SUDLAP FAOLIYaTI YaNADA TAKOMILLAŞADI
Sönggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning şaʼni va qadr-qimmati kamsitilişiga, qonuniy manfaatlari çeklanişiga yöl qöymaslikka qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirildi. Olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiga qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumptsiyasi kabi konstitutsiyaviy printsiplar poydevor qilib qöyildi.
Sud sohasida amalga oşirilgan islohotlar sudyalarning mustaqilligi va huquqiy kafolatlari tizimining huquqiy asoslari “Sudlar töğrisida”gi qonuni va boşqa qonun hujjatlarida mustahkamlanganligida, Prezident tomonidan joriy etilgan qator qaror va farmonlarda namoyon böldi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida “sudyalarning mustaqilligi” tuşunçasi ham mustahkamlanib, yangi huquqiy kategoriya — “sud hokimiyatining mustaqilligi” joriy etildi.
Sud-huquq tizimini bosqiçma-bosqiç isloh qiliş, 2017-2021-yillarda möljallangan Harakatlar strategiyasida ham belgilab qöyildi.
Sud tizimida avval sud hokimiyatining ikkita oliy organi, yaʼni Özbekiston Pespublikasi Oliy sudi va Özbekiston Pespublikasi Oliy xöjalik sudlari mavjud edi, Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyevning taşabbusi bilan Oliy xöjalik sudi tugatilib, sud hokimiyatining yagona oliy organi — Özbekiston Pespublikasi Oliy sudi taşkil qilindi. Özbekiston Pespublikasi Sudyalar oliy kengaşi tuzildi hamda sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlaş tartibi joriy etildi.
Tumanimizda ham Jinoiy, Fuqarolik, Maʼmuriy va Iqtisodiy sudlar tomonidan turli körinişdagi jinoyat va huquqbuzarliklarga oid işlar körib çiqilib, ular böyiça qonunga muvofiq tegişli çoralar qöllanildi. Şu qatorda aholi örtasida sayyor sud majlislari, tarğibot-taşviqot tadbirlari keng miqyosda ötkazilib, huquqiy tuşunçalar berildi. Şuningdek, tizimda amalga oşirilayotgan islohotlar, yangiliklardan xabardor qilib borildi hamda bu öz navbatida aholi örtasida huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir qilinişining oldi olinişida muhim ahamiyat kasb etdi. Pandemiya sababli joriy etilgan karantin davrida ham belgilangan tartib-qoidalar asosida sudlar tomonidan sohadagi işlar davom ettirildi.
Şu örinda Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 24-iyulda fuqarolarning odil sudlovga erişiş darajasini yuksaltiriş, işlarni sudda köriş sifatini oşiriş hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qiliş uçun taraflarning tengligi va tortişuvçanligini amalda taʼminlaş mexanizmlarini kengaytiriş maqsadida qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni ham sud-huquq tizimidagi islohotlarni davom ettiriş yölidagi yana bir muhim va tarixiy hujjat bölganligini aytiş joiz. Jumladan, tumandagi sud sohasi xodimlari tomonidan bu borada ham tegişli tartibda tarğibot-taşviqot işlari amalga oşirilmoqda.
Uşbu Farmon Özbekiston Pespublikasi Oliy sudi tomonidan sudyalar oliy kengaşi va sudyalar hamjamiyati bilan birgalikda qonunçilik taşabbusi asosida sud tizimida 2021-yil 1-yanvardan boşlab taşkiliy tuzilmaviy özgarişlarni amalga oşiradi. Xususan, viloyat va unga tenglaştirilgan fuqarolik işlari böyiça, jinoyat işlari böyiça sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy iqtisoslaşuvini saqlab qolgan va sud işlarini yuritiş turlari böyiça alohida sudlov hayʼatlarini taşkil etadi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat işlari böyiça sudlarga ötkaziladi. Maʼmuriy va boşqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işlarni körişga ixtisoslaştirilgan tumanlararo maʼmuriy sudlari taşkil etiladi. Bunda Qoraqalpoğiston Pespublikasi viloyatlar va Toşkent şahar maʼmuriy sudlari saqlab qolinadi.
Sud işlarini nazorat tartibida köriş instituti tugatiladi. Özbekiston Pespublikasi Oliy sudi raisi, Boş prokurori va ular örinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritiş huquqi bekor qilinadi.
Mazkur Farmon sud himoyasini taʼminlaşdagi ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etişga, sud qarorlarini qayta körişning bir-birini takrorlovçi bosqiçlarini bekor qilişga, investorlar huquqlarining işonçli sud himoyasida bölişini taʼminlaşga, sud organlarining amaldagi tuzilişini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlaştirişga xizmat qilişi şubhasiz. Xulosa qilib şuni aytiş mumkinki, endi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş orqali xalqimizning sud tizimiga bölgan işonçi yanada qatʼiy mustahkamlanadi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶