SAYYoR UÇRAŞUVDA YoŞLARNING IŞ BILAN BANDLIGI BORASIDAGI MUAMMOLAR ÖRGANILDI
Yoşlarni iş bilan taʼminlaş borasidagi muammolarni örganiş, Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda ötkazilgan tadbirda berilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş maqsadida yoşlar bilan sayyor uçraşuv taşkil etildi. Uçraşuvda tuman prokurori örinbosari Rahmon Sankibayev, Özbekiston Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Jasur Davletov, tumandagi tegişli idora va taşkilot rahbarlari, 56 nafar faol yoşlar iştirok etdilar.
Yoşlar bandligini taʼminlaş, muammo va takliflarini örganiş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda munosib şart-şaroitlar yaratib beriş bugungi kunda dolzarb masalaga aylandi. Şu bois ayni kunlarda sektor rahbarlarining joylarda yoşlar bilan uçraşuvlari taşkil etilib, ular örtaga taşlagan taklif va muammolarning ijobiy yeçimi yuzasidan bir qança amaliy çoralar körilmoqda.
Amudaryo tumandagi 16-sonli maktabda ham şunday uçraşuv ötkazildi. Uçraşuvda tumandagi tegişli idora va taşkilot rahbarlari hamda 56 nafar faol yoşlar iştirok etdilar.
Uçraşuvda tuman prokurori örinbosari Rahmon Sankibayev sözga çiqib, mamlakatimizda yoşlarning yuksak marralarni egallaşlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, çeksiz imkoniyatlar haqida töxtaldi. Yoşlarni öqib bilim olişga, şijoat bilan olğa intilişga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand bölişga daʼvat qildi. Şuningdek, tumanimizning bilimga çanqoq, izlanuvçan yoşlari haqida özining samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.
Şundan söng, tuman Içki işlar bölimi boşliği örinbosari Sulton Jarlikaganov hozirgi kunda tumanimizda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, yoşlar örtasidagi huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar xususida söz yuritdi. Yoşlarning ilm-fan çöqqilarini egallab, har biri yurt kelajagiga daxldorligini his qilgan holda Vatanga munosib farzand bölib kamolga yetişga harakat qilişi lozimligini alohida taʼkidladi. Şuningdek, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ilm-maʼrifatning inson hayotidagi ahamiyati haqida munosabat bildirdi.
Uçraşuv davomida yoşlar tomonidan berilgan savollarga atrofliça javob berilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.
Jumladan, Oq oltin ovuli hududida yaşovçi fuqarolar Samad Xalillayev kasb-hunarga öqitiş, avtomobillarga avtotex xizmatini körsatiş, Rayxon Gulmurodova, Faxridin Bobojonovlar subsidiya asosida issiqxona quriş, Sevara Köklanboyeva, Dilobar Allayorovalar kredit asosida çorvaçilik yönalişida öz taʼdbirkorligini yölga qöyiş böyiça amaliy yordam sörab murojaat qildilar. Şuningdek, Durunki maxallasida yaşovçi fuqarolardan Dinara Yöldoşeva çorvaçilik yönalişida öz tadbirkorligini rivojlantiriş maqsadida kredit oliş, oliy maʼlumotli Nargiza Eşçonova öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşiş böyiça, Nargiza Yerjanova aliment olişda amaliy yordam körsatilişini sörab murojaat qildilar. Öz navbatida masʼullar tomonidan yoşning muammolarini bartaraf qiliş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berildi.
Uçraşuvda yoşlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilinişi bilan bir qatorda ularning taklif va taşabbuslari körib çiqildi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶