta monitoring ötkazildi. Ötkazilgan örganiş va monitoringlar davomida idora va taşkilotlar tomonidan yöl qöyilgan jami 858 ta qonun buziliş holatlari aniqlandi.
Mazkur örganiş va monitoringlar davomida hamda fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar asosida aniqlangan qonunbuziliş holatlari böyiça idora va taşkilotlarga jami 70 ta taqdimnomalar va 70 ta ogohnomalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 4 nafar şaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, byudjetga va fuqarolarga 143.471.985 söm pul mablağlari qayta tölandi.
Şuningdek, örganişlar va fuqarolardan tuşgan murojaatlar asosida ötgan olti oy davomida adliya bölimi tomonidan 2 nafar mansabdor şaxsga nisbatan töğridan-töri maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi, idora va taşkilotlarning 3 nafar xodimiga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka tortiş yuzasidan takliflar berildi.
Fuqarolarning huquqiy onggi va madaniyatini yanada oşiriş yuzasidan bölim tomonidan ötgan 6 oy davomida ommaviy axborot vositalarida 116 ta çiqişlar qilindi. Oğzaki huquqiy tarğibot 201 tani, körgazmali tarğibot
22 tani taşkil qildi. Bu davr davomida jami 340 ta tarğibot tadbirlari ötkazilib, bu tadbirlarga mingdan ortiq fuqaro qamrab olindi.
Bölim tomonidan 6 oy davomida jami 43 ta davlat organlari va taşkilotlariga 574 ta qonun va qonun osti aktlari yetkazildi. Şundan
19 tasi Qonun, 10 tasi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, 134 tasi Prezident Farmon va qarorlari,
290 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 121 tasi vazirlik va idoralarning buyruq va yöriqnomalaridir.
Özbekiston Respublikasi öz oldiga demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurişni boş maqsad qilgan ekan, biz adliya bölimlari uçun yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli taşkil etiş, izçil va bir xil huquqni qöllaş amaliyotini şakllantiriş, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinişini taʼminlaş hamda aholining huquqiy madaniyatini yanada oşiriş asosiy vazifamiz bölib qoladi.
M.Matyusupov, Amudaryo tuman Adliya bölimi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶