SUDDA MUQADDAM JINOYaT SODIR QILGAN ŞAXS USTIDAN MAʼMURIY NAZORAT ÖRNATILDI
Jinoyatçilikning oldini oliş va huquqbuzarliklar sodir etilişini kamaytiriş maqsadida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga sud tomonidan maʼmuriy nazorat örnatiş çoralari körilib kelinmoqda. Maʼmuriy nazorat örnatilgan şaxslar bilan muntazam ravişda yakka tartibda profilaktik suhbatlar ötkazilişi, bu böyiça belgilangan çoralarning amalga oşirilişi özining ijobiy samarasini bermoqda. Eʼtiborlisi, bunday şaxslar tomonidan boşqa jinoyat sodir qilinişining oldi olinmoqda.
2020-yil 4-dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça tuman sudining majlislar zalida tuman prokurori yordamçisi A.Niyazimbetov va tuman IIB XPB boşliği mayor O.Qosimovlar iştirokida sud majlisi ötkazildi. Uşbu sud majlisida “Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan maʼmuriy nazorat örnatiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining talabidan kelib çiqib, muqaddam oğir jinoyat sodir qilgan 1 nafar şaxs ustidan maʼmuriy nazorat örnatildi.
Maʼmuriy nazoratga olingan uşbu şaxs bilan doimiy ravişda profilaktik suhbatlar ötkaziş, unga töğri hayot yölini tanlaşga kömaklaşiş, foydali mehnatga jalb etiş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi. Bu boradagi tegişli vazifalar masʼullar zimmasiga yuklatildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶