21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 21:40
Maqolalar 👁 340

“Xitoyqişloq hangomalari” turkumidan

“Xitoyqişloq hangomalari”  turkumidan

MIRZANING “MEHMONLARI”

Mirza ertalab Gurlanga ketayotib Yangiboy akaning yonida töxtadi. Bu payt u uyining oldidagi olça daraxtlarini oqlayotgan edi. Odatdagiday quyuq salom-alikdan keyin Mirza:

– Yangaka, tunov kungi hazil uçun keçirasiz, sal oşirvorgan bölsam, – dedi.

– Mirzaboy, şu, yigit bölsang, keçagi gurungni aytib yurma. Odam degan bir-birini yaqin körib hazillaşadi, baʼzan oğir, baʼzan yengil böladi. Izini quvib yurilmaydi, ha! Kelgan yeridan boşlab ketaverasan.

– Ha, yaşang, men ham şuni aytaman-da! Taşlang “beş”ni! Yuring, Gurlanga borib qaytamiz. Tuşgaça aylanib kelamiz.

– Juda kayfing çoğ. “Omad şou”dan yutdingmi yo?

– Ha, şunga öxşaşroq, şundan kam emas. Tunov kuni aytgandim-ku, baliqçilik xöjaligi oçmoqçiman, hujjatlari bityapti.

– Ha, oxiri bitadigan böldimi? Juda yaxşi, bir yuvarsan!

– Yuravering, baliqqa ham, pivoga ham töydiraman.

Yangiboy aka quvonib çaqqonlaşgan edi, Mirza qöşimça qildi:

– Lekin hujjatlar bitgandan keyin...

Yangiboy aka Mirzaning qurumsoqligi tutganidan hafsalasi pir bölib:

– Unday bölsa, özing borib kelaversang-a, men hujjatlaring bitgandan keyin senga yöldoş bölarman, – dedi, – Mana bu qopni kötarişib yubor, selitra keltirgandim, içkariga olib  qöymasak bölmas, qani kötar.

Mirza qopga engaşganida telefoni tuşib ketadigan böldi, şekilli, telefonini olib, olçaning ayrisiga qöydi va qopni kötarişdi. Qölining çangini qoqib, olçaning yaproğiga artgan bölib, xayrlaşib jönadi. Yangiboy aka şu alpozda yigirma minutça kuymanib yurgan edi, telefon musiqa  çalib qoldi. “Meniki emas.Bu kimning telefoni? Heç kim yöq-ku. Olça ayrisida Mirzaning telefoni qolib ketibdi-ku”. Oldi:

– Allo! Yangiboy aka, telefonim qolib ketibdi. Olib qöying. Jöramning telefonidan çiqyapman, izimga qaytmayoq qöyayin, olib qöying.

– Yaxşi, xöp, mana olib qöydim.

Telefonni öçirib, avaylab kitelining çöntagiga solar ekan, öylanib qoldi. 

– ”Ha, jöram-a, “hujjatlar bitgandan keyin”, emiş. Köramiz, Mirzaboy, özim sening hujjatlaringni şu bugun bitkazganim bölsin!

Rejani puxtalab tuzdi. Mirzaning telefonini öçirib, uyda qoldirdi-da, uning uyiga qarab yöl oldi.

– Kelin, ho kelin! Bu yoqqa qarab yubor! – Boğ eşigidan kirmay qiçqirdi .

– Assalomu alaykum, keling, Yangiboy aka.

– Kelganim şu, Mirza hozir menga qönğiroq qildi. Köldagi yerni beriş uçun vakillar kelar ekan, ikki soatga jöxori kurtuk pişirib qöyar ekansan, induk (kurka)ni solib, – dedi Yangiboy aka  özini ketişga şaylanayotganday körsatib, –

– Avvaldan aytib ketmabdi-da, neça kişi kelar ekan? – dedi kelin.

– Aytdi, uç kişi kelar ekan. Mening telefonimning batareyasi ham ötirib qolibdi, – kelin sörab qolmasin deya oldini olib qöydi Yangi-boy aka iziga sekin aylanib.

– Qayerga borasiz endi, Yangiboy aka, töxtab turing, men indukni kimga söydiraman, söyib bering!

– Mening işim qistov edi-da, boşqa qöşnilar yöqmi?

– Kim bölardi hozir uyida? Hamma işli, işiga ketib bölgandir, Ikki-uç kunga “zemlemerlar” keladi deb, qamab qöygan edi, darrov tutib kelaman, kimni qidirib yuraman, – dedi kelin yalingannamo.

– Xöp, unday bölsa tez obçiq, piçoq bormi? – rejasining kutganidan ham silliq, tez keçayotganidan mamnun, içidan quvonib ketdi Yangiboy aka Mirzaning bu gaplardan xabardor bölgandagi holatini köz oldiga keltirib.

– Ha, mana öçoq yonidagi tumboçkada piçoq bor, men indukni obkelay, – deb qöra tarafga ketayotib, yöl-yölakay qizlariga tayinlab borardi: Içkaridan lagan olib çiq, suv tayyorla, induk tozalaymiz!

Kelin indukni tutib keltirgunça  Yangiboy aka röparadagi qöşniga ikki soatdan keyin Mirzaning uyiga borişini tayinlab çiqdi. Kurkani söyib berib ketayotib, bu yondagi qöşnisiga ham xabar berdi. Savol nazari bilan qaragan qöşniga:

– Xolis sadaqa aytgan ekan, menga tayinlab ketgandi, hozir kurka söyib berib kelayotirman, yomon semiz ekan öziyam, – deb işontirib ketdi, ikki soatga, esingdan çiqmasin, kelaman men ham!

Yangiboy aka uyining oldida Mirzaning kelar yölini poylab yurardi, vaʼdalaşganday bir yarim-ikki soat oraliğida Mirza kelib qoldi. Telefonimni berib yuboriş uçun yölga çiqib turgan ekan-da, degan xayolda töxtagan Mirza maşinaga inqillab minayotgan Yangiboy akaga savol nazari bilan qaradi.

– Haydayver, senga syurpriz tayyorlab qöyibmiz, – dedi Yangiboy aka joylaşib ötirib, unga telefonini uzatar ekan. Ustoz jörasining “tuşirganini” sezgan Mirza eşigi oldida ikki qöşnisining turganini körib, yana savol nazari bilan Yangiboy akaga qaradi.

– Heç gap yöq, tinçlik, ay bir baliqçilikni yuvamiz-da.

Mirza hamma gapni tuşundi. Endi tuproq çangitib ötirsa, badtar kulgiga qolişini bildi-da, mehmonlarni içkariga taklif qildi. Öng qölining körsatkiç barmoğining uçini burniga tekkizib labi ustiga qöyib, Yangiboy akaga “jim” işorasini qildi.

Dasturxon tuzalgan. Meva-çeva, şira-şarbat joyida! Mirza işdan kelgan öğli salomlaşib bölar-bölmasidan qöşnining dökonidan pivo, “anov-munov” olib kelişga jönatdi. “Sadaqada “anov-munov” böladimi?”, demoqçiday oğiz juftlagan qöşnining yonboşini çimçilab tinçitdi Yangiboy aka.

Yarim soat undan-bundan gurunglaşib, çoy içib ötirişgaç, salom berib kelin keldi.

– Dadasi, işlaringiz bitdimi? Mehmonlaringiz keladimi? Ovqat tayyor böldi.

– Ovqat tayyor bölsa obkelaver. Mehmonlarning kelgani şu. Ha, işlar bitdi. Mana, Yangakamiz bitirdi hamma işni!

Yangiboy aka esa pinagini buzmay, qöşnining fujeriga  köpirib ketmasin, deb sekingina, bamaylixotir pivo quymoqda edi...

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026