25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:41
Jamiyat 👁 328

TUGʻILGANLIK HAQIDA GUVOHNOMA QANDAY TARTIBDA BERILADI?

TUGʻILGANLIK HAQIDA GUVOHNOMA QANDAY TARTIBDA BERILADI?

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining nikohda boʻlmagan ota-onadan tugʻilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYo organida amalga oshiriladi.

Otalikni belgilash toʻgʻrisidagi ariza tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYo organiga beriladi. Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi.

Otalikni ishonchnoma boʻyicha belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar otalik bolaning tugʻilganligi qayd etilgandan soʻng belgilansa, otalikni belgilash haqidagi arizaga yoki sudning ushbu masala yuzasidan qaroriga bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi ilova qilinadi.

Ota-onaning birgalikdagi arizasi boʻlmagan taqdirda otalik (agar otasi yoki onasi voyaga yetmagan boʻlsa) ota-onalardan biri yoki vasiylik va homiylik organining daʼvo arizasi boʻyicha sud tartibida belgilanishi mumkin.

Bolaning tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sud qaroriga asosan kiritiladi. Bu holda FHDYo organiga qonuniy kuchga kirgan sud qarori va bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi taqdim etiladi.

Otalikni belgilash haqidagi ariza maxsus shaklda boʻlishi, unda koʻrsatilgan barcha savollarga aniq va toʻliq javob boʻlishi lozim. Ariza FHDYo organida imzolanadi, undagi maʼlumotlar arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan solishtirib koʻriladi. Har bir ariza uning tushgan kunida roʻyxatga olinadi.

10 yoshga toʻlgan va katta yoshdagi bolaga nisbatan otalik uning roziligi bilan belgilanadi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi tomonidan berilgan arizada uning shaxsiy imzosi bilan ifodalanadi va uning imzosi FHDYo organi xodimi tomonidan tasdiqlanadi.

FHDYo organi otalikni belgilash haqidagi ariza asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Otalik, bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligidan qatʼi nazar, belgilanadi. Shu sababli otalikni belgilashda uning xotinining roziligi talab etilmaydi.

Agarda chaqaloqni dunyoga keltirgan ona bolasining otasi bilan munosabatlari buzilib ketgan boʻlsa ham, farzandiga qonunda belgilangan tartibda tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan bolaning tugʻilganligini qayd etish uchun bola tugʻilganligi haqidagi tibbiy maʼlumotnoma, ota-onaning oilaviy ahvoli va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
Bolaning tugʻilishini bir oylik muddat ichida qayd etish zarur. Chunki bolaning fuqarolikka ega boʻlishi va uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi shaksiz dalil bu bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi hisoblanadi.

Bola qonuniy nikohda turgan ota-onadan tugʻilganda uning tugʻilishini rasmiylashtirish ortiqcha muammolar keltirib chiqarmaydi. Lekin bu hayot, unda turli xil muammolar ham mavjud boʻlishi mumkin. Bola qonuniy nikohda turmagan ota-onadan tugʻilgan holatlar ham uchrab turadi. Bunday vaziyatda uning tugʻilishini rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Agar ayol qonuniy nikohda turmagan boʻlsa, shuningdek, otaning bolani tan olgan holati mavjud boʻlmasa, farzandining tugʻilganlik holatini rasmiylashtirish yolgʻiz ona tartibida rasmiylashtiriladi.

Bunda tegishli FHDYo boʻlimiga onaning shaxsni tasdiqlovchi hujjati va yozma arizasi taqdim etiladi. Bunday hollarda bolaga onaning familiyasi boʻyicha, bolaning ota ismi onaning ogʻzaki koʻrsatmasiga asosan, otaning familiyasi ham onaning familiyasi boʻyicha koʻrsatiladi, yaʼni Oila kodeksiga asosan bolaning tugʻilganlik holati yolgʻiz ona sifatida rasmiylashtirilgan hollarda ham ota haqidagi maʼlumotlar ochiq qoldirilmasligi koʻrsatib oʻtilgan. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, bunday hollarda bola faqat ona va uning qarindoshlariga nisbatan oʻzaro huquq va burchlarga ega boʻladi. Otaga nisbatan bolaning hech qanday huquqlari mavjud boʻlmaydi. Lekin bola qonuniy nikohda turmagan ota-onadan tugʻilgan hollarda bolaning onasi toʻgʻrisidagi yozuv onaning arizasiga koʻra, otasi toʻgʻrisidagi yozuv esa bolaning otasi va onaning birgalikdagi arizasi boʻyicha yoziladi, yaʼni otalikni belgilash haqidagi arizasiga asosan ota haqidagi maʼlumotlar yozilishi qonunda koʻzda tutilgan. Otalikni belgilashda bola manfaatlari inobatga olingan holda, erning qonuniy nikohdagi xotinining roziligi talab etilmaydi. Otalikni belgilash hollarida otalik belgilangan bola qonuniy nikohda tugʻilgan bola bilan bir xil huquq va majburiyatlarga ega boʻladi. Meros va mulk huquqlarida otalik belgilangan bolalar bilan qonuniy nikohdan tugʻilgan bolalarning huquqlari tengdir. Otalikni belgilashni – bu bola manfaatlari uchun, shuningdek, bolaning onasi sifatida ayol manfaatlarini ham himoya qiladigan mexanizm sifatida tushunish maqsadga muvofiqdir.

Ota-onalar bolaning birinchi huquqiy hujjati boʻlgan tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini oʻz vaqtida olish masalasiga alohida eʼtibor qaratishlari va bu farzandning kelajagiga qoʻyilgan tamal toshi ekanligini bilishlari lozim.

Mohira Eshmuradova, tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026