SUD HOKIMIYaTI NUFUZINI OŞIRIŞ – INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI SAMARALI HIMOYa QILIŞNING MUHIM KAFOLATI
Mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi - inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qiliş, sudlarning çinakamiga mustaqilligini taʼminlaş, demokratik, insonparvar huquqiy davlat va kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etişdagi rolini kuçaytirişdan iboratdir. Şu nuqtai nazardan mamlakatimizda sud hokimiyatini bosqiçma-bosqiç mustahkamlab boriş, sudning mustaqilligini taʼminlaş, uni inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişga xizmat qiladigan tom maʼnodagi mustaqil davlat institutiga aylantirişga qaratilgan keng kölamli taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Amaldagi qonunçiligimizda odil sudlov sohasidagi huquqbuzarliklar uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini oliş funktsiyasini amalga oşirişda maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi qonunçilik muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga aniq belgilangan maʼmuriy çeklovlarni qöllaş orqali qatʼiy tartib-taomillarni joriy etiş asnosida odil sudlovning amalga oşirilişiga erişiladi.
Odil sudlovning mohiyatini amaldagi qonunçilik asosida izohlaydigan bölsak, Jinoyat protsessual kodeksining 455-moddasida hukmning qonuniy, asosli va adolatli bölişi şartligi körsatilgan. Şu bilan birga amaldagi Jinoyat kodeksida belgilangan «odillik», «ayb uçun javobgarlik», «javobgarlikning muqarrarligi» kabi printsiplarni inobatga oladigan hamda sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uçun qöllaniladigan huquqiy taʼsir çorasi uşbu mezonlar doirasida tanlanadigan bölsa, jazodan közlangan natijaga, yaʼni şaxsni tarbiyalaşga erişilmasdan qolmaydi.
Mamlakatimiz jinoyat qonunçiligida ham, maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi qonunçilikda ham jazodan maqsad eng avvalo, şaxsni tarbiyalaş ekan, demak, bunga aynan odil sudlovning xalqaro va milliy standartlariga töla rioya qiliş bilangina erişiladi. Bu esa, öz özidan nafaqat huquqbuzarlik sodir etgan şaxsni tarbiyalaş, balki uni körib, eşitib turgan şaxslarni, kerak bölsa, bunga guvoh bölgan boşqa şaxslarning ham tarbiyalanişiga turtki beriş asnosida huquqbuzarliklar sodir etilişining oldi olinişiga zamin yaratiladi.
Ayni paytda bunday faoliyat huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalda taʼmin etişda eng samarali vositasi hisoblanadi. Binobarin, 2014-yil 14-mayda qabul qilingan «Huquqbuzarliklarning profilaktikasi töğrisida»gi qonunning 4-moddasida ham huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalaridan biri sifatida - şaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini taʼminlaş nazarda tutilgan. Şubhasiz, uşbu vazifalarning bajarilişi jamiyatda barqarorlikning taʼminlanişiga kömaklaşadi.
Şuningdek, amaldagi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 180-moddasida «Sudga hurmatsizlik qiliş» - deb nomlangan maxsus norma mavjud. Uşbu huquqbuzarlik obʼektiv tomondan - guvoh, jabrlanuvçi, daʼvogar, javobgar, işda qatnaşuvçi boşqa şaxslarning sudga kelişdan qasddan böyin tovlaşida yoki mazkur şaxslar va boşqa fuqarolarning raislik qiluvçi farmoyişiga böysunmasligida yoxud sud majlisi paytida tartibni buzişda öz ifodasini topgan sudga hurmatsizlik qilişdagi harakatlarida ifodalanadi.
Amaliyot şuni körsatadiki, jinoyat işlari böyiça sud protsessi iştirokçilari sifatida guvoh va jabrlanuvçilar (baʼzan hatto protsessning boşqa iştirokçilari ham) sudning çaqiruviga nisbatan eʼtiborsiz qaraydilar va protsessga uzrsiz sabablar bilan kelmaydilar. Oqibatda körilayotgan iş bir, ikki va hatto uç martagaça ham keyinga qoldirilaveradi.
Sud hokimiyatining nufuzi mazkur organlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning ijro kuçiga boğliqdir. Şu jihatdan olib qaraganda, şaxs huquqlarini çeklaşning sud tartibida amalga oşirilişi, şuningdek, sud tartibida qöllaniladigan maʼmuriy javobgarlik çoralarini qöllaşga oid har qanday sud qarorining amalda töliq ijro etilişi birinçi navbatda, işda iştirok etuvçi şaxslar manfaatlarini har tomonlama himoya qilişni taʼminlasa, ikkinçi tomondan, davlat manfaatlarini himoya qiliş orqali sudning obrösini yanada oşirişga şaroit yaratadi.
Xulosa örnida şuni taʼkidlaş lozimki, odil sudlovni taʼminlaş sudyalar faoliyatining boş mezoni, amaldagi qonunlarning asosini taşkil etadi. Bu orqali jamiyatda sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan adolatli çoralar qöllanilişi taʼminlanadi, oqibatda huquqbuzarliklar sodir etilişining oldi olinişiga erişilişi hamda boşqa şaxslarga nisbatan tarbiyaviy taʼsir körsatiş taʼminlanadi.
A.J.Ametov, Jinoyat işlari böyiça Kegeyli tuman sudining raisi
S.R.Davletmuratov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶