21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 21:40
Maqolalar 👁 248

ÖJAR QAYNONA VA AHIL OVSINLAR

ÖJAR QAYNONA  VA AHIL OVSINLAR

(Bölgan voqea)

Şarifa ena uç öğil östirdi. Öğillarining uçovi ham öqimişli, davlat idoralarida işlaşadi. Şuning uçunmi, kelin tanlaşda ham öğillarining köngliga qarab ötirmadi, öqimişli, kasb-korli qizlarga oğiz soldi. Ikkala kelinning biri şifokor, biri esa pillaçilik sohasi agronomi. Nima böldi-yu kenja öğli Abrorjon öz aytganidan qaytmadi, kollejni tikuvçilik yönalişi böyiça tugatgan qizni tanladi. Tağin qöşni tumandan.

Tibbiyot oliygohini tugatib qöşni tumanda işlab yurgan Abrorjon Şodiyaxondan boşqasiga uylanmasligini aytganida tepa soçi tikka böldi.

– Qöysang-çi, kampir, – dedi umr yöldoşi Tangri bobo uni fikridan qaytariş uçun, – hozirgi zamonda yoşlarning köngliga qaramasak bölmaydi. Suriştirdim, juda-a yaxşi oilaning qizi ekan. Axir öğling ham aqlsiz emas-ku!

– Men qayoqdagi öqimagan qiz uçun Abrorjonimni döxtirlikka  şunça yil öqitdimmi? – qizişdi Şarifa ena.

– Hov, kampirjon, – kuldi Tangri bobo, – mening onam rahmatlik seni kelin qilayotganlarida Tangriboy öğlimni falon yil öqitdim, Şarifa öqimagan ekan, demagan edi-ku!.

– Bu boşqa masala...

– Öğlingga kelganda “masala” özgarib qoldimi?

Tangri bobo kampirining nozik jihatiga işora qilgandi. Şarifa ena jim bölib qoldi.

Baribir töydan söng ham Şarifa ena öziça “öqimagan kelin”ga unçalik röyxuşlik bermay yurdi. Rözğori bölak katta kelini Nasiba şifokor bölgani uçunmi, sal şamollasa ham yotib oladi-da, qönğiroq qiladi. Boyaqiş kelin işdan çiqib ham, işiga borayotib ham qaynonasining ahvolidan xabar olişni kanda qilmaydi. Ikkinçi kelini esa uç farzandini boğçaga taşlab, işga çiqib ketaveradi. Bolalarni boğçadan Tangri bobo yoki Şarifa ena olib kelişadi. Pilla qurti parvarişi mavsumida-ku pillaçi kelin keça-kunduz tinim bilmaydi. Bunday paytlarda oşxona-yu, barça uy yumuşlari, bola tarbiyasi ham Şarifa enaning öziga qoladi. Abrorjon uylangaç, Şarifa enaning kun tartibi özgardi. Yangi keliniga unçalik röyxuşlik bermagan Şarifa enaning joni orom topdi.

– Oyoq-qöli çaqqongina  ekan, öqimagan bölsayam, –dedi bir kuni çoliga.

– Nima, öqiganning oyoq-qölida avtomobilnikiday tezlikni oşiradigan murvat böladimi, qiziqsan-a, kampir, – yarim hazil, yarim çin gapirdi Tangri bobo. – Şu qiliğingni qöy endi, uyat böladi.

– Şunça yil döxtirlikka öqigan bolamni aytaman-da, otasi, öziga öxşagan diplomli qizga...

– Bas qil, – jahli çiqdi Tangri boboning, – sening ham diploming yöq edi, men ham falon yil öqib döxtir bölgan edim. Nima, sen ham mening tengim emasmiding? Yoki uyingga qaytarib yuborişim kerakmidi?

Şarifa ena öpkalaganday, çoliga orqa ögirib ötirib oldi. Şunda oçiq turgan oşxona eşigi oldida Şodiyaxonning barça gapni eşitib, asta uy tomon yönalganiga közi tuşdi-yu, çoliga jahl bilan aytmoqçi bölgan gapi böğzida qoldi.

Abrorjon öziga umr yöldoş tanlaşda yanglişmagandi. Şodiya aqlli, şu bilan birga öz kasbining ustasi, öta mulohazali qiz edi. Qisqa fursat  içida butun mahalla ahlining “çevar kelin”iga aylandi. Kun böyi uy-rözğor işlaridan ortib, baʼzan keçalari iş tikdi. Qaynotasi yordami bilan mahalla guzaridan ikki xonali qarovsiz uyni ijaraga olib, çevarlik işini kengaytirdi. Yoş kelinçaklar, qizlarga iş örgatdi. Ikki-uç yil içida çevarlik ustaxonasiga 6-7 ta yangi rusumdagi tikuv maşinalari örnatdi. Farzandli bölgaç, biçiş-tikiş işlarini şogirdlari orqali boşqardi. Faoliyat kölami kengayib, qöşni mahallada, Manğit buyum bozorida özi tayyorlagan kiyim-keçaklar bilan savdo qiluvçi ikkita dökon işini yölga qöydi.

– Imorating bitdi, qolgan-qutganini  özlaring köçib borib, eplab olasizlar, – dedi  bir kuni pillaçi kelini Zubaydaga Şarifa ena.

– Hozir pilla mavsumi bölsa, bolalar bilan...

– Hay, bolam, – kelinini gapirgani qöymadi Şarifa ena, – öqib-öqib, keça-kunduz yugurib-yörtasan, sening xizmatingni qilayinmi, bola-çaqangnikinimi?  Endi öz aravangni özing tort.

Qaynonasining gapi kelinga oğir botdi. Doim ikki kelinim ham oliy maʼlumotli, deb kökragiga urib yuradigan  qaynonasini  tanimay qoldi. “Birov nimadir dedimikan?”  öyladi içida. Lekin sirtiga çiqarmadi. Şarifa ena qatʼiylaşdi. Hafta ötmay, ikkinçi öğlining ham rözğorini bölakladi.

Şunday kunlarning birida şifokor kelini oyoği qayrilib ketib, töpiğidan sindi. Şifoxonada bir hafta davolangaç, uyiga qaytdi-yu, rözğorning mayda-çuyda işlari  unga oğirlik qilib qoldi. Ikkala farzandi ham Toşkent şahrida taʼlim olişayotgani uçun Anvar xotinining oş-ovqatiga özi qaraydigan böldi. Buni körib Şarifa ena jahl otiga mindi.

– Men bolamni xotinining qöliga soçiq tuttiriş uçun öqitganmidim?!

– Kampir! – Ovozini kötarib urişib berdi Tangri bobo. – Şunday paytda biri-birini suyamasa, bunday turmuş nega kerak? Narvondan yiqilib, oyoğing singanida men seni opiçlab yurganman-a!

Şarifa ena bu safar ham tilini tişlab qoldi.

– Ena, heç xavotir olmang, – gapga aralaşdi Şodiyaxon, – men har kuni çeçamning uy işlarini qilib berayapman. Axir mening ovsinlarim bilan sizdan boşqa bu yurtda kimim bor?

Şarifa ena battar mulzam böldi. Bilsa, Şodiya ovsinining uy yumuşlarini qilişdan taşqari, örin-körpasini soliş, yiğiştirişni ham bajarayotgan ekan.

– Baraka topsin, – dedi kelini Nasibaxon Şarifa enaga Şodiya haqida gapirarkan. – Qaynoğamning oldida çöloqlanib yurmang, deb har kuni örnimni sozlab, ertasiga yana yangidan töğrilab beradi. Kir-çirlarimizni ham yuvayapti. Zubayda ham tez-tez kelib turibdi. Keça non, somsa yopgan ekan, olib keldi.

Şarifa ena kelinlarining bunçalik ahil ekanligini bilmas edi. Umrida birinçi marta ona bölib özining xato va gumonlarga öralaşib, kelinlarini birini-biridan ayirib yurganidan puşaymon böldi, iç-içidan mamnunligini sezdirmaslik uçun asta  örnidan qözğaldi. “Keça-kunduz işdan beri kelmaysan”, deb rözğorini dabdurust bölaklab taşlagan örtança kelini Zubaydani ham birrov köriş maqsadida öğli Azimjonning uyi tomon yöl oldi.

– Hay, nodon-a, nodon, – özini-özi koyib borardi u yöl böyi. – Sen ne desang  könib, biri-birining oldidan kesib ötmagan kelinlaringdan örgan turmuşni, odamgarçilikni!

Baribir Şarifa enaning köngli töq edi.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026