TURMUŞDA MUROSA BÖLSA TOTUVLIK MUSTAHKAMLANADI
Inson hayotiga mazmun beradigan, mehr-muhabbat, huzur-halovat topadigan maskan bu uning öz oilasidir. Oilani baxt makoniga aylantiriş esa har kimning öziga boğliq. Bu makonning tinç, fayzli, farzandlarning baxtli bölişida asosan er-xotinning har ikkisi ham öz burçlarini astoydil ado etişga intilişlari muhim sanaladi.
Yangi turmuş boşlagan oilaning oyoqqa turib ketişiga esa har ikki tomondagi ota-onalarning kömagi kerak. Ular yoşlarga turmuşda har xil vaziyatlar, hayot sinovlariga duç kelganda sabrli, bardoşli bölişni, bir-birini doim hurmat qiliş, qadrlaşni örgatişsa yangi oila tobora mustahkamlanib boraveradi.
Nukus tumanida yaşovçi Aysuluv (ismlar özgartirilgan) ham Jenisbek bilan turmuş qurganida bir olam orzular oğuşida edi. Ammo turmuşdagi sinovlarga sabr qilmadi. Şu xonadonning past-balandiga könikiş örniga özgalarning gaplariga quloq tutib, hayotini çigallaştirdi. Bir farzandli bölguniga qadar şunday yaşagan Aysuluv oxiri onasining uyiga qaytdi. Uyda ham turmuşdan ajraşgan opasi, onasi uni yölga solib qaytarmadi. Aksinça, ajraşişining tarafdori bölib, uni qöllab-quvvatlaşdi. Örtada farzand sarson bölişini, unga ota kerakligini öylaşmadi. Uşbu mojarolar nevarasini körişga uyga qaynonasi Mevagul kelganida yanada kattalaşdi.
Nevarasini soğingan ayol alamini kelindan olib, ularga bir ikki aççiq gap gapirdi. Jahl otiga mingan Aysuluvning opasi Marjon uni uydan haydab çiqardi. Şu orada janjal avjiga çiqib, Mevagulni eşikdan qanday itarib yuborganini bilmay qoldi. Muvozanatni yöqotgan ayol bösağadagi betonga boşi bilan yiqilib jarohatlandi. Içkarida qolgan Aysuluv bilan onasi ham bu mojarodan qon bosimi oşib, huşlaridan ketar ahvolga tuşgan edi.
Boşi jarohatlangan Mevagul şifoxonada davolanib çiqdi. Unga şikast yetkazgan Marjonga nisbatan esa Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Ota-bobolarimizdan kelayotgan murosayu-madora degan çiroyli tuşunça bor. Oilaviy hayotda, turmuşda har qanday muammo özaro maslahatlaşib, gaplaşib, tuşuntirib, bir-birini eşitib, bir töxtamga kelinsa noxuşliklar barham topadi. Şundagina örtada totuvlik böladi va oilalar mustahkamlanadi.
Umida Orazboyeva, Nukus şahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovçisi, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶