“Kim Vatanga sodiq bölsa, mendirman öşa!” şiori ostida sport musobaqalari taşkil etildi
13-yanvar kuni Amudaryo tumanida ham Vatan himoyaçilari kuniga bağişlab, tuman hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport bölimi, Tibbiyot birlaşmasi, Xalq taʼlimi bölimi, Mudofaa işlari bölimi, Içki işlar bölimi, Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi hamkorligida “Kim Vatanga sodiq bölsa, mendirman öşa!” şiori ostida sport musobaqalari taşkil etildi.
Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşining sport maydonçasida bölib ötgan uşbu musobaqada tumandagi umumiy örta taʼlim maktablarining sportçi yoşlari iştirok etdilar. Sport musobaqasining tantanali oçiliş marosimida hamkor masʼullar iştirokçilarni Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan tabriklab, musobaqa qatnaşçilariga omad tiladilar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining hamda tuman hokimining farmoyişlari ijrosini taʼminlaş, soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkaziş borasida amalga oşirilayotgan işlarning samaradorligini oşiriş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularni sport musobaqalariga ommaviy tarzda jalb qiliş maqsadidagi mazkur musobaqalar dastlab 8 ta hududda ötkazilib, 858 nafar yoşlar qamrab olingan edi. Şu kungi yakuniy bosqiç uçun ötkazilgan musobaqalarda esa 88 nafar sportçi yoşlar sportning arqon tortiş, mini futbol, harbiy sport turlari, yaʼni 1000 metrga yuguriş, turnikda tortiliş, granata uloqtiriş, öq otiş, kuç sinaşiş turlari böyiça özaro bellaşdilar.
Taʼkidlaş joizki, Vatan, xalq, ajdodlarimiz, buyuk allomalarimizning şuhratini dunyoga tarannum etişda, yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda, har tomonlama yetuk, jismonan soğlom, bilimli va fidoyi farzand qilib şakllantiriş yölida xalq, albatta, özining buyuk kelajagini barpo etişga qodir. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir insonning qalbiga Vatan tuyğusini singdiriş, bir neça ming yillik moddiy va maʼnaviy madaniyat maskanlaridan biri – ona Özbekistonimizning haqiqiy jonkuyari bölişga erişiş hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Yoşlar qalbida Vatan himoyasi yölidagi mardlik va şijoat namunalarini şakllantiriş, birdamlik, joylarda soğlom maʼnaviy muhitni barqarorlaştirişdek ezgu maqsadlar közlab ötkazilgan mazkur musobaqalar davomida yoş sportçilar özlarining çaqqon va epçilliklarini, abjirligini, sport mahoratini namoyiş etib, ğoliblik uçun harakat qildilar.
Musobaqa natijalariga köra, arqon tortiş böyiça 1-örinni 3-sonli maktab jamoasi, 2-örinni 41-sonli maktab jamoasi, 3-örinni 31-sonli maktab jamoasi qölga kiritişga muvaffaq bölişdi. Mini futbol musobaqasida 1-örinni 4-sonli maktab jamoasi, 2-örinni 17-sonli maktab jamoasi, 3-örinni 9-sonli maktab jamoasi qölga kiritdi. Şuningdek, harbiy sport musobaqalarida 41-sonli maktab jamoasi 1-örin, 3-sonli maktabi jamoasi 2-örin, 12-sonli maktab jamoasi 3-örin ğolibi deb topildi.
Tadbirning yakunlovçi qismida musobaqa ğoliblariga tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimining diplom va faxriy yorliqlari topşirildi. Ğolib jamoalar tuman hokimligi, Xalq taʼlimi bölimi, Milliy gvardiya, Içki işlar bölimi tomonidan ham sovğalar bilan taqdirlandi.
Yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida ötkazilgan uşbu sport tadbirlari ular qalbidagi yurtga daxldorlik tuyğularini yanada yuksaltirdi.
X.Ismailov, tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶