Ustoz nomini şaraflab
Ötmişni xotirlab, ajdodlar ruhini qadrlab yaşamoq insoniy fazilatlardan biri sanaladi. Şunday insonlar böladiki, hayotga yaşinday çaqnab keladi, olovday yonib yaşaydi. Avlodlar xotirasida mangu iz qoldiradi. Inson qadri uning uzun yoki qisqa umr kurişi bilan emas, balki uning qaysidir sohadagi munosib xizmatlari bilan baholanadi.
Biz eslamoqçi bölgan qadrli inson Kamolboy Aminov ibtidosi va intihosi oraliği bir yaşin çaqnaşiçalik qisqa fursatni öz içida qamragan umrning har bir lahzasi bebaho ekanligini bilib yaşadi. U 1921-yilning bahor faslida (sanasi aniq emas) Qipçoq qişloğining, "Çunoq” ovulida dunyoga keldi. Bölajak maʼrifatparvarning otasi Aminboy bobo dehqonçilik va hunarmandçilik bilan şuğullanardi. Halol mehnatning nonini yeb ösayotgan bolakay ilm izlab sobiq Alişer Navoiy nomidagi boşlanğiç maktabga qadam taşladi. U umumiy örta taʼlimni sobiq Krupskaya nomidagi (hozirgi 11-sonli) maktabda öqib tugatdi.
Zehni teran, bilimga taşna Kamolboy Törtköl tumanidagi Pedagogika bilim yurtida, uni tugatgaç, Nukus pedagogika institutining tarix-geografiya bölimida tahsil oldi.
1941-yilda boşlangan Ikkinçi jahon uruşi Kamolboy Aminovning öz oldiga qöygan ezgu maqsadlarini amalga oşirişiga xalaqit berdi. Elparvar va şijoatli yigit Vatan himoyasi uçun jangga otlandi. Jang paytida oğir yarador bölib, gospitalda davolandi va yana frontga jönadi. Uruşdan eson-omon, köksiga orden taqib qaytgan Kamolboy özi savod çiqargan A.Navoiy nomli maktabda öz mutaxassisligi böyiça tarix va geografiya fani öqituvçisi sifatida iş faoliyatini boşladi. Tez orada jamoa orasida hurmat qozondi va maktab ilmiy bölim mudiri lavozimiga tayinlandi. Öziga nisbatan talabçanlik hissi uni yana taʼlim olişga undadi. 1948 yilda Nukus Davlat pedagogika institutining rus tili va çet tili fakultetiga (sirtqi bölimiga) öqişga kirdi. Öqişni tugatgaç, bilim va malakasi oşgan mutaxassis 1958-yilda Amudaryo tuman xalq maorifi bölimida maktablar noziri lavozimiga işga tayinlandi. 1962-yilda tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri lavozimida faoliyat boşladi.
Afsuski, ölim yoş tanlmaydi. 1965-yil 19-sentyabr kuni maorif sohasining jonkuyari, 3 nafar qiz, bitta öğil farzandning otasi Kamolboy Aminov avtohalokat tufayli vafot etdi.
Har bir xalqning va insonning baxti - xotirlaganda yuragi ğurur va iftixorga töladigan ajdodlarining bor ekanligida. Kamolboy Aminovga munosib böla olgan avlodlari bugungi kunda taʼlim sohasida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Aziz ustozning işlarini kelini Dilbaroy, nevarasi, 62-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Bahrom Boltaboyev, tuman XTMFMTTEBda uslubçi lavozimida işlovçi nevara kelini Gulnora Örozboyevalar davom qildirib, ustozning nomini şaraflab yaşaşmoqda.
Dilbar Örazaqova,
75-sonli umumtaʼlim maktabning boşlanğiç taʼlim öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶