ARAFADA
(Hajviya)
Zamonning rivojiga gap yöq. Yon qöşnisi nevaralik bölganini uç kundan keyin eşitadigan odamlar janubiy qutbdagi muzlikdan qança kölamdagi muz bölagi ajralib çiqqanini şu kuni biladi. Telefonning foydali tomonlari ham juda köp. Davlatning xonadonidagi voqealarga ham telefon sabab böldi. Odatdagiday internet kovlab ötirgan rafiqasi Maryamjon birdan:
– Otasi, juda yaxşi er bölgingiz kelmaydimi? – deb sörab qoldi.
Yangi yilni döstlar bilan qayerda kutişni öylab ötirgan Davlat hayratomuz:
– Hali men yomon ermanmi? – deb savolga savol bilan javob berar ekan, xotinining navbatdagi ilmoqli gapi qanday çiqimga olib kelişini öylardi. Çamasi, döstlar bilan ötiriş orzusi çippakka çiqadiganga öxşab qoldi.
– Endi-i, menam sizning obröyingizni öylayapmanda, otasi, – dedi Maryamjon. – Yoningizda sizga yaraşib yursam yaxşimasmi? Mana bu yerda «Yaxşi er yangi yilda arçani bezatadi», deb yozişibdi. Yana oldingi vaʼdalaringiz ham bor.
Maryamjonning yorişib turgan yuzi, ovozidagi qandaydir yoqimli tuyğular ifodasi bugungi kunning aʼlo darajada ötişidan darak berib turardi.
Bu holat Davlatning könglini jöştirib yubordi. Hatto qöşnidan olgan qarzining qolganini yil oxirigaça beraman, degan vaʼdasi ham esidan çiqdi. Yana bir tomoni ötgan yili yangi palto olib beraman, deb işontirib bajarolmagan edi. Hozir gap aylanib şunga taqaladi-yov deb öyladi.
Öylaganiday bölib çiqdi. Davlatning aft-angoridan maqsadi tomon yöl oçilayotganini payqagan Maryamjon:
– Sönggi kelganida qudağayning egnidagi paltoni kördingizmi, juda yaraşib turuvdi, yoşi kattalarga mos ekan. Qimmatroq demasangiz – şu palto menga juda yoqdi, uni har yili olavermaysan-ku, – dedi tobora ovozi qatʼiylaşib.
Davlatning erligi tutib ketdimi yo boşqa sababmi, ertaga Manğit kiyim bozoriga borişga rozi böldi.
Maryamjondagi xuş kayfiyat hammaga yuqdimi – nonuşta juda xuş-çaqçaqlik bilan ötdi, hatto har kuni boğçaga borişda injiqlik qiladigan nevarasi Munira ham maşinaga özi çiqdi.
Bayram yaqinlaşganidanmi yo yaqinda pensiya berilgani taʼsirimi – bozor gavjum. Kimdir nevarasiga kurtka tanlayotgan, kimdir bölajak kelinini töy oldidan kiyintirayotgan, Davlatga öxşab xotini bilan yetaklaşib yurganlar ham ançagina ekan. Davlatning baxtigami yo opasi oldinroq xabarlaşganmi, bozorda mayda-çuyda sotib yuradigan qaynsinglisi Sanamjon uçrab qoldi – molni taniydigan odam bölgani yaxşi-da.
Böy-bastiga mos, rangi ham töğri keladigan, sotuvçining gapiga qaraganda bir uçrab qolgan, juda kam keladigan paltoni Davlatning çamasidan ança qimmat bölsa ham olişga kelişdilar. Davlatga, ayniqsa, sotuvçining «Xotiniga şunday qimmat sovğa qiladigan er uçun falon söm qaytaman» deyişi juda yoqib tuşdi. Bozor körgan qaynsinglisining kelişuvlardagi hissasi katta böldi.
Asrlik muammodan qutulganday şod Davlat, quvonganidan oğzi quloğida bölgan Maryamjon, ularning koriga yaraganidan mamnun Sanamjon bozordan çiqar ekanlar şu yerdagi kafe yonida Davlatning bolalik dösti Erimbat uçrab qoldi:
– E, muborak bölsin, töylarga kiyiş nasib etsin, Maryamjon, qöşasiga döstimga ham olmabsizlarda, – deb quçoq oçib keldi, lekin hozirda udum bölganiday tirsak uriştirib salomlaşdilar.
– Ammo lekin, yuvadigan narsa bölibdi, poyğozi ham tayyor, – çöntak kovlay boşladi Erimbat.
Bu Davlatning hamiyatiga tegdimi yo beklikni qöldan bergisi kelmadimi, harqalay pulining kamayib qolganiga ham qaramay:
– Yur, yuvsak yuvganimiz, mana bu kafega kiraylik, – dedi.
Erimbat könmadi:
– Bu yerda yoşlar köp, bizga töğri kelmaydi, nariroqda holiroq joy bor, şunga boramiz, – deb turib oldi.
Ayollar ötirişga könişmadi, Maryamjon ular çiqquniça dehqon bozordan u-bu xarid qilib çiqadigan, keyin taksi bekatiga kelib, birga uyga qaytadigan bölişdi. Bozorda kötarib yuramizmi, deb palto solingan yelim xaltani Davlatda qoldirişdi.
Erimbat aytgan joy rostdan ham şinamgina, asosiysi issiq, yöldan çetroqda ekan. Ikkisi oz-ozdan olişdi. Erimbat bozorga bir özi kelmagan ekan, birozdan keyin «muborak bölsin» aytişib yana ikki yigit kirib kelişdi…
– Turmaysizmi, hamma çoyini içib böldi-ku!
Uyğoq bölsa-da boşi qattiq oğrib, köngli behuzur bölayotganidan örnidan turgisi kelmayotgan Davlat xotinining zardali ovozidan biror kor-hol yuz berganini sezib, huşyor tortdi. Boş oğriği ham pasayganday böldi. Uning odati içib kelgan kunining ertasi telefonini izlar edi. Telefon yonida bölsa, demak, hammasi joyida bölardi. Telefonini körib sal xotirjam tortdi-da, asta turib kiyinarkan, keçagi kun qanday keçganini xayoldan ötkaza boşladi. Bozorga çiqqanlari, paltoni «yuviş»ni boşlaganlari esiga tuşdi-yu u yoğini eslay olmadi. Taşqi eşikning oçilib-yopilganidan, xotinining ovozi eşitilmay qolganidan keyin uning tovuqlaridan xabar olgani çiqqanini sezib, Erimbatning nomerini terdi. Uç tört qönğiroqdan keyin döstining ovozi keldi:
– Keça-ku rosa ovora qilding, bugun tinç dam olişga qöysangçi, örgilay öşa paltoningdan ham, – döstining ovozi birdan öçdi.
Darvoqe, palto?!
Davlat izlab yangi paltoni topolmadi, xotinidan söraşga botinmay, yana Erimbatga telefon qildi. Erimbatning ovozi avvalgidan ham noroziroq çiqdi:
– Yana nima deysan?
– Qanday tarqalişdik özi?
Paltoni ham topolmayapman, – söradi Davlat könglidagi xavotiri tobora kuçayib borarkan.
– Keça yana bir-ikki joyga bordik, özing qöymading. Sönggisida puling yetmay paltoningni garovga qöyib, aroq olganing esimda. Qaysi joy ekanini sönggi kelganlardan sörarsan, – döstining ovozi yana öçdi.
Davlatning köngil aynişi birdan kuçayib taşqariga yönaldi…
Ahmad NAFASOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶