25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:26
Jamiyat 👁 205

“HUQUQBUZARLIKLARGA QARShI KURAShISh VA XIZMAT FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh OYLIGI” DOIRASIDA NAZORAT IShLARI OLIB BORILMOQDA

“HUQUQBUZARLIKLARGA QARShI KURAShISh VA XIZMAT FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh OYLIGI” DOIRASIDA NAZORAT IShLARI OLIB BORILMOQDA

Respublikamizda jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2020-yil 15-oktyabrdan 15-noyabrgacha “Huquqbuzarliklarga qarshi  kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020-yil 10-oktyabr kungi 147-sonli farmoyishi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020-yil 10-oktyabr kungi 127-sonli farmoyishlariga asosan tashkil etilgan mazkur oylik doirasida tumanimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha bir qator profilaktik choralar koʻrilmoqda. Xususan, tumanimizdagi ov qurollari bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olish, ov quroliga ega boʻlgan fuqarolar oʻrtasida profilaktik suhbatlar oʻtkazish hamda ularga nisbatan toʻplangan yigʻma  jildlari va qurol saqlash tartiblari alohida nazoratga olinib, tekshirilmoqda.

Bugungi kunda tuman Ichki ishlar boʻlimi hisobidagi 377 nafar fuqaroda 441 ta ov qurollari mavjud. Oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan bir kunda 44 nafar, tadbir boshlanganidan esa 288 nafar ov quroli egalari va mazkur qurollarning saqlanish holatlari tekshiruvdan oʻtkazildi.

Tekshiruvlar jarayonida ayrim ov quroli egalari tomonidan qurolni saqlash va undan foydalanish boʻyicha tartib-qoidalarga amal qilmaslik holatlari ham qayd etildi. Xususan, ov qurolini  saqlash va olib yurish, ovda foydalanish muddatlari tugagan, ruxsatnoma muddatlarini oʻz vaqtida uzaytirmagan shaxslar ham aniqlandi. Tartibga koʻra yiliga  ikki marta oʻtkazilib kelinayotgan nazorat tartibidagi tekshiruvlar “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi jarayonida qatʼiy roʻyxat asosida olib borilmoqda. Oylik davomidagi tekshiruvlarda kuniga bir, baʼzan undan ham koʻproq, tadbir boshlangandan beri esa 27 nafar ov quroliga ega shaxslar ov qurolidan foydalanish, saqlash, olib yurish, ov qilish muddatlarini oʻz vaqtida uzaytirmaganlari maʼlum boʻldi. Bu boradagi tartib-qoidalarga amal qilmagan ov quroli egalari Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 221-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildilar.

Ayni paytda “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish oyligi” davom etmoqda. Mazkur oylik jarayonida tuman Ichki ishlar boʻlimi hisobida turuvchi ov quroliga ega boʻlgan 377 nafar fuqarolarga tegishli 441 ta ov qurollari tuman Ichki ishlar boʻlimining jamoat tartibini saqlash guruhi xodimlari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazildi. Shuningdek, ruxsatnoma muddatlari tugagan ov qurollari egalariga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrildi. Aholi oʻrtasida bu boradagi tushuntirish-targʻibot ishlari qatʼiy reja-jadval asosida olib borilmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, agar sizning xonadoningizda yoki yaqinlaringizda tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan hisobga olinmagan, ov qurolini saqlash va olib yurish, ov qilish uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan ov quroli mavjud boʻlsa, bu haqda, albatta, boʻlimga maʼlum qilishingizni, “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligida faol ishtirok etishingizni iltimos qilamiz. Zero, bu bilan Siz xalqimizning tinchligi va osoyishtaligiga oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.

Karimjon TADJIBOYeV, tuman IIB Jamoat tartibini saqlash guruhi inspektori, katta serjant.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026