“KIM VATANGA SODIQ BÖLSA, MENDIRMAN ÖŞA!” ŞIORI OSTIDA YoŞLAR BILAN HARBIYLARNING UÇRAŞUVLARI BÖLIB ÖTMOQDA
Ösib kelayotgan yoş avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ular ongiga özaro mehr-oqibat, millatlararo totuvlik, tinçlikni qadrlaş tuyğularini singdiriş, mamlakatimiz Mudofaa tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida keng tuşunçalar beriş maqsadida mamlakatimizda 2020-yilning 15-dekabr sanasidan 2021-yilning 15-yanvar sanasiga qadar “Vatanparvarlik oyligi” ötkazilmoqda.
“Kim Vatanga sodiq bölsa, mendirman öşa!” şiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida amalga oşirilayotgan adabiy-musiqiy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda jangovar sport öyinlari, harbiy texnikalar körgazmasi namoyişi, oşkora, samimiy muloqot tarzidagi tadbirlarda tumanimizning yuzlab yoşlari katta qiziqiş bilan iştirok etişmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri Qiliçboy ovulida ham ötkazildi. Vatanparvarlik oyligi doirasida bölib ötgan “Oçiq eşiklar kuni” tadbirida 9202 “K” harbiy qism zobit va askarlari, Qiliçboy ovuli yoşlari iştirok etişdi.
Tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Mahmud Şermetov, 9202 “K” harbiy qism zobiti, podpolkovnik S.Toşmatov va 2-darajali serjant O.Mahmudovlar iştirokida ötkazilgan “Oçiq eşiklar kuni”da zamonaviy harbiy qurol-aslahalar, harbiy texnikalar körgazmasi taşkil etilib, harbiylar tomonidan qöl jangi böyiça çiqişlar namoyiş etildi.
Şuningdek, tadbirda harbiy xizmat otlari, xizmat itlarining davlat çegarasini qöriqlaşdagi iştiroki amaliy maşqlar orqali körsatib berildi.
Tadbirda iştirok etgan 250 nafardan ziyod yoşlar harbiylar tomonidan namoyiş etilgan jangovar maşqlar, ayniqsa, qöl jangi, xizmat otlari va xizmat itlari iştirokidagi çiqişlarni katta qiziqiş bilan kuzatib, özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ayniqsa, harbiylar tomonidan yoşlarning savollariga berilgan javoblar katta qiziqiş uyğotdi. Öz navbatida köplab yoşlar ona Vatan himoyaçisi bölişdek orzu-intilişlari xususida tölqinlanib sözladilar.
Oylik doirasidagi “Kim Vatanga sodiq bölsa, mendirman öşa!” şiori ostida Manğit şahridagi 31-sonli maktabda ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi. 9202 “K” harbiy qism xodimlari, podpolkovnik S.Toşmatov, 2-darajali serjant O.Mahmudovlar iştirokida ötkazilgan davra suhbati şaklidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda yoşlar masalalari böyiça tuman hokimining örinbosari M.Şermetov sözga çiqib, barçani yangi 2021-yil hamda 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni bilan tabrikladi. Şuningdek, tadbirda öquvçi-yoşlar bilan 9202 “K” harbiy qism zobitlari dildan suhbatlaşdilar. Podpolkovnik S.Toşmatov hamda 2-darajali serjant O.Mahmudovlar öquvçi-yoşlarga Özbekiston Qurolli Kuçlarining qudrati va salohiyati, yoşlarning ona Vatan oldidagi yigitlik burçi, Vatanga sodiqlik tuyğusi haqida batafsil gapirib berişdi. Şu bilan birga ona Vatan himoyaçisi bölişga bel boğlagan, harbiy sohani tanlagan yoşlarning bilim olişlari, harbiy texnikalar sir-asrorlarini puxta egallaşlari uçun mamlakatimizda yaratilgan şart-şaroitlar, “Temurbeklar maktabi”, Oliy harbiy akademiyalar xususida yoşlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Ayni kunlarda “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi “Kim Vatanga sodiq bölsa, mendirman öşa!” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari, harbiy zobitlar va askarlar bilan yoşlarning uçraşuvlari davom etmoqda.
Otabek MAHMUDOV, 9202 “K” “Ayoqçi” harbiy qism xodimi, 2-darajali serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶