25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:21
Jamiyat 👁 271

YaNGI HISOBLAGIChLARNING AFZALLIGIGA BAGʻIShLANGAN MATBUOT ANJUMANI OʻTKAZILDI

YaNGI HISOBLAGIChLARNING AFZALLIGIGA BAGʻIShLANGAN MATBUOT ANJUMANI OʻTKAZILDI

Joriy yilning 27-noyabr sanasida Amudaryo tumani elektr taʼminoti korxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida oʻzaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga ommaga yetkazish, farmon bilan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga bagʻishlangan onlayn matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Onlayn matbuot anjumanida “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati bosh direktori Ziynaddin Kerimzatov, “Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasi” aktsiyadorlik jamiyati bosh direktori Fahriddin Xalillayev, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” Qoraqalpogʻiston filiali direktori Sergey Umbetov, respublikadagi ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar qatnashdilar. Shuningdek, tumanlardagi hududiy elektr taʼminoti korxonalari xodimlari, mahallalar raislari, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari onlayn tarzda  ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanida soʻz olgan masʼullar mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, yoqilgʻi-energetika kompleksiga va iqtisodiyotning boshqa asosiy tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish boʻyicha institutsional va tarkibiy islohotlar jadal surʼatlar bilan olib borilayotganligini taʼkidladilar.

Shu bilan birga, yoqilgʻi-energetika sohasi boshqaruv tizimini isloh qilish va tarif siyosatini takomillashtirish soha korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni yaxshilash, elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi debitor va kreditor qarzdorlikni qisqartirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, ushbu sohada moliyaviy intizomni yanada mustahkamlash maqsadida “Yoqilgʻi-energetika sohasida oʻzaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinganini qayd etdilar.

Shuningdek, anjumanda endilikda joriy etilayotgan yangi tizim elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimining maishiy isteʼmolchilar uchun afzalliklari xususida soʻz yuritildi. Xususan, mazkur tizim ishga tushirilganidan keyin isteʼmolchilar elektr taʼminoti korxonasi yoki banklar eshigida uzundan-uzun navbatlarda turishmaydi. Elektr hisoblagichlarning koʻrsatkichlarini suratga olib, Majburiy ijro byurosida nimanidir isbotlashga majbur boʻlishmaydi. “Hisoblagichingiz koʻrsatkichini yozib olay”, deb hech kim isteʼmolchini bezovta ham qilmaydi. Qolaversa, hisoblagich oʻrnatilgach, yangi tizimga ulanadi, kod kiritilib, hisob raqam ochiladi. Isteʼmolchilarga SMS xabar orqali barcha maʼlumotlar avtomatik tarzda yetkazib turiladi. Mobil telefon raqamiga ulanishi toʻlovni uydan chiqmay “on-line” rejimida amalga oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, “shaxsiy kabinet” orqali har bir isteʼmolchi qancha elektr energiyasi sarflaganini kuzatib turish imkoniga ega boʻladi.

Shu bilan birga  yangi tizimda hisoblagichdagi maʼlumotlarni kompyuter nazorat qiladi. Elektr taʼminoti korxonasi xodimlari uyma-uy yurishga ketadigan vaqtini tarmoqlarning texnik holatini yaxshilashga sarflaydi. Shuningdek, isteʼmol qilingan energiya haqidagi maʼlumotlarni yigʻishda inson omili taʼsiri kamayadi. Foydalanish jarayonida sansalorlik va byurokratiya kamroq – yangi avlod hisoblagichlari 10-yilda bir marotaba qiyoslovdan oʻtkaziladi.

Yangi «aqlli» hisoblagichning yana bir xususiyati shundaki, maʼlumotlarni soxtalashtirishga urinish, yaʼni hisoblagichga taʼsir oʻtkazish holatlari yuzaga kelsa, darhol oʻchadi va tizimga xabar joʻnatadi. Isteʼmolchi energiya toʻlovi toʻlanmagan taqdirda masofadan oʻchish xususiyatiga ham ega.

Matbuot anjumanida Qorqalpogʻiston Respublikasidagi 8 ta tuman ushbu yangi tizimga oʻtkazilgani qayd etildi va bu borada yuzaga kelayotgan muammolar, tushunmovchiliklar keng muhokama qilindi. Ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan yangi tizim xususida berilgan turli savollarga, masʼullar tomonidan aniq javoblar qaytarildi.

Aytish kerakki, joriy yilning shu davriga qadar tumanimizdagi 6 ming 778 ta elektr energiyasi isteʼmolchilarining jami 2 mlrd 43 ming soʻm miqdoridagi qarzdorligi mavjud boʻlib, tumanimiz ushbu yangi hisoblagich tizimiga oʻtkazilganidan keyin ushbu qarzdorligi boʻlgan isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi. Qardorligi bartaraf qilingan isteʼmolchilar shu zahotiyoq tarmoqqa ulanadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026