YuRAKKA KÖMILGAN OILA SIRI
(Bölgan voqea)
Qaynonasi vafot etganida Oydin yangi kelin edi. Qaysidir korxonada hisobçi bölib işlaydigan qaynoğasi va ovsini Salima qaynonasining yettisidan söng, işga çiqib ketişdi. Hayhotday hovlida Oydin yolğiz qoldi. Öqituvçi bölib işlaydigan eri Habibullo ertalabdan keçgaça maktabdan beri kelmaydi.
Har kungi qiladigan yumuşlarini bajarib bölgaç, sigir bilan buzoqning yemini berdi, suğordi. Molxona bilan yonma-yon qurilgan qöşimça xonaning oldidan ötayotib, yerga soçilgan şoli donlariga közi tuşdi. Bir-ikki hovuç çamasi şoli donini yiğiştirib oliş uçun idiş izlab, xona eşigini itardi. Eşik töliq oçilmadi, qattiqroq itargan edi, eşik lang oçilib ketdi. Xona içi yorişib, qator tizilgan qoplarga közi tuşdi. Bu xonani qaynonasi “ğallatom” derdi.
– Don-dun, meva-çeva, qovun-tarvuz saqlaş uçun rahmatlik qaynotang bilan birga qurganmiz, hamma boyligimiz şu yerda turadi, – degandi bir gal qaynonasi rahmatlik kulib.
Oydin “ğallatom” ostonasida uzoq turib qoldi. Xona şiftiga osilgan uzum ğöralari, qatorlaşgan don-dun qoplari ortidagi qölbola kanoralarga yakan belboğ qilib osib qöyilgan qovunlar, pastdagi qovoqlarni körib, qaynonasi rahmatlik farzandlari bilan qançalik mehnat qilganini köz oldiga keltirdi.
– Ayol boşi bilan-a! – deb qöydi yuragi ezilib. Söng yodiga eşik oldiga tökilgan şoli doni tuşdi. Oşxonadan lagança olib çiqib, tökilgan şoli donlarini yiğiştira boşladi. Şu payt köça tomondan ayol kişining çaqirgani eşitildi. Qölida lagan bilan darvozaxona tomon şoşildi.
– Şunça çaqiraman, eşitmadingmi, bolam, – ostonada qaynonasining singlisi Marjon xola turardi.
Oydin xolani körib quvonib ketdi. Hayhotday hovlida yolğiz özi, axir. Marjon xola içkariga yönalarkan, kelinning qölidagi laganga közi tuşib rangi özgarib ketdi.
– Ş-şolimi? – dedi u Oydinga sinçkovlik bilan boqib.
– Ha, “ğallatom” oldida tökilibdi, yölak çetigayam, terib oldim.
Marjon xola rahmatlik opasining gaplarini esladi:
– Marjonoy, – degandi bir kuni, – uyimdan baraka ketayotganga öxşaydi.
– Qöysangiz-ay, oyopa, gumon – imonsizlik, deysiz-u, özingiz gumonçi bölib qolibsiz. Baraka qayerga ketayotir, uşlab qolaylik, – hazilomuz dedi Marjon.
– Şu, “ğallatom”dan u-bu yöqolayotganday...
Marjon öşanda eʼtibor bermagandi. Oradan haftalar ötib, katta öğli şoli tegirmoniga boradigan böldi. Hadeganda kelavermagaç, keliniga:
– Qönğiroq qilçi, Botir nega keçikdi ekan yo navbat köpmikan? – dedi xavotirlanib.
Kelini “hozir kelarkan”, degaç, sal tinçidi. “Hozir keladigan” Botir şu kuni yarim tungaça şoli tegirmonida qolib ketgandi. Öşanda Botir onasiga:
– Guljon xolamning uç qop şolisini ham oqlatib berdim, muştday qöşni bolaga berib yuborişibdi. Hikmatillo akam, Habibullo nima qilişayotgan ekan, ikki erkakdan birining qöli tegmabdimi? – degandi oğrinib.
Hafta ötib, Marjon opasinikiga bordi.
– Öğillaringiz qilmasa, mana, mening bolalarim bor, nega qöşni boladan xorazga şoli jönatdingiz? – dedi rostmana xafa bölib.
Guljon opasi hayron böldi. Singlisiga heç nima demay, asta örnidan turib, “ğallatom” tomonga ketdi. Opasining ortidan borgan Marjon uni “ğallatom” eşigiga suyangança öta öyçan holatda kördi.
– Men senga aytgan edim, uyimdan baraka ketayotir deb, işonmading, gapimni nazaringga ilmading, – birov eşitib qolişidan qörqqanday hadik bilan gapirdi opasi. – Mana, körib qöy, 4-5 qop şoli yöq, meva-çeva, qovun-qovoq ham ola-bula...
– Birovdan gumoningiz bormi? – söradi Marjon.
– Insof bersin, insof bersin, kelin...
Marjon dong qotib qoldi.
– Kelin?! Salima-ya?
– Ha, Salima, qöşni kelin bilan til biriktirib, şoli oqlatib, sotdirarkan.
– Şuni bilib turib indamay yuribsizmi, oyopa!
– Hikmatillo bilsa, oilasiga sovuqçilik tuşmasin, deb...
– Buning oxiri öşa “sovuqçilik”dan ham yomon böladi-ku, oyopa!
– Mayli, sen ham indama, bir kuni insofga kelar...
Marjon xola kelinning “insofga kelişi”ni kutib ötirarmidi, tinçiy olmadi. Öşa qöşni kelinning 7-sinfda öqiydigan öğlini söroqqa tutdi:
– Qudratjon, xorazga borib turibsanmi? – dedi uning köziga tik qarab. – Aytaver, heç kimga aytmayman. Agar menga aytmasang, maktabingga borib, ustozingga aytib beraman...
– Menga guruçning uşoğini sotib, pulini sen olaqol, deyişgaç...
– Ha, barakalla, bolam, aqlli bola yolğon gapirmaydi. Salima çeçangning guruçini sen sotib berayapsanmi, a?
– Onam sotib, pulining hammasini beradi...
Marjon şu kuniyoq opasinikiga borib, Salimani tuzlamoqçi böldi. Lekin opasi zinhor bunday qilmasligini, bolalarining tinçini buzmasligini iltimos qilib yalingaç, şaştidan qaytdi. Biroq Salimaning özi bilan yolğiz qolganida bor gapni yuziga soldi.
– Öz rizqingni özing sotayapsanmi, öğirlab-a?!
Salima lom-mim demay, boşini egib ötirar, unga sari Marjon xola jahl otiga minardi.
– Ering, bolalaring, qayning, ovsining oldida kim degan odam bölding, Salima? Axir ularning haqqidan yulib olayotirsan-ku!
Salima öşanda yum-yum yiğlab keçirim söragan, yangi urf bölgan şuba palto oliş uçun şunday qilganini, boşqa heç qaçon bunday işga qöl urmasligini aytib, ont içgandi...
Marjon xola hozir şularni öylarkan, yuragi siqildi. Bolalarining tinçligini öylab, kelinining öğirliklarini yaşirgan opasining qiyofasi köz oldidan ketmay qoldi. Göyo unga: “Marjon, bolalarimning tinçligi, oilasi buzilmasin”, deyayotganday böldi. Oğir tin oldi.
Şu kuni Marjon xola opasinikida tunab qoladigan böldi. Keçqurun jiyanlari, kelinlar, nevara jiyançalari bilan dasturxon atrofida opasini eslaşdi, qurʼon tilovatlar qilişdi. Gapdan-gap çiqib, Hikmatillo xolasiga:
– Xola, onam juda xokisor edilar-a, – dedi mahzunlik bilan. – Meni, Habibulloni işidan qolmasin, deb qöşni bola orqali bir-ikki marta şoli oqlatibdi, guruç sotdirib, ukam bilan singlimning kam-köstlarini töğrilabdi, biz bilmabmiz, eh, onajonim-ay!
– Bolalarimning tinçini buzmayin, degan-da, boyoqiş, hali şunday işlar ham qilibdimi oyopam?! – Salimani zimdan kuzatarkan, köziga yoş oldi Marjon xola. – Sen buni qayerdan bilding, Hikmat?
– Tunov kuni xorazga borgandim, onamning maʼrakalariga şoli oqlatib qöyayin deb, xorazçi şunday dedi, juda yomon bölib ketdim, xola. Yana nima debdi deng. Qöşni bola Qudrat şoli-poli olib kelsa, köp kutdirmay oqlab ber, deb iltimos qilibdi.
Marjon xolaning tomoğiga nimadir tiqilganday, nafasi böğildi, yuragi oğridi. “Eh, opam-ay”, – dedi içida, – “u dunyoga ketaridan oldin Salimaning izini tozalab ham qöyibdi-da”. U Salimaga qaradi. Şunçaki qaramadi. Alam va nafrat bilan tikildi. Salima yer bilan bitta bölib ötirar, boşini kötarib na eriga, na boşqalarga qaraşga botinmasdi:
– Xola, – dedi vijdon azobida butun vujudi lovillab yonayotgan kabi qiynalib ketgan Salima. – Men bunday yaşay olmayman, meni keçiringlar.
Hikmatillo xotinini birinçi marta körayotganday hayrat bilan tikildi.
– Seni jinpin urmadimi, nima böldi? – dedi ajablanib.
– Meni jin urgan, jin urganiga köp bölgan. Jin urmasa şu işni qilarmidim, keçiringlar, – yiğlab yubordi Salima va “ğalla-tom”dan bir-ikki marta 2-3 qopdan şoli olib, öğrinça oqlatgani va qöşni kelin orqali sotganini aytib, qayta-qayta keçirim söradi.
– Meni bolalarim, ovsinim oldida şarmanda qilmang, iltimos, – deya yalindi.
Hikmatillo lom-mim demadi-yu, asta örnidan turib, onasining yotoği tomon yönaldi. Birozdan söng uning hiqillab yiğlagani eşitildi. “Ne qilsin, voyaga yetayotgan uç öğli, oyoğiga yiqilib keçirim sörayotgan xotini, öğlining oilasi tinçligini saqlaş uçun oiladagi bu sirni yuragiga kömib, özi bilan olib ketgan onasi... Qay birini oqlab, qay biridan keça oladi? Kimni qoralasin? Özinimi? Kun-u tun iş-iş deb oilasining içkarisiga birrov nazar solmay yaşagan özinimi? Otadan yetim qolgan bolalariga umrini bağişlab, oila taşvişlarini yelkalab, yaxşisini oşirib, yomonini yaşirib yaşagan onajonining yuragida şunça qudrat borligini nega sezmadi u? Kelinini sukut saqlab keçirgan, sukut saqlab öğlining oilasini asragan onajonidagi jurʼat, sabr, matonatning bir zarrasi bormikan uning özida?!”
Hikmatillo bir neça kun xomuş yurdi, xotiniga eʼtibor ham bermadi, gapirsa, javob qaytarmadi. Şunday kunlarning birida onasi tuşiga kirdi. “Bolam, çehrangni oç, oila siri soçilmadi, şukur, keçirimli bölsang, halovat topasan, çehrangni oç...”, dermiş. Uyğonib ketdi. Yuvinib, nonuştaga ötirarkan, böylari ösib qolgan uç öğliga boqib, közlari quvondi. Ukasi Habibullo bir neça kundan beri tundlaşib yurgan akasining yaşnab turgan yuziga boqib: “xayriyat, akamning soğligi yaxşi”, deb qöydi içida.
Oydin tayyorlagan nonuştani barçasi maqtab-maqtab tanovul qilişdi.
– Kelin pazandalikda sendan özib ketibdi-ku! – dedi Hikmatillo xotiniga.
Erining bu gapi Salimaga katta mukofot, gunohi keçirilganiga kafolat edi. U quvonib ketdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶