HARBIY XIZMATÇILAR ÇEGARAOLDI HUDUDLARIDAGI AHOLI HAYoTI BILAN TANIŞDI
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining munosabatlari tarixida köplab ijobiy özgarişlar amalga oşirildi. Mamlakatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatlari bilan davlatlararo munosabatlar ijobiy tomonga özgardi. Qöşni mamlakatlar bir-birlariga bozorlarinigina emas, çegaralarini ham oçdi. Savdo-sotiq, özaro investitsiyalarni jalb qiliş bilan birga mintaqada xavfsizlikni saqlaş borasida ham özaro hamkorlik yölga qöyildi.
Xavfsizlikni saqlaş, çegaralar daxlsizligini taʼminlaş – fuqarolarning bu borada amal qilayotgan qonuniy hujjatlardan xabardorligi, ularni hurmat qilişi, böysunişiga köp jihatdan boğliq. Ayniqsa, bu borada bugungidek globallaşuv şiddat bilan keçayotgan davrda aholining bilimlarini oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Boisi fuqarolarning qöşni davlatlarga sayohatga borişi uçun çegaradan ötişi, maʼlum vaqtdan söng qaytişi, yo xorijiy hamkorlar bilan savdo-sotiq qilişi kabi munosabatlarni tartibga soluvçi huquqiy-meʼyoriy hujjatlar mavjud. Bularga amal qilmaslik qonun buzilişini sodir etiş sifatida baholanadi.
Çegaraoldi hududlarida osoyişta hayot barqaror bölişi uçun aholi orasida çegaralarimizga hurmat bilan munosabatda böliş, daxlsizligiga rahna solmaslik, davlat çegarasida barpo etilgan muhandislik-texnik inşootlarga şikast yetkazmaslik, tösiqlarni yöq qilib yuboriş kabi holatlar sodir etilişining oldini oliş borasida köpgina tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilmoqda.
26-avgust kuni Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli 92 02 harbiy qism komandiri Alişer Yunusov, 3-“D” harbiy qism komandiri Elyor Jöraboyevlar mamlakatimizning Turkmaniston davlati bilan çegara hududida joylaşgan Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğinida böldilar. Yiğin masʼul xodimlari bilan çegaraoldi hududida tinçlik-osoyiştalikni saqlaş, fuqarolarda davlat çegaralariga hurmat va masʼuliyat ruhini mustahkamlaş borasida özaro hamkorlikda olib borilayotgan işlar xususida, kelgusi rejalar haqida suhbatlaşdilar.
Şundan söng, ovul fuqarolarining pasport rejimiga amal qilişi, yaşaş tarzi bilan tanişiş uçun xonadonlarda böldilar.
Harbiy xizmatçilar yaqinlaşib kelayotgan istiqlol bayrami munosabati bilan Manğit şahrining Durunki mahallasidagi 4 ta oilaga kirib, sovğalar ulaşdilar va yurtimiz obod, farovon, osoyişta, oilalar baxtiyor bölişini tiladilar. Bu taşrifdan oilalarning barça aʼzolari nihoyatda mamnun böldilar va mehmonlarni bayram bilan tabriklab, minnatdorçilik bildirdilar.
Fazliddin MAHAMADIYeV, 3-“D” qism xizmatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶