21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 19:59
Maqolalar 👁 329

KARANTIN

KARANTIN

(Hayotiy voqea)

Zarnigor egizak farzandlari tuğilgaç, ularning katta bölişini kutib, uç yilgaça işga çiqmadi. Bolaga qarab turganlik uçun beriladigan ikki yillik taʼtil muddati tugagaç qaynonasi:

– Endi işga çiqaver, avval bolang bitta edi, endi uçta böldi, bu yeyman-içaman, degan uçta oğiz, degani. Özingni ham qöşsak, törtta oğizsizlar, – dedi barmoqlarini bir-bir bukib.

Buni eşitgan eri onasidan ranjiganini yaşirmadi:

– Bu nima deganingiz, ona, axir men işlayapman, bolalarga oy sayin davlat nafaqa berayapti, – dedi astoydil xafa bölib.

– Sen hali hisob-kitob qiladigan, xotiningning yonini oladigan vallomat bölib qoldingmi-a?

Onasiga heç qaçon tik qarab, qarşi gap gapirib örganmagan Quvonç indamay eşik tomon yönaldi. Tilining uçida turgan gapini içiga yutib ketavergisi kelmadimi, orqasiga ögirilib:

– Zarnigor Hasan-Husanga qaraydi, işga çiqmaydi, qaçonki, bolalar uç yoşga tölsa, ana şunda işlaydi. Ungaça heç kimga malol kelmaydigan qilib şu «törtta oğiz»ni özim boqaman! – dedi-yu, eşikdan şartta çiqdi-ketdi.

Hamma mojaro şundan söng boşlandi. Erini öziga oğdirib olgan ham, işlamay tişlayotgan boqimanda ham Zarnigor, lölilar yurtidan kelib qönim topgan löli ham Zarnigor böldi. Zarnigor qaynonasining hamma kesatiqlariga çidadi-yu uning özi qolib, ota-onasini haqoratlaşga ötganiga çidamadi.

– Lölining qizi nima bölardi, lölidan ötib, – tinmay javrardi qaynonasi. – Ola xaltangni kötarib tilançilik qilib yurganingdan keyin seni heç kim olmaganda. Devona-darveş ota-onang Quvonçimni issiq-sovuq qilib, oğdirib olgan. Bölma-sa, ovul-elda Şohsanamday qizlar bolamning yölida soçini tarab yurgandi-ya!

– Ota-onam löli emas, öqimişli, biri öqituvçi, biri konda muhandis, uyalmaysizmi, ena, axir ular qudalaringiz-ku! – yozğirdi Zarnigor.

Baribir qaynonasi javraşdan töxtamadi. Buxoroning Kogonidan kelin olganidan puşaymonligini, qöni-qöşnilari ham unga «löli kelinning qaynonasi», deb qaraşlarini, Zarnigor kelib öğli ham aynib qolganini iddao qilaverdi. Oxiri Zarnigor qölini siltadi-yu, öz işlariga şönğidi. Oradan hafta-ön kunlar ötib, mustaqillik bayrami arafasida Buxorodan ukasi Muslimbek qönğiroq qildi. Otasi betob ekan, Zarnigorni körgisi kelayotganini aytibdi. Hasan-Husanga homilador bölganidan beri yurtiga bormagan Zarnigorning soğinçdan közlari namlandi. Axir uç yilça bölibdi-ya! Karantin muddatlari ham çözilaverdi. Ota-onasini, tuğişganlarini qattiq soğinganini his etdi u.

Keçqurun eri kelgaç, dilidagini aytdi:

– Otam betob ekan, endi nima qilaman? Bolalar…

– Xafa bölaverma, bir ilojini qilamiz, – xotinini yupatdi Quvonç. Özi aytganiday, ilojini ham topdi. Öquvçilarning qişki taʼtil paytida maktabda işlar ham kamayadi, bolalarini olib, Zarnigor bilan birga boradi, onasini ham köndirdi. Ertalab bu haqda ota-onasi bilan maslahatlaşdi. Otasi Nurmat bobo:

– Bemor otaning holidan xabar olmaslik – gumrohlik, – dedi bosiqlik bilan. – Maşinangni sozla, opang bilan men ham boraman.

Çolining bu qarori Xatça enaga yoqmadi:

– Işga çiqmay bolasiga qaraydigan kelin endi Kogonga boradimi?

Nurmat bobo kampiriga öqrayib qaradi-yu, heç narsa demadi. «Gap tamom» deganday, örnidan qözğaldi.

Quvonç maktab direktoridan ikki kunga ruxsat oldi. U yoği uç kun bayram, ixtiyorida beş kun bor, bemalol qaynotasini ziyorat qilib qaytişga ulguradi. Ertasigayoq yölga çiqişdi. Çoliga öçakişdimi, kelinigami, Xatça ena uyda qoldi. Quvonç qizi Mohinur va Hasan-Husan va Zarnigorni olib, otasi bilan Buxoroga jönab ketdi. Borişsa, qaynotasi Kogon şahar kasalxonasida ekan. Boyaqiş ota emasmi, uç yildan beri qizini soğinganigami, ança vaqt quçoğidan qöymadi, nevaralarini birma-bir qöliga olib, quvonçdan közlari yoşlandi.

– Karantin bölib, biz ham Amudaryoga borolmadik, bolam, – dedi nafasi qisib, harsillagança otasi.

Zarnigor ikki-uç kun qarindoşlari davrasida yayradi. Otasi ham öziga kelib qolganday böldi. Eri ertaga yölga çiqamiz, deganida yuragidan nimadir uzilganday böldi. Yozning örtasida virusdan zararlanib, hamon kasallik asoratlaridan azob çekayotgan otasining yonidan heç ketgisi kelmasdi uning. Ota-bolaning biri-biriga mahzun termulişlarini körgan Nurmat bobo:

– Quvonç, öğlim, kelin uç yildan beri yurtiga kelmagan edi, mayli tuğişganlarining mehriga töysin, bir-ikki haftaga qolaqolsin, – dedi çin dildan.

Bu fikr otasidan çiqqani uçun Quvonç köndi.

– Poyezdga çiqarib, qönğiroq qilamiz, poçça, bemalol yetib olişadi, – opasining biron hafta qolişini istayotgan Muslimbek Quvonçga umidvor tikildi.

Zarnigor şu zaylda bir-ikki hafta emas, naq uç oy Buxoroda qolib ketdi. Qizi, nevaralari diydoriga orzumand bölgan otasi Sangin toğa qudasi bilan kuyovi ketgaç, oğirlaşib qoldi. Öziga kelmay bir hafta yotdi-yu bandalikni bajo keltirdi. Marhumning katta-kiçik maʼrakalari ötgunça ota uyida qolgan Zarnigor musibatni kötarolmay yotib qolgan onasiga qarar, qaynonasining tinmay qilayotgan qönğiroqlariga uzuq-yuluq javob berar, erining «özim bormagunça bolalar bilan yölga çiqma», degani uçun onasi va ukasi Muslimbekka Amudaryoga qaytiş töğrisida gap oçmasdi.

Şunday kunlarning birida qaynonasi qönğiroq qildi:

– Hov, qaçon qaytasan, qaytasanmi özi? Yo qaytişingni bira töla karantin qilib qöyaylikmi? – dedi salomiga alik ham olmay.

Köngil söraş, onang yaxşimi, deyiş örniga qaynonasining bunday muomalasidan Zarnigorning dili oğridi. Nima qilsin, indamadi. Şu kuni keçqurun eri bilan qaynotasi ham qönğiroq qilişdi.

– Karantin ança yumşatilyapti, biz yölga çiqdik, qizim, – dedi Nurmat bobo. – Xudo xohlasa, körişamiz.

Tongda Kogonga yetib kelgan Nurmat bobo bilan Quvonçni körgan bolalarining quvonçidan Zarnigorning dilidagi ğamlik ariganday böldi.

– Quda xolamniyam olib kelmabsizda, – dedi Muslimbek ular bilan körişarkan.

Ança öziga kelib qolgan onasi Nurmat boboga mehr bilan boqarkan:

– Yolğiz qizim Amudaryoda, yetti yot begonalarga qanday el bölarkan, deb qayğurar edim. Ming şukur, sizlarday mehribonlari bor ekan, – dedi minnatdorçilik bilan.

– Qöysangiz-a, qudağay. Zarnigor Amu elining öz qizi, begonasi bor ekanmi? Ovul-el töla öquvçi bolalari bor. Karantin yumşatildi, maktab oçildi, Zarnigor ustoz işga qaçon çiqadi, deb kutib turibdi-ya, siz karantinni bekor qilsangiz böldi, Zarnigor qizimni olib ketaveramiz, – hazillaşdi Nurmat bobo.

Bu gaplardan söng, Zarnigor ham, Muslimbek bilan onasi ham yayrab kulişdi. Ertasiga Nurmat bobo qudasining qabrini ziyorat qildi, Manğitdan Alloh yöliga ehson deb olib kelgan qöçqorni söyib, kelini ulğaygan mahalla oqsoqolini çaqirdi va jonliqning göştini ehtiyojmand oilalarga tarqatişni iltimos qildi. Şundan sönggina köngli xotirjam bölgan Nurmat bobo kelini va nevaralarini olib Manğitga qaytdi.

Zarnigor ostonadan hatlarkan, qaynonasining gap bilan uzib olişini kutdi. Lekin unday bölmadi. Içkaridan quçoqlarini keng oçib kelgan Xatça ena:

– Jonim qizim, jonim bolalarim-ay, omon-eson, omon-eson bağrimga qaytgan oftoblarim-ay, karantin degan baloga öt tuşsin-a, öt tuşsin! Virus degan baloga qiron kelsin-ay, – deya tinmay gapirar, goh nevaralarini, goh Zarnigorni bağriga bosardi.

Karantin bölib qudasining janozasiga boraolmagani, qudağayini köra olmaganini qayta-qayta aytarkan Zarnigorga:

– Karantini qursin-a, karantini qursin, endi maktabingga çiqaver, bolam, nevaralarimni özim parvarişlayman, – dedi çin dildan.

Onasining kelini va nevaralarisiz hayoti zerikarli bölib qolganini bilgan Quvonç xotiniga asta qarab közini qisib qöydi:

– Virusning karantini yumşatilyapti, sizning «karantin»çi, bekor böldimi, ona? – Xatça enaning kelinining qaytişini taʼqiqlayman, deb qizişib yurganiga şama qildi öğli.

– Hay, bolam-a, onalarning tilida «karantin» bölgani bilan könglida kir ham bölmaydi,  köngli oçiq darvoza onalarning! – dedi çaraqlab kularkan Xatça ena.

Hammalari yayrab kulişdi, göyo heç qanday virus, heç qanday karantin va ğamlik bölmaganday edi.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026