Koronavirus pandemiyasi bilan boğliq epidemiologik vaziyat yuzasidan Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşevning tuman aholisiga MUPOJAATI
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoşlar!
Sir emaski, keyingi kunlarda koronavirus infektsiyasi aholi orasida keng tarqalib, kasallanişlar soni sezilarli darajada köpaymoqda. Afsuski, köpçilik hollarda kasallik simptomsiz, heç qanday dastlabki taşqi belgilarsiz namoyon bölmoqda. Natijada kasallikka çalingan şaxslar bozor va köçalarda, jamoat joylarida yurib, özlari bilmagan holda uni köpçilikka yuqtirmoqda. Statistikaga köra, koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan bir bemor 5 keça-kunduzda örtaça 2-3 kişiga virus yuqtiradi. Bir oy içida bir bemordan virus yuqtirganlar soni 400 nafarga yetişi mumkin. Şularni hisobga olgan holda koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraşiş çora-tadbirlarini muvofiqlaştiriş böyiça Amudaryo tuman ştabi bir qator çeklov çoralarini kiritişga qaror qildi.
Jumladan, joriy yil 18-19-iyul hamda 25-26-iyul şanba va yakşanba kunlari respublika miqyosida amal qiladigan qatʼiy karantin çoralari Amudaryo tumanida 20-24-iyul kunlari ham töliq amalda böladi.
Yaʼni, 20-iyuldan boşlab 26-iyulgaça hafta davomida Amudaryo tumani hududida aholining va avtotransport vositalarining harakati töliq töxtatiladi. Bu vaqt mobaynida aholiga “özini özi yakkalaş” hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda öz uylarida qoliş tavsiya qilinadi. Taşkilotlarga esa xodimlarni imkoni boriça işga jalb etmaslik, yoki masofadan işlaşi uçun şaroit yaratiş topşiriladi.
Aziz yurtdoşlar!
Hozirgi şaroitda kasallikni jilovlaşning birdan bir yöli – karantindir. Bunday qatʼiy çoralar qöllamasak, tibbiyot tizimi kötara olmaydigan darajada yuklama yuzaga kelişi mumkin. Natijada köpçiligimiz yaqinlarimizdan, ota-onamiz, bobo va buvilarimizdan bevaqt ayrilib qolişimiz mumkin. Kasallikning tarqaliş zanjirini uziş maqsadida körilayotgan kuçaytirilgan karantin qoidalarini töğri qabul qilib, unga amal qiliş har birimiz uçun faqat va faqat foydali bölişini unutmaylik!
Şu örinda şifoxonalarda yotgan, kasallikning yengil şakliga çalinib, uyida davolanayotgan yurtdoşlarimizning tezroq tuzalib ketişiga tilakdoşmiz.
Yana bir marta Sizdan şuni iltimos qilmoqçimanki, zaruratsiz köçaga çiqmang! Niqob taqişni, qölingizni tez-tez sovunlab yuvişni va karantin qoidalariga amal qilişni unutmang!
Ogohlik va xuşyorlikni unutmang, lekin ortiqça vahimaga ham berilmang! Birgalaşib harakat qilsak, bu kasallikni albatta yengamiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶