SABOQ
(Bölgan voqea)
U şifokor edi. Ertalab yumuşga ketib, keç qaytardi. Qaynonasi hokisorgina, beozorgina ayol, heç kimga oğir sözi yöq Yangil enani hamma yaxşi körardi. Yangil enaning uç qizi ham, yolğiz öğli, Salomatxonning eri, Alloh rahmat qilsin, Saidjon ham öqituvçi edilar. Salomatxon qaynotasini körmagan, u kişi bolalari yoşligida dunyodan ötgan, qaynonasi Yangil ena örta maktabda öqituvçilik, uyda tikuvçilik qilib farzandlarining barçasini oliy maʼlumotli qilgan. Salomatxonning ikkinçi öğli tuğilganda eri avtohalokat tufayli vafot etdi. Yolğiz öğlidan ayrilgan Yangil ena nevaralariga suyanib qoldi. Lekin tez-tez bolalarini olib kelib turadigan qizlari ham negadir kamnamo bölib qolişdi.
– Bunaqa emasdilar, soğinib ketdik, deb tez-tez kelişardi, yoşlari ulğayişgan sari mehrsiz bölib qolişyapti bular, – hayron bölayotganini yaşirmay dedi bir kuni qaynonasi.
Salomatxonning feʼlida torlik bormidi yoki tört öğil içida ösgan yolğiz qizligidan xudbinroqmidi, har qalay qaynonasining qizlarini körgisi kelayotgani unga yoqmadi.
– Nima qilasiz, ena, uyida ötirsin, bolalari bilan bir kelsa, hamma joyni ivirsitib yuborişadi, – dedi dilidagini tiliga çiqarib.
Yangil ena keliniga hayron bölib qaradi. “Yo tavba, bu ne deyayotir, axir bolalarim...” Enaning tomoğiga nimadir tiqildi. “Gap bu yoqda ekan-da, Salomat qizlarimga biron gap degan...”, öyladi u. Lekin keliniga heç narsa demadi.
Bir kuni Salomatxonning şifoxonada işlari köpayib, ança keç qaytdi. Kuni böyi mol-hol, tomorqa yumuşlari, ikki nevarasining taşvişi bilan bölib Yangil ena çarçadi. Keçki ovqatga endi unnayotgan payt Salomatxon kirib keldi. Lom-mim demay içkariga kirib ketdi-yu, qaytib çiqmadi. Şavlani damga qöyib, kelinidan xabar olgani kirgan Yangil ena uning bolalari bilan televizor tomoşa qilib ötirganini körib, töğrisi, dili oğridi:
– Şavla qilgandim, damda turibdi, solib kelaqol, bolam, – dedi dili oğriganini sezdirmay.
Kelin lom-mim demadi, hatto pinagini ham buzmay, televizorga tikilgança ötiraverdi.
– Salomat, tan-joning soğ-mi, ovqat pişdi...
– Nima, sizga ölişim kerakmidi, pişgan bölsa, yeyavering, mening qornim mana bunday! – u qölini böyniga tutib “töqman”, deganday gapirdi qörslik bilan.
Hamişa muloyim, beozorgina Yangil ena uning bu muomalasidan ozorlandi-yu keliniga qattiq gapirmadi. Faqat:
– Bolam. Har yaxşi sözning ham, yomon sözning ham özingga qaytmoği bor, har neda ölçov bölgani yaxşi, – dedi-yu ortiga burildi.
Oşxonaga kirib, şirin taʼmi hididan bilinib turgan qozondagi şavlaga birrov boqdi-da, tagidagi olovni öçirdi...
Yangil ena şu kuni ilk marta kelinidan qattiq ranjidi. Salomatxon ertalabki nonuştani ham yolğiz özi qiladigan, borib-borib uy yumuşlariga urinmaydigan odat çiqardi. U haqiqatan ham öziga yaraşa xudbin edi. Qaynsingillari mehmonga kelgan kun heç bölmaganda qaynonasini bir çöqib olardi.
– Pensiya olganingizni yuvayapsizmi ena? – derdi öziça kosa tagida nimkosa kabi muomala qilib.
Enaning qizlari aqlli edilar. Kelinoyisiga kulibgina qöyaqolişardi.
Salomatxonning esa içini gumon kemirardi: “Pensiyasidan qizlariga tutqazib yuborayotir!” Ana şu öyi uning xunobini oşirar, qaynonasi bilan zimdan öçakişar va bundan rohat-lanardi.
Navröz bayrami arafasi edi. Uçta qaynsinglisi birgalaşib kirib kelişdi. Şirinliklar, tropik mevalar, Yangil enaga keksalar orasida urf bölgan uzun jemper, köylak, mahsi-kaliş, oppoq harir römol, paypoğu şippakkaça olib kelişibdi. Enaning quvonganini körsangiz, sovğalarni silab-silab, navbati bilan kiyib-kiyib, közlari yoşlanib, qizlarini duo qildi. Ammo Salomatxonning bir oğiz gapi uning könglini çilparçin etdi.
– Ha, bekaç oyimlar, enamga er topdinglarmi deyman!
Har doim Salomatxonga ötib ketgan akalarining hurmatini qilib indamay ketadigan qizlarning kattasi bu gal jim turolmadi:
– Çeça, – dedi ovozini kötarib, – onamga qilgan har qanday gapingizni keçiraman, lekin hozirgisi oşib tuşdi. Uyalmaysizmi?
– Uyalişim kerakmi? – Salomat içini kemirib yotgan bad gumonlarini tökişga çoğlandi göyo.
– Men nega uyalaman özi? Kampirning pensiyasi qançaligini men emas, sizlar bilasizlar. Özimning topganim özimga yetadi. Özining puliga özini siylayotgan sizlar uyaling!
– Salomat! – Heç qaçon ovozini kötarib gapirmagan Yangil ena göyo hayqirib yubordi.
– Qizlarga tuhmat qilma! Ular mening bir sömimga ham zor emas. Qizlarim-mehmonlarim, mehmonning izzatini qil!
Yangil ena şunda ham Salomatga oğir söz demadi. Faqat şu kundan söng özgardi, kamgap, yanada beozor bölib qoldi. Bir kuni:
– Xudoga şukur, – dedi Salomatga nonuşta payti, – nevaralarim katta bölib qolişdi. Endi könglim töq. Ikkovi ham öqişayotir. Ertaga nima bölişi Yaratganning öziga ayon, bolam.
Yangil ena şunday deb, çöntagidan kiçkina hamyonça çiqardi. Ançayin urinib qolgan şapaloqdekkina hamyonçani oçib, içidan plastik kartani oldi va Salomatga uzatdi:
– Buning içida qança pul borligini bilmayman, – dedi ovozi qaltirab, – ora-sira u-bu xarajatga işlatdim, xolos, sen ham pul söramaganingdan keyin... – Yangil ena oğir tin oldi va davom etdi, – kerak bölib qolar, deb...
Salomat dong qotib qoldi. Umr böyi öqituvçilik qilgan qaynonasining qança pensiya olişini bilmasa ham uning pensiya miqdori özining oylik maoşi darajasidan kam bölmasligini aniq bilardi. U bank kartasini olişni ham, olmaslikni ham bilmay qaynonasiga tikilib turar, özining dilozorliklarini öylab, içini puşaymon kemirardi. Nihoyat u tilga kirdi:
– Özingizda turaversin...
Salomat boşqa gap gapirolmadi. Qaynonasining yuziga qaraşga ham botinolmadi.
Şu voqeadan söng Yangil ena uzoqqa bormadi, 74 yoşida bandalikni bajo keltirdi. Bir kuni “Xalq banki”ning tumandagi filialidan qönğiroq qilişdi.
– Yangil Sultonnazarovaning vafoti töğrisidagi guvohnomasini olib keling, dafn puli bilan oxir1gi pensiyasini ötkazib beramiz, – deyişdi.
Şundagina Salomatxonning esiga qaynonasi vafotidan 5-6 oy avval qöliga tutqazgani, bank plastik kartasi esiga tuşdi. Qaynonasining pensiya kartasini tekşirib körmoqçi böldi. Bankomatda körsa...
- Öh-hö! Şunça pulingiz bormi kartangizda?! – deyişdi hayrat bilan navbatda turganlar. Bankomat ekranida “balans 97 mln. 800 ming söm”, degan raqamni körib Salomatning butun vujudi qaltirab ketdi. Yöq, u şunça pulga ega çiqdim, deb emas, aksinça, qaynonasini neça bora behurmat qilgani, qaynsingillarini ranjitgani uçun özidan-özi uyalib, öt bölib yonardi şu tobda. Axir qaynonasi bilan 21-yil birga yaşagan bölsa, şunça yil içida neça marta uning dilini oğritdi, ozor berdi, – bunisini içi biladi...
Mana, endi özi ham qaynona. Kelinlari qaçonlardir özi qaynonasiga qilgan muomalani öziga qaytarganday böladi. Şunda: “astağ-firulloh!” deb qöyadi va lablari beixtiyor piçirlaydi:
– Könglingni keng tut, hamişa könglingni oçib yur, şunda badavlat bölasan...
– Alloh sizlarni har neda sabrli, keng feʼl, oçiq-köngil qilsin ilohim, – deb duo qilaveradi, duo qilaveradi. U hayotdan özi olgan bu saboqlar hamon tarbiyalayotganday edi.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶