25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:19
Jamiyat 👁 309

PROBATsIYa GURUHI NAZORATIDAGI 5 NAFAR ShAXS MUDDATIDAN OLDIN JAZODAN OZOD ETILDI

PROBATsIYa GURUHI NAZORATIDAGI 5 NAFAR ShAXS MUDDATIDAN OLDIN JAZODAN OZOD ETILDI

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida mahkumlarni axloqan tuzatish va ijtimoiy moslashtirish ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida Probatsiya xizmati tashkil etilib, 2019-yil 1-yanvardan oʻz faoliyatini boshlagan edi. Ushbu Qaror ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, tumanimizda ham ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi nazorati ostidagi ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini taʼminlash, oʻqishga va ishga joylashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish, eng asosiysi, shaxsni  tarbiyalash kabilar borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 11-dekabr sanasida tuman Ichki ishlar boʻlimining majlislar zalida oʻtkazilgan yigʻilishda ham tuman IIB Probatsiya guruhi nazoratidagi shaxslarning  muammolarini hal etishga koʻmaklashish, qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish, bandligini taʼminlash va ular tomonidan qayta jinoyatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish boʻyicha masalalar muhokama etildi. Shuningdek, mazkur yigʻilishda tuman IIB Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan 5 ta taqdimnomalarni koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Otabek Masharipov, tuman Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi xodimlari hamda Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar ishtirok etishdi.

Yigʻilish kun tartibidagi asosiy masala – Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslarning  muammolarini hal etishga koʻmaklashish, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy  maslahatlar berish, bandligini taʼminlash, kasb-korga yoʻnaltirish, qayta jinoyat yoʻliga kirishlarining oldini olish yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov atroflicha toʻxtalib oʻtdi. U oʻz soʻzida Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslarga sud hukmi talablariga amal qilishlari shartligini qayta jinoyatga qoʻl urmasliklarini, mamlakatimizda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrarligini, qonunni mensimaslik shaxsni jazodan ozod etmasligini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 15- va 73-moddalari mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berdi.

Yigʻilish kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan tuman Prokurori Javlonbek Muftullayev, tuman hokimining oʻrinbosari, Mahalla va oilani  qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, tuman  IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari Otabek Masharipovlar ham soʻzga chiqishib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shundan soʻng, nazoratda turgan shaxslarning muammolari oʻrganilib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Yigʻilish kun tartibidagi ikkinchi masala – Probatsiya guruhi tomonidan keltirilgan 5 ta taqdimnomalar boʻyicha ishlar ochiq sayyor sud majlisida koʻrib chiqildi. Sayyor sud majlisi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining  tegishli moddalari asosida axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm etilgan 3 nafar hamda ozodlikni cheklash jazolariga hukm qilingan 2 nafar shaxslar oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajarganliklari, mehnatga halol munosabatda boʻlganliklari sababli Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan oʻtalmagan jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindilar.

“Probatsiya” – bu sinov, degani. Demak, Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar ushbu nazorat, yaʼni sinov davrida oʻzini yaxshi xulq-atvorli, mehnatga halol munosabatda boʻlish orqali namoyon etsa, odil sud hamisha har bir shaxsning haq-huquqini himoya qiladi va odil hukm chiqaradi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026