MAJBURIY MEHNATGA JALB QILIŞ JAVOBGARLIKKA TORTIŞGA SABAB BÖLADI
Bugungi kunda “majburiy mehnat” mavzusini keng tarğibot qiliş zaruriyati yanada dolzarb bölib bormoqda. Çunki ijtimoiy tarmoqlarda majburiy mehnat holatlari turliça talqin qilinib, masalaning ildiziga yetişda bu boradagi qonun hujjatlaridan töla xabardor emaslik oqibatida vaziyatni çigallaştirib yuboriş hollari uçramoqda. Fuqarolar, huquqiy şaxs maqomidagi subʼektlar, iş beruvçilar va işlovçilarning mehnat qonunçiligi böyiça amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlaşda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanişimiz zarur deb uylayman.
Xöş, majburiy mehnat nima va u qanday körinişlarga ega? Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga muvofiq, “Har bir şaxs mehnat qiliş, erkin kasb tanlaş, adolatli mehnat şaroitlarida işlaş va qonunda körsatilgan tartibda işsizlikdan himoyalaniş huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni ötaş tartibidan yoki qonunda körsatilgan boşqa hollardan taşqari majburiy mehnat taqiqlanadi.”
Bu kabi meʼyorlarni Mehnat kodeksining 7-moddasida ham kuzatişimiz mumkin: “Majburiy mehnat, yaʼni biron-bir jazoni qöllaş bilan tahdid qiliş orqali (şu jumladan mehnat intizomini saqlaş vositasi tariqasida) iş bajarişga majburlaş taqiqlanadi” deb belgilab qöyilgan. Quyidagi işlar, yaʼni harbiy yoki muqobil xizmat töğrisidagi qonunlar asosida, favqulodda holat yuz bergan şaroitlarda, sudning qonuniy kuçga kirgan hukmiga binoan va qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda bajarilişi lozim bölgan işlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
Heç kim şaxsni işdan böşatib yuboraman, oyligingni kamaytiraman, lavozimingni tuşiraman va boşqa tahdidlar bilan majburiy mehnatga jalb qilişga haqli emas. Demak, xodimni zörlaş yoki qörqitiş, jazo qöllaş, mehnat faoliyati va rağbatlantirişni çeklaş kabi usullar orqali bevosita mansab vazifasiga kirmaydigan har qanday işga jalb qiliş majburiy mehnat deb topiladi. Xodimlarni ularning ixtiyorisiz obodonlaştiriş, mavsumiy qişloq höjaligi va quriliş işlariga, şuningdek, turli tadbirlarga jalb qiliş kabilar ham majburiy mehnatning körinişlari deb baholanadi.
Majburiy mehnat elementlari quyidagi majburiy mehnat indikatorlari orqali öz ifodasini topadi yoki baholanadi: Aldaş, harakatlanişni çeklaş, izolyatsiya qiliş, jismoniy va jinsiy zöravonlik, döq-pöpisa va qörqitişlar, şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni olib qöyiş, maoşni tölamaslik, zaiflikdan foydalaniş, qarzga botiriş, mehnat va yaşaşning tubdan şaroitlari, öta köp soat davomida işlatiş, huquqlar, ustunliklar, imtiyozlardan mahrum etiş. Şulardan, döq-pöpisa va qörqitişlar hamda öta köp soat davomida işlatiş kabi indikatorlar bizda köproq uçraydi.
Majburiy mehnatga jalb qilganlik uçun javobgarlik belgilangan. Özbekiston Respublikasi MJTKning 51-moddasiga köra, mehnatga biron-bir şaklda maʼmuriy tarzda majburlaş, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining yetmiş baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
N.Jumaniyozova, tuman “Madad” huquqiy maslahat byurosi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶