25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 11:37
Jamiyat 👁 509

YOʻL TRANSPORT HODISASI MUHOKAMASIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

YOʻL TRANSPORT HODISASI MUHOKAMASIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Har kim ertalab ezgu niyatlar bilan ostona hatlab koʻchaga chiqadi, ishga borish, hayotiy zarurati tufayli transport vositasiga minadi.

Keyingi yillarda fuqarolarning hayoti farovonligi ortib borayotgani deyarli barcha xonadonlar shaxsiy transport vositalariga ega ekanligida ham koʻrinadi. Bu albatta, quvonarli hol. Biroq koʻchalarda avtotrasport boshqarish qoida va meʼyorlariga amal qilmaslik, haydovchi va piyodalarning bilim-koʻnikmalari, qonunga itoatkorligi,boshqa yoʻl harakati ishtirokchilariga oʻzaro hurmatining pastligi oqibatida yoʻl-transport hodisalari, koʻplab yoʻqotishlar sodir boʻlayapti. Barchaning koʻz oʻngida yuz bergan avtohalokatlar oqibatida ne-ne alamlar, yurakni larzaga soluvchi yoʻqotishlardan ayrimlar oʻziga xulosa chiqarib olmayapti. Natijada bunday koʻngilsiz hodisalar davom etayotir.

Hozir soʻz yuritmoqchi boʻlganimiz - bir yosh yigitning umriga zomin boʻlgan ayanchli yoʻl transport hodisasini sodir etgan yigit ham «qushday uchadigan» mashinasida, yoʻlda hech kimni pisand qilmay, faqat oʻzimman, deb tezlikni meʼyordan oshirgan. Aslida u oʻsha kuni Toshyop ovulida uylanayotgan tanishining toʻy xizmatiga yaʼni «gulyanka»siga chiqqan, mashinasiga bir necha kuyov joʻralarni mindirib ketayotganida, Mangʻit aylanma yoʻlidan 3 kilometrida boshqaruvni yoʻqotishi natijasida yoʻlning qarama qarshi tomoniga chiqib ketib, yoʻl chetiga agʻdarilib, yoʻl transport hodisasini sodir qilgan. Oqibatda mashinada boʻlgan bir yigit olamdan oʻtgan, ayrimlari turli darajada tan jarohati olishgan.

Jarohatga-ku shifo topilar, biroq bevaqt soʻlgan navqiron yigitni hayotga qaytarib boʻlmaydi-da. Ha, bu - eng achinarlisi.

Shu yilning 20-yanvarida tuman hokimligi majlislar xonasida ushbu hodisa muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Ichki ishlar, prokuratura masʼullari, tumanimizdagi oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari va oʻrinbosarlari, jamoat tashkilotlari vakillari FHDYo, Yusuf Eshon bobo jomʼe masjidi vakillari   ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev ochdi va olib bordi. U yuqoridagi qayd etilgan hodisani tilga olib, huquq-targʻibot organlari, fuqarolar yigʻinlari masʼul xodimlari kelgusida buningdek hodisalar qayta sodir boʻlmasligi uchun toʻy-marosimlar belgilangan tartibda oʻtkazilishi, «gulyanka»larda mashinalarning soni va harakatini tartibga solish, yosh-yosh yigit-qizlarning beʼmani odatlar qurboniga aylanib qolishiga chek qoʻyish lozimligi xususida gapirdi. Axir inson hayotga bir marta keladi. Insoniylikka toʻgʻri kelmaydigan «orzu-havas» uchun kim oʻzarga toʻy berishlarga chek qoʻyib, yoshlarning baxtli-saodatli boʻlishi uchun intilmogʻimiz lozim. Axir ular kelajagimiz, deya taʼkidladi u oʻz soʻzida.

Mavzu yuzasidan tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, imom xatiblar va yoʻl transport hodisasi ishtirokchilari istiqomat qiladigan ovul fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Toʻy-tantana va boshqada marosimlarni belgilangan tartibda oʻtkazishni taʼminlash yuzasidan yoʻl harakati xavfsizligi xodimlariga, profilaktika inspektorlariga va oʻzini oʻzi boshqarish organlari masʼullariga qatʼiy topshiriqlar berildi. Ijrosini esa tuman prokuraturasi va Ichki ishlar boʻlimi oʻz nazoratiga oladigan boʻldi.

Yoʻl transport hodisasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026