“YeRMULKKADASTR” AMUDARYo TUMAN FILIALI AHOLIGA SIFATLI XIZMAT KÖRSATMOQDA
Köçmas mulk sohasidagi davlat xizmatlari körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş, ularning tezkorligi va foydalaniş imkoniyatlarini oşiriş, davlat organlari faoliyatining şaffofligiga erişiş va xizmatlardan foydalanuvçilarga axborot xizmati körsatişni yaxşilaş eng ustuvor vazifalardan sanaladi.
Sönggi yillarda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Köçmas mulk obʼekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqiçma-bosqiç joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori sohadagi işlarni yanada rivojlantiriş borasida muhim dasturulamal bölib xizmat qilmoqda.
“Yermulkkadastr” Amudaryo tuman filiali sohada olib borilayotgan islohotlar ijrosini taʼminlaş, yer hisobi va davlat kadastrlarini töliq şakllantiriş, köçmas mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş, aholiga sifatli xizmat körsatiş yuzasidan samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Köp yillardan buyon soha taraqqiyotiga xizmat qilib kelayotgan filialda bugungi kunda jami 27 nafar xodimlar iş olib bormoqda. Filial boşliği Şokirjon Davlatov rahbarligidagi jamoa aʼzolarining har biri öz mutaxassisligi böyiça tegişli vazifalarga biriktirilgan. Xususan, bölimda turar joy böyiça 12 nafar texnik mutaxassislar, noturar joy böyiça 2 nafar mutaxassislar, geodeziya sohasida 4 nafar, murojaatlar bilan işlaş böyiça 2 nafar mutaxassislar, şuningdek, boş muhandis, texnik operator, röyxatga oluvçi kabi mutaxassislar xizmat körsatib kelmoqda.
Korxonaga joriy yilning şu davriga qadar davlat röyxatidan ötkaziş uçun 3193 ta arizalar kelib tuşgan bölib, şundan 3054 tasi qanoatlantirilgan, 52 tasi rad etilgan hamda 73 tasining tölov qilinişi kutilmoqda. Şuningdek, kadastr pasporti uçun kelgan arizalar soni 3761 ta bölib, şundan 3602 tasi qanoatlantirilgan, 1080 tasining tölovi kutilmoqda. 2-sentyabr holatiga köra jami 36331 ta turar joylar hamda 2746 ta noturar joylar xatlovdan ötkazilgan.
Joriy yilning sentyabr oyidan boşlab, mazkur filial zamonaviy körinişga ega bölgan yangi binoda öz işini davom ettirmoqda. Yangi binoda xodimlar uçun zaruriy bölgan barça qulayliklar yaratilgan. Xonalar kompyuter hamda kerakli jihozlar bilan taʼminlangan.
Korxona xodimlari aholi orasida tuşuntiriş-tarğibot işlarini ham olib bormoqdalar. Jumladan, ular özlariga tegişli bölgan yakka tartibdagi hovli va turar-joylari yon atrofida yangi imoratlarni qurmaslikka, özboşimçalik va noqonuniy egallangan yer maydonlari, yaʼni qişloq xöjaligida foydalaniladigan suvli yer maydonlar, fermer va dehqon xöjaligiga taalluqli bölgan yerlar, yuqori kuçlanişli kommunikatsiya tarmoqlarining muhofaza maydonlariga kiradigan yerlar hamda yakka tartibda uy-joy qurişga möljallanmagan yer maydonlarida bino va inşootlarni qurmaslikka çaqirilmoqda.
Bugungi kunda uşbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etiş, tegişli tizimlarni davlat organlarining elektron maʼlumotlar bazalariga integratsiya qiliş köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş jarayonini soddalaştirişning asosiy ustuvor yönalişlari sanaladi. Şu bois sohani yanada rivojlantiriş maqsadida filialda ham raqamli texnologiyalarni joriy etiş masalalariga alohida urğu berilmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶