25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 17:56
Jamiyat 👁 173

OILA QOʻRGʻONINING POYDEVORI TARBIYaDIR

OILA QOʻRGʻONINING POYDEVORI TARBIYaDIR

Oila deya atalguvchi muqaddas qoʻrgʻonning tinch-osoyishtaligi, ahilligi, bir-biriga doʻst, oqibatliligi ushbu imoratning asosiy ustuni hisoblanmish ota-ona harakatiga bogʻliq. Bu akang, bu opang, ukang, ular sening tugʻishganlaring, hayotdagi suyanchiqlaring boʻlishadi, suyanchigʻing koʻp, mustahkam boʻlsa, sen baquvvat inson boʻlasan. Shuning uchun ularni avayla, qadrla, bobong, buving hammamizning maslahatgoʻyimiz, ularning koʻngliga qara, deya tarbiya berilgan bola koʻnglida yaqinlariga mehr ulgʻaygani sari kuchayib boradi. Bu borada avvalo ota-onaning oʻzi farzandlariga ibrat boʻlmogʻi lozim. Chunki kichkintoylar eshitganidan emas, koʻproq hayotda koʻrganlaridan namuna oladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, oʻz hayotining davomchilari yaxshi insonlar boʻlib yetishishlari uchun ota-ona unga kichkinaligidan mukammal tarbiya berishga intilmogʻi lozim. 

Erta bahor kunlari edi. Xizmatchilik yuzasidan bir oiladagi notinchlikni oʻrganish, kerakli huquqiy maslahatlar berish va hayoti izga tushib ketishiga koʻmaklashish uchun oʻsha oila istiqomat qiladigan mahalla oqsoqoli, faollari bilan birga bordik. Surishtirib bilsak, janjal kelinning soʻnggi rusumdagi mavsumiy kiyimi yoʻqligidan kelib chiqibdi, aytishicha, u kiyimlari koʻp boʻlsada, urfdan qolgani uchun kiyishga uyalib, uyidan chiqa olmay oʻtirgan ekan. Kelinning zarda bilan qaynab, toʻkib tashlagan alamli soʻzlaridan kulishni ham, kuyishni ham bilmaysan, odam. Koʻpchilik boʻlib kelinni raʼyidan qaytarishga, kiyim, zeb-ziynat oiladagi totuvlikdan afzal emasligini tushuntirishga harakat qildik. Imkoni boʻlganida kiyim olinaveradi, biroq shularni deb oʻz hurmatingni yoʻqotma, kiyim uchun janjal qilma, dedik. Afsuski, kelin soʻzlarimizni oʻylab, fikr qilish tugul eshitishni ham istamadi.

Shunda mahalla faoli boʻlgan keksa otaxon:

– Oʻgʻilmi, qizmi – yoshligidan oilasida ota-onasi tarbiyalamasa, suyagi qotganidan soʻng oʻzgartirish qiyin, Yaratganning oʻzi insof bersin, – dedi bizga tasalli berib.

Otaxon aytgan xulosaning isbotiga hayotda hammamiz guvoh boʻlib yuribmiz. Demak, kimki farzandlari baxtiyor, tinch-totuv yashashini istasa, tugʻilganidanoq shunga tayyorlashi lozim. Shu oʻrinda bir rivoyat esimga tushdi.

Bir ulugʻ allomaga taʼlim-tarbiya berish uchun farzandini olib kelgan otadan alloma: “Bolangiz necha kunlik?” deb soʻrabdi.

– 40 kunlik, – javob beribdi ota. 

– Unda farzandingizning tarbiyasida 40 kun kechikibsiz, – degan ekan alloma...

 

M.Primbetova, Amudaryo tumani FHDYo boʻlimi ish yurituvchisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026