21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 17:49
Jamiyat 👁 253

TINIB-TINÇIMAGAN KEKSALAR

TINIB-TINÇIMAGAN KEKSALAR

Hayot dorilfunun. Dunyoga kelib, yaxşi-yomonni farqlaşni, jamoatda ötiriş, turiş-u yaşaşni, yaxşi-yomon voqealardan tegişli xulosa çiqarib, öz hayotimizga tatbiq etişni uşbu beminnat dorilfunundan örganamiz.

Şunday bölsa-da, baʼzida hayotda hamma muammolar pul bilan hal böladiganday, elaro obrö-eʼtibor, hurmat-ehtirom qozoniş uçun mablağ zarurdek, şohona hayot göyoki eng totli va sururlidek tuyulib ketadi, odamga.

Biroq hayotga çuqurroq nazar solsangiz – alloma şoir bobomiz Alişer Navoiy hazratlari:

Bu gulşan içraki, yöqdir baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur, çiqsa yaxşilik birla ot,

deganlariday, ötkinçi dunyoda savobli işlar qilib, yaxşi nom qozoniş ulkan saodat ekanligini anglaysiz.

Ha, çor-atrofimizda oddiygina, el qatori yaşab, borini ezgu amallarga sarflayotgan, yurtdoşlarimizning haqli eʼtiroflariga sazovor bölayotgan insonlar talay.

Tumanimizning Beşovul mahallasida istiqomat qiluvçi taʼlim faxriysi Safarboy Annamurodov, umr hamdami Örozgul Boymonovalar oilasi ana şunday – elda ibratli oilalardan sanaladi.

Safarboy aka 1953-yilda tuğilgan. Tört yoşida, hali oq-qorani anglaşga ulgurmay otasidan ayrildi. Endi rözğor taşvişi, uç öğil va bir qizning tarbiyasi xonadon bekasi, sobiq M.Gorkiy nomli sovxozda işçi bölib işlovçi Oyimjon Annamurodovaning zimmasiga tuşdi.

Ayolning joni qirqta, degan iboraning hayotdagi isbotini ana şu muşfiq ayol timsolida qiliçboyliklar körib, tan berişgan, havas qilişgan edi öşa yillarda.

Kiçigi hali gödak bölgan ayol ham öz tengdoşlari qatori tongdan şomgaça paxta dalasida işladi, bolalarim oqqa zoriqmasin, deb mol boqib, sigir soğdi, tovuq boqdi, uy-rözğor, tomorqa işlarini ham epladi. Natijada farzandlari Aminboy – oliy maʼlumotli agronom, Malika – hamşira, Safarboy – öqituvçi, Örinboy örta maxsus maʼlumotli mutaxassis bölib yetişdilar. Oyimjon ona ne bir maşaqqatlar bilan ularni oliygohlarda öqitgan, uyli-joyli qilgan vaqtlarida ham bir bora xizmatlarini minnat qilmadi, sizlarni deb yelib-yugurayapman demadi, aksinça “Hayitboy muallimning bolasi, deyişadi sizlarni, heç kimdan kam bölmay öqing, öqigan özadi”, deya quloqlariga quyardi.

Uşbu pand-nasihatlar ularga bir umrlik hamroh böldi. Örta maktabni tugatib, Nizomiy nomidagi pedagogika instituti (hozir şu nomdagi universitet) talabasi bölişdek baxtga erişgan Safarboy akasi, opasidan örnak olib, namunali talabalar safidan joy oldi.

1976-yilda oliygohning tarix fakultetini bitirib kelib, 46-sonli maktabda öquvçilarga saboq berdi. 1981-yilda 37-maktabda tarix fani öqituvçisi, 1987-yildan 2007-yilgaça şu maktab direktorining öquv-tarbiya işlari böyiça örinbosari, 2008-2011-yillarda direktor vazifalarida işladi. 2012-yildan 2016-yilgaça Beşovul mahalla fuqarolar yiğini raisi bölib, el dardi bilan yaşadi, hamqişloqlarining turmuşi obod, oilalari tinç-osoyişta bölişi uçun harakat qildi. Hozirgi kunda esa nafaqada. Oilasida ayoli Örozgul Boymonova bilan tört nafar farzandni voyaga yetkazib, el qatoriga qöşdi: orzu-umidlarining ilk çeçagi – tönğiçi Qudrat 37-sonli, otasi mehnat qilgan qadrdon maktabda matematika fani öqituvçisi, qizi Nilufar ham şu maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi, Hulkaroy 42-sonli örta maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlab, otasi va bobosi kasbining davomçilari bölib kelişmoqda. Kenjatoy Tozaboy esa tadbirkor, Toşkent şahrida yaşaydi.

Ota-ona bugun ularning barçasini uyli-joyli qilişdi, oilalari tinç bölsa-da, baribir xotirjam oyoğini uzatib, dam olib ötiraylik demay, nevaralar taşvişini öz zimmalariga olib, öğillari, kelinlarining xotirjam işlaşlariga şaroit yaratib qöyişdi. Katta kelin Nargiza ham 37-maktabda, kiçigi Nilufar Moliya institutida işlaşadi, Nilufar fan nomzodi, hozirgi kunda doktorlik dissertatsiyasi ustida işlamoqda.

Bunday kunlarga Safarboy aka, Örozgul opalar osonlikça yetib kelişgani yöq. Biri öqituvçi, biri maktabda kutubxonaçi bölib işlaşdan taşqari, tomorqasida har yili möl hosil yetiştirib, tovuq, mol boqib, rözğori kamiga yaratişdi. Har yili tomorqasidagi mevalarning, sabzavot, poliz ekinlari hosilining rözğoridan ortganini bozorga sotib, farzandlarini heç kimdan kam qilmay öqitdi.

Hozirgi kunda ham Safarboy aka, Örozgul opalar salkam yetmiş yoş ostonasiga yetib qolişgan bölsa ham tinib-tinçib ötirişmaydi. Ehtimol, şundandir, ularni körgan odam nari borsa oltmiş yoş atrofida deb öylaşadi.

– Odam maqsadsiz yaşamasligi kerak, – deydi Safarboy aka kulib. – Maqsadsiz hayotda maʼno bölmaydi, odam zerikadi, keksayadi. Şuning uçun biz böş qolsak, kitob öqiymiz. Uy işlariga qaraşamiz. Biroq, bu işlar bilan ham könglimiz tölmay yurgandik. Ayolim bilan maslahatlaşib, 2019-yilda Manğit şahrining Oybek nomli  mahallasida, namunaviy loyiha asosida qurilgan hovlimizda oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti faoliyatini yölga qöydik.

Aslida bu işlar yoşlarga ham oson emas. Biroq Safarboy aka va Örozgul opalar öz faoliyatlaridan heç oğrinmaydi, çarçadik, demaydi.

Hozirgi kunda uşbu muassasada hududning 25 nafar jajji bolajonlari taʼlim-tarbiya olişmoqda, 3 ta yangi iş örin yaratilgan, sut, qatiq, kartoşka, piyoz, sabzi öz tomorqalarida yetiştirilgani uçun bolajonlar xavfsiz, toza mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar isteʼmol qilişadi.

Taşkilot binosi hovlisi-yu, içkari xonalarini kuzatsangiz – bu yerdagi orastalik, ozodalik va bolalar dunyosiga xos bezatilişidan ruhingiz kötarilib ketadi. Xuddi öz oilasi, onasi bağridagidek xotirjam, öynab-kulib ösayotgan bolajonlar bilan bir dam bolaligingizga qaytasiz. Biyron tilda salom berişganidan quvonasiz.

– Uşbu taşkilotni taşkil etiş rejasi tuğilişiga Örta qalʼa ovulida xuddi şunday bolajonlar muassasasi işga tuşirilişiga bağişlangan tantanada iştirok etganim sabab böldi. Kelib ayolimga maslahat soldim, şu sohada işlayotganlar bilan suhbatlaşdim, ğalvasi köp deyişdi, – kulib sözlaydi Safarboy aka.

– Bolalar maktabda, yugur-yugurlariga kim çopadi, deb men ham hayron böldim, –suhbatga qöşiladi Örozgul opa. – Nevaralar katta bölib qolişayapti, endi özlarini özlari eplaşadi. Biz uyda qarab ötiramizmi, dedilar. Şunday qilib, işga qirişdik. Avval hovlini taʼmirlatib, bezatişga kirişdik. Xullas, hozir 25 nafar bolajonlarning ota-onalari bizdan juda minnatdor. Işga olgan qizlarimizga avvaldan birovning bolasini öz jigaringizday körib, ranjitmay tarbiya qilinglar, deb uqtirib kelaman.

Ha, şu yoşida ham tinib-tinçimay, bor kuç-ğayratini bolajonlar taʼlim-tarbiyasiga bağişlayotgan Safarboy aka, Örozgul opalar bilan suhbatlaşişdan odam zerikmaydi, goh hazil-mutoyiba, goh hikmatga qorişgan sözlaridan ibrat olişga intiladi, odam.

Bu bejiz emas. Aslida tarixçi öqituvçi bölsa-da, Safarboy aka yoşligidan  badiiy adabiyotga oşno. Yoşligidan yozgan maqola, şeʼr, hikoyalari vaqtli matbuotda yoritilgan. Ayniqsa, ötgan asrimizning yetmişinçi, saksoninçi yillarida «Amudaryo haqiqati» (hozirgi “Taraqqiyot közgusi”) gazetasi qoşida taşkil etilgan «Gulşan» tögaragiga muntazam qatnaşib, maşğulotlardan olgan bilimlari asosida öz maşqlariga sayqal bergan, şeʼrlari köpçilikka manzur bölgan.

Farzandlari, oila taşvişlari bilan andarmon bölib, ijodiy muhitdan biroz uzoqlaşgan bölsa-da uning öziga xos oddiy tilda, qoçirimlar, söz öyiniga boy şeʼrlarini köpçilik yaxşi eslaşadi.

– Hozir yozmasalar ham kitob öqişdan töxtamaydilar, – deydi samimiy kulimsirab Örozgul opa. – Baʼzan birga, baʼzan alohida öqiymiz. Nevaralarimizni qanday kitob öqigani, qanday taassurotlar olgani haqida imtihon qilamiz, xullas, vaqtimiz bekor ketmaydi.

Ha, ular vaqtni bekor ötkazişmaydi. Şu boisdan ham ötgan umridan köngillarida  mamnunlik, har yangi kunga yuksak orzu, rejalar bilan qadam qöyişadi. Asli inson zoti orzu qiladigan tökis baxt şu emasmikan?

Köklamgi ekin taraddudini boşlab yuborgan, tinib-tinçimaydigan Safarboy aka, Örozgul opalar ana şunday, havas qilgulik turmuş sohiblaridir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026