25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:39
Jamiyat 👁 276

TUMAN PROKURORI QORAMON MAHALLASI AHOLISI VA YoShLAR BILAN UChRAShDI

TUMAN PROKURORI QORAMON MAHALLASI AHOLISI VA YoShLAR BILAN UChRAShDI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun va mohiyati – inson omiliga eʼtibor, insonning har tomonlama farovon turmush kechirishini, huquq va erkinliklarini taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy jihatdan himoyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Chunki insonning huquq va erkinliklari, har jihatdan farovon yashashga boʻlgan intilishlari kafolatlangan jamiyatda barqaror rivojlanish boʻladi.
Xalq hayotiga oid muammolarni oʻrganish, ularning ijobiy hal etilishini taʼminlash, bevosita  xalq orasiga kirib borib, aholi  murojaatlarini joylarida hal etish bugungi kunda har bir idora va tashkilot rahbarining zimmasidagi masʼuliyatli vazifadir. Chunki, Prezidentimizning talab va koʻrsatmalariga koʻra, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi har bir rahbar xodimning kundalik ish rejalaridan biriga aylandi. Bu borada  sektorlar rahbarlari va joylardagi Xalq qabulxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga molik.


Joriy yilning 12-sentyabr sanasida tumanimizning 2-sektor hududiga  kiruvchi Qoramon mahalla fuqarolar yigʻinida sektor rahbari, tuman prokurori Javlon Muftullayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumanimizdagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovlar tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan mahalla ahli va yoshlar bilan sayyor qabulda ham masʼullar ishtirokida aholi murojaatlari va bu murojaatlarda koʻtarilgan muammolar joyiga chiqib oʻrganildi. Xalq bilan muloqot, oshkoralik va shaffoflik ruhida oʻtgan sayyor qabulda Qoramon mahallasida yashovchi 55 nafar fuqaro, shuningdek, tumandagi idora va tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdilar.
Sayyor qabulda, tuman prokurori Javlon Muftullayev aholi murojaatlarining barchasi izchil oʻrganilishi, har bir murojaatchining huquq va erkinliklari taʼminlanishi yuzasidan ishtirokchilarga zarur tushunchalar berdi. Shu bilan birga Qoramon mahallasida yashovchi fuqaro Komil Ashirovning mahalla aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida vodoprovod tarmogʻini tortish, hududdagi 23-sonli maktab oʻqituvchisi Akbarjon Salayevning maktablarda va OTMlarda oʻqish va boshqa ishlar masofadan turib amalga oshirilayotgani, biroq Qoramon mahallasida aloqa tizimi yaxshi emasligi, natijada OTMlarda taʼlim olayotgan talabalar va oʻquvchilar qiynalayotgani, aloqa sifatini yaxshilashga yordam berish toʻgʻrisidagi murojaatlari tuman ichimlik suv taʼminoti korxonasi va tuman aloqa boʻlimi idorasi rahbarlari tomonidan alohida eʼtiborga olinib, bu borada zarur choralar koʻriladigan boʻldi.
Shuningdek, mahalla hududida shu paytgacha maktabgacha taʼlim tashkiloti yoʻqligi, mahalladagi jajji bolajonlar uchun MTT binosini qurib berish boʻyicha Shermat Jiyanovning, elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarni barataf etish va eskirgan  transformator oʻrniga yangisini qurib berish xususidagi Murod Ibragimovning hamda Oʻktam Avezmurodovning mahalla hududini Mangʻit shahri bilan bogʻlovchi yoʻlni asfaltlash haqidagi va oʻzi xorijiy til oʻqituvchisi boʻlsa-da, dars yuklamasi meʼyoridan kamligi, oʻquvchilarning frantsuz tilini oʻrganishga ishtiyoqi balandligini hisobga olib, dars yuklamasini oshirishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻrganilib, yuqoridagi murojaatchilarga 15 kun ichida natijalari maʼlum qilinishi bildirildi.
Boʻlib oʻtgan sayyor qabul jarayonida tuman prokurori, 2-sektor rahbari Javlon Muftullayev va Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovlar aholidan tushgan har bir murojaat hamda savollar boʻyicha oʻz fikrlarini bayon etishdi. Shuningdek, sayyor qabulda ishtirok etgan masʼul rahbarlar bilan murojaatchilar va aholining yuzma-yuz, oshkora muloqotda boʻlishlari taʼminlandi.

Shu kunning oʻzida tuman prokurori Javlon Muftullayev rahbarligida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, Oʻzbekiston Yoshlar Agentligi tuman boʻlimi rahbari Jasur Davletov hamda  tumandagi idora va tashkilotlar rahbarlari bilan Qoramon mahallasi yoshlarining uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Jami 35 nafar mahalla faollari va yoshlar ishtirok etgan mazkur uchrashuvda tuman prokurori Javlon Muftullayev yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida tuman miqyosida bajarilgan ishlar, galdagi vazifalar, yoshlar hayotiga doir yechimini kutayotgan muammolar va ularni hal etish uchun belgilangan chora-tadbirlar, yoshlar murojaatlari boʻyicha koʻrsatilayotgan huquqiy yordam, ularning oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini yuritishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida batafsil toʻxtaldi.
Shundan soʻng, Qoramon mahallasida istiqomat qiluvchi faol yoshlardan biri, Anvarbek Yaxshimov oʻz orzulari, rejalari haqida gapirib, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kredit olishda byurokratik toʻsiqlarga duch kelib, qiynalayotgani, shu borada amaliy koʻmak berishlarini soʻrab murojaat qildi. Anvarbek Yaxshimovning ushbu murojaati “Agrobank”ning tuman filiali ragʻbariyatiga havola etilib, unga amaliy yordam koʻrsatish va 15 kun muddat ichida natijasi maʼlum qilinishi bildirildi.
Boʻlib oʻtgan yoshlar bilan uchrashuv va sayyor qabul jarayonida Mahkambek Sherjanovning ham murojaatini ijobiy hal etish choralari koʻrildi.
Mahkambek oilasi va oʻzining bandligini  taʼminlash maqsadida joriy yilning mart oyida oilaviy chorvachilik tarmogʻi tashkil etish uchun imtiyozli kredit ajratishni soʻrab, “Agrobank”ning tuman filiali kredit boʻlimiga zarur hujjatlarini topshirgan. Lekin shu kunga qadar "Agrobank” tuman filiali mutasaddilari “ertaga kel, indinga kel”, qabilida ish tutishib, qariyb 7 oydan beri kredit mablagʻlari ajratilishini orqaga surib kelgan. Mahkambek shu xususda murojaat qilib, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Javlon Muftullayev hamda tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovlardan ushbu masalada amaliy yordam berishlarini soʻradi. Mahkambek Sherjanovning murojaati ham darhol tizimga olinib, “Agrobank”ning tuman filiali rahbariyatiga havola etildi. Murojaatchi tomonidan koʻtarilgan ushbu murammoni hal etishda Yoshlar Agentligi tuman boʻlimi rahbari Jasur Davletovning ham faolligi zarurligi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarni  har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kerakligi taʼkidlandi.
Boʻlib oʻtgan sayyor qabul va yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotda Qoramon mahallasi aholisi hayotiga doir boshqada ijtimoiy muammolar atroflicha muhokama etilib, masʼullar ishtirokida joyida hal etish choralari koʻrildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026