SAMARQAND YoŞLAR FORUMI – DUNYo TARIXIDA QOLADI
Şu yilning 12-13-avgust kunlarida qadimiy va hamişa navqiron Samarqand şahrida videokonferentsiya şaklida inson huquqlari mavzusida yoşlar forumi bölib ötdi. Inson huquqlari böyiça Özbekiston Milliy Markazi ötkazgan uşbu anjuman inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş masalalarini keng muhokama etiş, yoşlar huquqlarini himoya qiliş va rağbatlantirişga taalluqli mavjud xalqaro hamda mintaqaviy mexanizmlarni tahlil qilişga bağişlandi.
Eʼtiborlisi, uşbu forumda BMTning Yoşlar huquqlari böyiça Konventsiyasi loyihasi birinçi marta jahonning yetakçi ekspertlari muhokamasi uçun havola etildi. Konventsiya loyihasi mamlakatimiz rahbari Ş.Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida bildirgan takliflariga muvofiq tayyorlangan.
Uşbu anjumanda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom Hamkorlik Taşkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Afrika Ittifoqi tizimidagi yoşlar tuzilmalari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, inson huquqlari böyiça xalqaro, mintaqaviy va milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, yoşlar taşkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat 300 nafardan ziyod kişi iştirok etdilar.
Şuningdek, Forumda Oliy Majlis Senati, Qonunçilik Palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti, Yoşlar işlari böyiça agentlik, yoşlar taşkilotlari vakillari ham qatnaşdilar.
Şunisi eʼtiborliki, mamlakatimizda jami aholining 60 foizini taşkil etuvçi yoşlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişi etib belgilangan. Yoş avlodni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga, uyğun rivojlantirişga, har biri jamiyatda özining munosib örnini topişiga xizmat qiluvçi qonunlar, Prezident Farmon va qarorlari, hukumat qarorlari qabul qilindi, Oliy Majlis Palatalari huzurida Yoşlar Parlamentlari tuzildi, Yoşlar işlari agentligi, Yoşlar masalalari böyiça idoralararo kengaş taşkil etildi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida yoşlar duç kelayotgan köpgina muammolar – tinçlik va xavfsizlikka tahdidlar, terrorizm va ekstremizm, irqçilik, iqlim özgarişlari özaro kelişilgan global hamkorlikni yölga qöyişni, bularni hal etiş jarayonlariga dunyo yoşlarini faol jalb etişni taqozo qilayotgan edi.
Samarqandda bölib ötgan “Yoşlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” mavzusida ötkazilgan forumda muhokamaga taşlangan BMTning Yoşlar huquqlari böyiça Konventsiyasi loyihasi uşbu vazifalarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Samarqand Forumi qatnaşçilariga tabrik yöllab, ularni Xalqaro yoşlar kuni va uşbu nufuzli anjuman bilan qutladi.
Mamlakatimiz rahbari qutlovida yoşlarga “... kelajakka intilib yaşaydigan yoş avlod sayyoramizda farovon hayot va yuksak taraqqiyot barqaror bölişi uçun yangi ğoyalar va ijodiy ruhdagi saʼy-harakatlarni amalga oşiradigan beqiyos kuçdir” deya baho bergani har bir özbekistonlik yigit-qizlar könglini faxr-iftixorga töldiradi.
Yurtboşimiz “bugungidek şaroitda yoşlarning ovoziga quloq tutiş muhim. Ularning dolzarb ehtiyojlarini taʼminlaş, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan milliy, mintaqaviy va global strategiya va dasturlarni işlab çiqiş va amalga oşirişda bevosita iştirok etişlariga şaroit yaratib beriş zarur”, deya taʼkidladilar.
Şu bilan birga forum iştirokçilarini bunga xizmat qiluvçi BMTning Yoşlar huquqlari böyiça Konventsiyasi loyihasini qöllab-quvvatlaşga va yangi maʼno-mazmun bilan boyitişga çaqirdilar.
Konventsiya loyihasida, heç mubolağasiz aytiş mumkinki, dunyo yoşlari kelajagi porloq bölişiga xizmat qiluvçi masalalar çuqur örin olgan. Kelgusida dunyo hayotida uşbu hujjat Samarqand yoşlar forumi bilan boğliq holda tilga olinişining özi özbekistonlik yoşlarga ulkan masʼuliyat hissini yuklaydi.
Sevara Ismoilova, QDU talabasi, yoşlar faoli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶